|
“Globallashuv” tushunchasi, iqtisodiyot globallashuvining asosiy tavsifnomalari
|
bet | 6/8 | Sana | 16.11.2023 | Hajmi | 52,37 Kb. | | #100035 |
Bog'liq 1-mavzu (1)4. “Globallashuv” tushunchasi, iqtisodiyot globallashuvining asosiy tavsifnomalari
Global so‘zi fransuzcha global-umumiy, lotincha globus-shar
iboralaridan olingan bo‘lib, yer yuziga oid, butun yer sharini qamrab oluvchi ma’nosini anglatadi.
Globallashuv- jaxondagi mamlakatlarning ijtimoiyiqtisodiy, siyosiy va madaniy soxada o‘zaro yangilashuvi birlashuvi; voqea-hodisalarning bir mamlakat doirasidan chiqib, umuminsoniy miqyosgi ega bo‘lishi, butun yer sharini qamrab olishini anglatadi.
Internallashuv-xalqaro bozoriga uzviy ravishga kirish, undagi qadriyat, madaniyat va boshqa xususiyatlarini qabul qilish, kerak bo‘lsa ma’lum odatiy, milliy qadriyatlarni umumiy sharoitga moslashtirish jarayoni.
Internallashuv jarayonini amalga oshirish uchun kimdir yoki
nimadir firmaning ichida yangi bo‘lgan jarayonni boshlash va uni amalga oshirish kerak. (1.1-jadvalga qarang).
1-jadval
Eksportni tashkil etish mexanizmlari
Ichki mexanizmlar
|
Tashqi mexanizmlar
|
O‘zgaruvchanlikka moslashgan menejment
Konkret ichki xodisa
Internallashuvning ichiga
qaratilgan importlash
|
Bozordagi talab
Raqobatchi firmalar
Kasbiy uyushmalar
Tashqi ekspertlar
|
Davlat yoki konkret xo‘jalik sub’ekti tomonidan xalqaro
bozorga chiqishning asosiy usuli bu eksport qilish, ya’ni, o‘zining mahsuloti, xizmat yoki texnologiyasini xorijiy bozorga sotishdan iborat. Bunda quyidagi to‘siqlar mavjud ekanligini bilishimiz kerak:
moliyalashtirish imkoniyati chegaralanganligi;
bilimning yetarli emasligi;
xorijiy bozor bilan yetarli aloqa bo‘lmasligi;
eksport boshlashga yetarli qat’iyat bo‘lmasligi.
xorijiy bozorni kengaytirishga yetarli kapitalning mavjud emasligi.
xorijiy bozorni qamrab olishga yetarli ishlab chiqarish
quvvati bo‘lmasligi.
xorijiy taqsimot shaxobchalari aniqlanmaganligi.
menejment va marketingning faqat ichki bozorga yo‘naltirilganligi.
eksport ishlab chiqarish, tarqatish va moliyalashtirish
harajatlarining yuqoriligi.
Eksport faoliyatini tashkil etishdagi barcha to‘siqlarni
quyidagi uchta guruhga taqsimlasa bo‘ladi: umumiy bozor riski,
tijorat riski va siyosiy risklar.
|
| |