Xalqaro marketingning jihatlari va turlari




Download 52,37 Kb.
bet3/8
Sana16.11.2023
Hajmi52,37 Kb.
#100035
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
1-mavzu (1)

3. Xalqaro marketingning jihatlari va turlari

Xalqaro marketing faoliyatining jihatlari quyidagilar hisoblanadi:



  • mavjud yoki kutilayotgan xorijiy talabni aniqlash yo’li bilan u yoki bu mahsulot (tovar, xizmat) turini ishlab chiqarish;

  • xalqaro bozor talablarini raqobatchilar ishlab chiqaruvchi tovarlarga nisbatan to’laroq qondiruvchi tovar (xizmat) ishlab chiqarish;

  • chet ellik iste’molchilar talabiga javob beruvchi mahsulot yaratish bo’yicha ilmiy-tadqiqot va tajriba-konstruktorlik ishlarini (ITTKI) tashkil etish;

  • xalqaro bozor va uning strukturasi, muayyan iste’molchilar talabi dinamikasi, chet ellik iste’molchilar talabi va hohish istagi to’g’risida ma’lumotlar to’plash;

  • ishlab chiqarish, sotish va moliyaviy faoliyatni xalqaro bozor manfaatlarini hisobga olgan holda muvofiqlashtirish va rejalashtirish;

  • tovar mahsulotlarini sotish usullarini takomillashtirish; xalqaro bozorda rasional tovar harakatlanishi;

  • tovar va xizmatlarni sotish sohasida xalqaro nazorat;

  • ishlab chiqarish va sotish sohasidagi bosh maqsadlarga erishish maqsadida bozor sub’yektining faoliyatini tartibga solish.

Firmaning xalqaro marketing faoliyatidagi asosiy vazifa iste’molchilar talabini firmaning tijorat manfaatlariga mos holga keltirishdir.
Xalqaro marketingning maqsadi firmaning tashqi bozordagi ijobiy imidjini
yaratish va qulay natjalarga erishish hisoblanadi. Xalqaro bozor sub’yektlarining
marketing maqsadlarini sifat va miqdor bo’yicha ajratib ko’rsatish mumkin.
Sifat bo’yicha maqsadlar xalqaro bozor sub’yektining obro’sini o’stirishga
xizmat qiladi. Bu maqsadlar qatoriga quyidagilarni kiritish mumkin: mamlakat ichida va importchi mamlakatlarda iqtisodiy yutuqlardan
foydalanish. bandlikka ijobiy ta’sir ko’rsatish – ichki va tashqi mehnat bozori.
mamlakat ichida va chet elda madaniy, ma’rifiy, sport va boshqa tadbirlarni
qo’llab-quvvatlash.
Miqdor bo’yicha maqsadlar quyidagi ko’rsatkichlar yordamida ifodalanadi:

  • sotuv hajmining pul va natural ko’rinishda o’sishi;

  • mazkur xalqaro bozor sub’yekti tovarlari egallab turuvchi bozor ulushining
    mamlakatlar;

  • bozor segmentlari va tovarlar bo’yicha o’sishi;

  • bozor sub’yektlari oluvchi foyda miqdorining o’sishi;

Marketingning tashqi iqtisodiy aloqalar rivojlanishiga xos bo’lgan to’rt xil turi mavjud:
1. Ichki (milliy) marketing. Unga faoliyat miqyosi mamlakat hududi
chegaralaridan tashqariga chiqmaydigan milliy kompaniya va firmalar amal qiladi.
Ular eksport operasiyalarini rad qilmaydilar va vaqti-vaqti bilan bu operasiyalarni
amalga oshirib turadilar. Biroq bu operasiyalar hozircha bozor sub’yektining
farovonligini belgilab bermaydi;
2. Eksport marketingi. Milliy bozorda mustahkam o’ringa ega bo’lgan ko’plab bozor sub’yektlari uchun eksport operasiyalari qo’shimcha daromad olish manbai bo’lishi mumkin. Bunday bozor sub’yektlari raqobatbardosh mahsulot ishlab chiqarish imkoniyatiga ega bo’ladilar. Eksport faolligini ichki bozorining to’yinishi va sof kon’yunktura xarakteridagi noqulayliklar bilan izohlash mumkin;
3. Xalqaro marketing. Xalqaro marketingdan foydalanishga chet elda ishlab chiqarish filiallariga ega bo’lgan va raqobatbardosh mahsulot ishlab chiqarayotgan transmilliy kompaniyalar faoliyatini misol qilib keltirish mumkin. Bunday kompaniyalarga chet elda amalga oshiruvchi operasiyalar asosiy foyda keltiradi hamda xalqaro ishlab chiqarish kooperasiyasi uchun qulay sharoitlarni ta’minlaydi;
4. Global marketing. Marketingning bu turi butun jahonni yagona bozor sifatida qabul qiladi hamda milliy xususiyatlarni hisobga olshiga emas, balki bozoring milliy, madaniy va boshqa tavisfnomalarining bir xilligiga asoslanadi. U faqat ularni iste’mol qilish milliy madaniyat va urf-odatlarga bog’liq bo’lmagan tovar guruhlariga nisbatan qo’llanadi. Masalan, zamonaviy tozalash vositalari, shaxsiy gigiena vositalari, dori-darmonlar, audio-videoapparatura va boshqalardan foydalanish, ya’ni ulardan foydalanish u yoki bu mamlakatning madaniy qadriyatlari va urf-odatlariga emas, balki mamlakat aholisining turmush farovonligiga bog’liq bo’ladi. Global kompaniyalarga «Coca-cola», «Prokter end Gembl», «Istmen-Kodak», «Soni», «Toshiba» va boshqalarni misol qilish mumkin. Xalqaro bozor sub’yekti o’z faoliyatida atrof-muhitdagi ijtimoiy-iqtisodiy holatga asosiy e’tiborni qaratadi. O’z mohiyatiga ko’ra ichki va tashqi muhitdan tarkib topgan xalqaro marketing muhiti shakllangan. Mahalliy (ichki) muhit xalqaro bozorga chiqishdan oldin firma va kompaniyalarning tartibga soladi va quyidagilardan iborat bo’ladi:

  • nazorat qilinuvchi omillar (tovar, narx, tariflar, tovar harakatlanishi va taqsimoti kanallari, sotuvni rag’batlantirish); ular ma’lum darajada firma tomonidan boshqarilishi mumkin;

  • nazorat qilinmaydigan omillar (iqtisodiy muhit, siyosiy kuchlar, raqobat strukturasi, jamiyatdagi ijtimoiy ahvol), firma tomonidan boshqarilmaydi, ya’ni ular qanday bo’lsa shundayligicha qabul qilinishi lozim.

Tashqi muhit kompaniya faoliyatiga xalqaro bozorda «hamkorlik» qiladi va quyidagilardan iborat bo’ladi:

  • nazorat qilinuvchi omillar (eksport qilinuvchi tovar, xalqaro narx, tariflar, tovar harakatlanishi va taqsimoti kanallari, talabning shakllanishi va sotuvni rag’batlantirish, jamoatchilik fikrini shakllantirish);

  • nazorat qilinmaydigan omillar (mahalliy siyosiy kuch va oqimlar, import qiluvchi mamlakatdagi iqtisodiy ahvol, geografik muhit va infrastruktura, texnik rivojlanish darajasi, raqobatbardrshlik, madaniyatning ahvoli).


Download 52,37 Kb.
1   2   3   4   5   6   7   8




Download 52,37 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Xalqaro marketingning jihatlari va turlari

Download 52,37 Kb.