1. Mehnat tarbiyasining mohiyati, maqsadi, vazifalari, shakl va metodlari




Download 31.58 Kb.
bet2/2
Sana15.12.2022
Hajmi31.58 Kb.
#35061
1   2
Bog'liq
1. Mehnat tarbiyasining mohiyati, maqsadi, vazifalari, shakl va
Dilfuza Duysenbaeva, 9-informatika, Boshlang’ich ta’lim matematika fanidan o’quv dasturi, darslik va, МТ1, 1-mavzu. O\'zbekiston tarixi fanidan, Kurs ishi mavzu Davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarida metod, MEVALAR KATOLOGI O`ZB, Ingiliz tili 2-topshiriq, oraliq nazorat vedimist, Karona ustiga titul, номерация, Diskret sirtqi 5talik, Xalq ta’limi vazirligi tizimidagi umumiy o‘rta ta’lim muassasala-fayllar.org, 112233
Mehnatga psixologik jihatdan tayyor bo‘lish esa tarbiyaviy ishlar tizimida amalga oshirilib, ularning har biri quyidagi vazifalarni hal etishga yordam beradi:
  • o‘quvchilar tomonidan mehnatning ijtimoiy ahamiyati, mehnatni tashkil etish hayotiy zaruriyat ekanligining anglab yetilishiga erishish;


  • ularda mehnat faoliyatini amalga oshirishga nisbatan rag‘bat uyg‘otish;


  • o‘quvchilarda mehnat ko‘nikma va malakalarini shakllantirish va hokazolar.




