• Hisob raqam ochish uchun vosita.
  • 1-mavzu: Xorijiy investitsiyalarning mazmun-mohiyati va tasniflanishi




    Download 2,98 Mb.
    bet82/108
    Sana07.12.2023
    Hajmi2,98 Mb.
    #113285
    1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   ...   108
    Bog'liq
    1 mavzu Xorijiy investitsiyalarning mazmun mohiyati va tasnifla

    2. Xolding tipidagi kompaniyalar:
    operativ-xolding kompaniyalar;
    investitsiya kompaniyalari;
    kemaga egalik qiluvchi kompaniyalar;
    ko’chmas mulkka egalik qiluvchi kompaniyalar;
    sanoat mulki ob’ektlariga egalik qiluvchi kompaniyalar.
    3. Moliyaviy ixtisoslashgan kompaniyalar:
    offshor banklar;
    moliyaviy vositachilik kompaniyalari;
    sug’urta sektori korxonasi;
    umumiy sug’urta kompaniyasi;
    qayta sug’urtalovchi kompaniyalar.
    Offshor kompaniyalar ishtirokidagi operatsiyalar tizimi o’zgarmaydi. Ulardan asosiylari eksport va import operatsiyalari hisoblanadi.
    Offshor kompaniyalar quyidagi xususiyatlarga ega:
    offshor kompaniya ro’yxatdan o’tgan hududga nisbatan norezident bo’lishi kerak. Offshor kompaniyaning hamma turdagi tijorat operatsiyalari u ro’yxatdan o’tgan mamlakat tashqarisida amalga oshirilishi lozim;
    offshor kompaniya soliqlardan qisman yoki butunlay ozod qilinadi va byudjetga yillik yig’imlarnigina to’laydi;
    kompaniyani ro’yxatga olish va boshqarish tizimi ancha soddalashtirilgan. Uni boshqarish kotiblik kompaniyasi orqali amalga oshiriladi;
    valyuta nazorati, moliyaviy hisobotga bo’lgan talablar deyarli yo’q. Auditorlik tekshiruvlarini o’tkazish talab etilmaydi;
    offshor firmaga egalik qilish anonim ravishda, maxfiylik kafolati asosida amalga oshirilishi mumkin.
    Tadbirkor offshor kompaniyaga asos solib, o’z mahalliy firmasi soliqlari miqdorini qonuniy asosda sezilarli darajada kamaytiradi. Mahalliy firmaning offshor kompaniya bilan birgalikda faoliyat yuritishi natijasida daromad solig’i to’lanmaydi va ijtimoiy to’lovlar sezilarli darajada kamaytiriladi.
    Offshor kompaniyalar turli xil maqsadlarda tashkil etilishi mumkin:
    Hisob raqam ochish uchun vosita. Agar tadbirkor xorijda valyuta bank hisob raqamini ochmoqchi bo’lsa, u offshor kompaniyani ro’yxatdan o’tkazib, chet el bankida kompaniya nomiga hisob raqam ochishi, bunday hisob raqamni chet ellik hamkorlar bilan nakd pulsiz hisob-kitoblarni amalga oshirishda foydalanishi mumkin;
    Eksport-import operatsiyalaridan tushgan foydani joylashtirish. Bitimdan tushgan foydaning asosiy qismi soliqqa tortish darajasi yuqori bo’lgan joyda emas, balki offshor hududda joylashtiriladi. Buning uchun operatsiyalar zanjirida birgina vositachi, ya’ni offshor kompaniya bo’lishi kifoya.
    Barter. Bo’sh pul mablag’lariga ega bo’lmagan, ammo bozorda talab etilayotgan tovarga ega bo’lgan ikkita firma o’rtasidagi barter operatsiyalarini amalga oshirishda offshor kompaniyaning vositachi rolini bajarishi juda qulay. Bu holda offshor kompaniya barter bitimidan daromad oladi.



    Download 2,98 Mb.
    1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   ...   108




    Download 2,98 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    1-mavzu: Xorijiy investitsiyalarning mazmun-mohiyati va tasniflanishi

    Download 2,98 Mb.