    Jamiyatda kechayotgan ijtimoiy-iqtisodiy o‘zgarishlar, mulkka egalik, xususiy mulkni yaratish yo‘lida qonun doirasida olib borilayotgan amaliy faoliyatni qo‘llab-quvvatlashga yo‘naltirilgan ijtimoiy harakatlar mehnat tarbiyasiga yangicha yondashuvni talab etmoqda.
    Mehnat tarbiyasining yangi texnologiyalar asosida o‘quv dasturlari, ta'lim metodlarining variativligi tamoyili yotadi. Dasturlar kasb-hunar kollejlari ixtisoslashgan turli kasblar bo‘yicha yaratiladi. Ularda kasbiy ta'limni o‘zlashtirishga nisbatan qo‘yilgan davlat talablari o‘z ifodasini topadi.
    Ta'lim jarayonida egallangan bilim, ko‘nikma va malakalar mehnat tarbiyasida pedagogik faoliyatning yakuniy natijasi emas, balki inson qobiliyatining rivojlanishi, ya'ni, mehnatga bo‘lgan layoqatini rivojlantirishning samarali vositasidir. Bu esa mehnat tarbiyasida an'anaviy metodlarni emas, balki bilim olishning faol metodlaridan foydalanib, o‘quvchilarda tadqiqotchilik hamda ixtirochilik malakalarini rivojlantirish metodlarini qo‘llashni nazarda tutadi.
    Bundan tashqari muammoli, izlanuvchan tadqiqot metodlari, konstruktorlash, loyihalash, texnik modellashtirish, mehnatni tashkil etish jarayonida uning eng yaxshi variantlarini izlab topish, ijodiy topshiriqlarni to‘g‘ri tanlay olish, shuningdek, tanlovlar, yoshlarning ijodiy ko‘rgazmalarni tashkil etish ham eng samarali metodlardan sanaladi.
    Mehnat ta'limi va tarbiyasining tashkiliy-metodik shakllari o‘qituvchi tomonidan tanlanadi. Bu shunday shakl va metodlar bo‘lishi kerakki, u o‘quvchiga mehnati muvaffaqiyatidan quvonch baxsh etsin, o‘z mehnatidan o‘zi faxrlansin.
    Mehnat tarbiyasining texnologiyalari o‘quvchining nazariy bilimlarini amaliyotda qo‘llash imkoniyatini yaratishi zarur. Bu esa, o‘z navbatida, mehnat ta'limi mazmunini ham takomillashtiradi. U kompleks xarakter kasb etib, o‘quvchilarda o‘quv texnika va texnologiyalari haqida tasavvur hosil qilishi, amaliy masalalarni hal etish malakasini shakllantirishi, sifat natijalarini ta'minlashi lozim. Ayniqsa, o‘quv topshiriqlarini hal etishga ijodiy yondashish, ishlab chiqarishning texnik-iqtisodiy, ijtimoiy ko‘rsatkichlarini yuqoriga ko‘tarishga intilish hosil qilishi maqsadga muvofiqdir.
    Mehnat tarbiyasida sinfdan tashqari tarbiyaviy ishlar rejasida mehnat tarbiyasi yo‘nalishidagi tadbirlarning o‘rin olishini ta'minlash muhim pedagogik vazifalardan biridir. Mehnat tarbiyasi turli an'anaviy va noan'anaviy shakllarda tashkil etiladi (30 - chizma).
    Demak, o‘quvchilarning mehnat faoliyatini tashkil etish jarayonida quyidagi vazifalar amalga oshiriladi:
    O‘quvchilarning mehnat ta'limi jarayonida ularning mehnatga qiziqishlarini oshirish, kasbiy yoki mehnat faoliyatiga tayyor bo‘lishni ta'minlash.
    O‘quvchilar kuchini to‘g‘ri taqsimlash, faoliyat turlari va uni ijro etishda o‘rin almashtirish vositasida ularda rahbarlik va ijrochilik malakalarini hosil qilish.
    O‘quvchilarning mehnat faoliyatiga rag‘batlantirishning samarali metod va vositalaridan foydalanishga e'tiborni qaratish.
    Mehnat faoliyatining turidan qat'iy nazar mehnat madaniyatini shakllantirish, kasbiy faoliyatni rejalashtirish, vaqtdan oqilona foydalanish, o‘z joyini tartibli saqlash hamda mehnat qurollariga ehtiyotkorona munosabatda bo‘lish.
    Mehnat tarbiyasining iqtisodiy tarbiya bilan aloqadorligi. O‘tgan asrning 30-yillaridan boshlab o‘quvchilarga iqtisodiy bilim berish hamda, ularda mehnat va kasbiy faoliyatni tashkil etish ko‘nikma, malakalarini shakllantirish masalasiga jiddiy e'tibor berila boshlandi. O‘quvchilarga iqtisodiy bilimlarni berish, ularda ishchanlik, tartiblilik, ehtiyotkorlik xislatlarini shakllantirish tarbiyaviy ishlarning tarkibiy qismlaridan sanaladi.
    Hozirgi davrda, kadrlar tayyorlash masalasi eng muhim vazifa sifatida qo‘yilib, ta'lim sifatini oshirish bilan birga o‘quvchilarni iqtisodiy bilimlar bilan qurollantirish, ayniqsa, bozor iqtisodiyoti munosabatlari shakllanayotgan mavjud sharoitda muhim va zarur.


    Iqtisodiy ta'lim o‘quvchilarga xo‘jalik yuritish tizimi (oila byudjetini shakllantirish, xo‘jalikni yuritish, mavjud moddiy boyliklarni asrash, ko‘paytirish, savdo-sotiq munosabatlarini to‘g‘ri tashkil etish va hokazolar) to‘g‘risidagi nazariy bilimlarni berishga yo‘naltirilgan pedagogik jarayon.

    Iqtisodiy tarbiya o‘quvchilarga iqtisodiy bilimlarni berish, ularda xo‘jalik yuritish faoliyat (oila byudjetini shakllantirish, xo‘jalikni yuritish, mavjud moddiy boyliklarni asrash, ko‘paytirish, savdo-sotiq munosabatlarini to‘g‘ri tashkil etish va hokazolar)ni tashkil etish ko‘nikma va malakalarini shakllantirishdan iborat pedagogik faoliyat jarayoni.
    Binobarin, iqtisodiy tarbiya yosh avlodda iqtisodiy bilim va ko‘nikmalarni rivojlantirish, ularda tejamkorlik, mehnatsevarlik, tashabbuskorlik, iqtisodiy faoliyatni yo‘lga qo‘yish to‘g‘risida fikrlashga o‘rgatadi.
    Iqtisod, iqtisodiyotning o‘zi nima? Bu tushuncha yunon olimi Geliot tomonidan kiritilgan bo‘lib, bu – «uy xo‘jaligini boshqarish san'ati» ma'nosini anglatadi. Keyinchalik bu tushunchaning mohiyati kengayib, ma'nosi ham to‘ldirib borilgan. Iqtisodiyot – bu juda keng va murakkab tushuncha. Iqtisod atamasi tor ma'noda inson yaratgan barcha boyliklarni tejash, shuningdek, inson mehnatini qadrlash ma'nosini anglatadi. Keng ma'noda iqtisodiyot insonning tirikchiligini o‘tkazishga qaratilgan xo‘jalik faoliyati bo‘lib, bu faoliyat ishlab chiqarishdan boshlanib, yaratilgan mahsulotlarni iste'mol etish bilan yakunlanadi.
    Demak, iqtisod inson faoliyatining asosiy jihati bo‘lib, jamiyatning eng muhim negizi, uning poydevori hisoblanadi. Chunki, eng avvalo, insonning inson sifatida talab-ehtiyojining qondirilishi, albatta, uning iqtisodiy faoliyati asosida erishiladi.
    Bulardan ma'lumki, inson o‘z hayotida iqtisodiyot bilan doimiy munosabatda bo‘ladi. Iqtisodiy tarbiya, avvalo, oiladan boshlanadi. Oilada iqtisodiy tarbiya zamirida ham mehnatsevarlikni tarbiyalash yotadi. Bolalar o‘z mehnati natijalarini ko‘rgandagina o‘z imkoniyatlaridan to‘g‘ri foydalanayotganini anglab yetadi, mustaqil faoliyat yuritishni o‘rganadi, ularda tadbirkorlik va ishbilarmonlik xislatlari tarkib topadi.
    Oilada yo‘lga qo‘yiladigan bolalar mehnati hovli va xonalarni tartibli saqlash, kiyim-kechaklarni asrab-avaylash, uy jihozlarini ta'mirlash, ro‘zg‘or yumushlariga yordam berish kabilar ko‘rinishlarda namoyon bo‘ladi.
    Ota-onalar bolalarni mehnat faoliyatini kuzatib borib, ularga zarur o‘rinda maslahat beradilar. Ayniqsa, o‘quvchi-yoshlarda oilada ham, ta'lim muassasalarida ham tejamkorlikka rioya qilishga o‘rgatish katta ahamiyatga ega.
    Iqtisodiy tarbiya o‘z ichiga o‘quvchilar tomonidan iqtisodiyot asoslarini o‘rganish, ularning unumli va ijtimoiy mehnatning turli ko‘rinishlarida ishtirok etish, rejalashtirishga doir bilim va malakalarga ega bo‘lish, ishlab chiqarish mahsulotlarini hisobga olish va nazorat qilish kabilarni oladi.
    Iqtisodiy tarbiyaning inson va jamiyat, iqtisodiy geografiya, tarix, matematika, ximiya, biologiya, mehnat ta'limi darslarida amalga oshirilishi yanada ijobiy samaralarni beradi. Eng muhimi «Iqtisodiyot asoslari» o‘quv fani asosida o‘quvchilar iqtisodiy tushunchalar, kategoriyalar hamda ishlab chiqarishni rivojlantirish qonuniyatlarini o‘rganadilar.
    Jamiyatda keng ko‘lamli iqtisodiy islohotlar amalga oshirilayotgan sharoitda Respublika iqtisodiyotini rivojlantirish, xo‘jalikni oqilona tashkil etish, sanoat va qishloq xo‘jaligi tarmoqlarini takomillashtirish, moliya operatsiyalarni to‘g‘ri tashkil etish, rejalashtirish, mehnat unumdorligi, ishlab chiqarish samaradorligi, korxonalar rentabelligi, kichik va o‘rta biznes, ijara, bozor infrastrukturasi, mahsulot qiymati, sof daromad, qo‘shimcha daromad, byudjet, xaridor, tovar, tovarlar importi va eksporti, shartnoma, birja, raqobat, menejment, marketing, pul, bank, banknot va boshqalar haqida to‘la ma'lumotlarning berilishi o‘quvchilarning iqtisodiy ongini shakllantirishga yordam beradi.
    Sinfdan tashqari tarbiyaviy tadbirlar hamda tarbiyaviy soatlarda iqtisodiy mavzularda tarbiyaviy suhbat, bahs va munozaralar uyushtiriladi, og‘zaki jurnal yaratiladi, viktorina tashkil etiladi, to‘garak yoki klublar faoliyati yo‘lga qo‘yiladi.
    «Mehnati faoliyatining sifati va samaradorligi nimalarga bog‘lik?», «Xo‘jalikning qiymati qancha turadi?», «Har birimiz iqtisodchi bo‘lishimiz mumkin», «O‘quv yurtimizning iqtisodiy ahvoli va byudjeti qanday ahvolda?», «Iqtisod bizning hayotimizda», «Bo‘sh vaqtdan unumli foydalanish mumkinmi?», «Tajamkorlik nima?» va hokazo mavzularda tarbiyaviy tadbirlarning o‘tkazilishi o‘zining ijobiy natijalarini beradi. «Yosh iqtisodchi» markazi faoliyatini yo‘lga qo‘yish maqsadga muvofiqdir Bularning barchasi o‘quvchilarda quyidagi xislatlarning shakllanishiga zamin yaratadi:
    • mehnat faoliyatiga nisbatan mas'uliyat bilan munosabatda bo‘lish, mehnatsevarlik, vijdonlilik, jamiyat va davlat oldida o‘z burchini his etish;


    • tejamkorlik, rejalilik;


    • intizomlilik, uddaburonlik;


    • uyushqoqlik, ishchanlik;


    • tartibsizlikka nisbatan murosasiz bo‘lish va boshqalar.




    2.Ma'naviy-axloqiy tarbiya mohiyati, asosiy tushunchalari. Jamiyatda kechayotgan ijtimoiy islohotlarning samaradorligi uning fuqarolari ega bo‘lgan ma'naviyatga bog‘lik. Shu bois mustaqillikning dastlabki yillarida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimov jamiyat rivojlanishining ma'naviy-axloqiy negizlarini aniq belgilab berdi. Bular:


    • umuminsoniy qadriyatlarga sodiqlik;


    • xalqimizning ma'naviy merosini mustahkamlash va rivojlantirish;


    • insonning o‘z imkoniyatlarini erkin namoyon qilishi;


    • vatanparvarlik51.




    Zero, jamiyat rivojlanishi faqat uning iqtisodiy taraqqiyotinigina emas, balki ma'naviy yuksalishini ham taqozo etadi.
    Har qanday mafkura kabi O‘zbekiston Respublikasi milliy istiqlol mafkurasining asosiy g‘oyalaridan biri ham jamiyatda ma'naviy-axloqiy qarashlarning ustuvorligiga erishish sanaladi.
    Ijtimoiy tarbiyaning boshqa turlari kabi ma'naviy-axloqiy tarbiya asosini ham ilg‘or milliy, ma'naviy-axloqiy qadriyatlar, xalq pedagogikasi g‘oyalari tashkil etadi.
    Ma'naviyat shaxs, xalq, davlat va jamiyatning kuch-qudrati, taraqqiyoti, imkoniyatlari va istiqbollarini belgilab beruvchi ichki ijobiy, ruhiy omildir.


    Ma'naviyat (arabcha «ma'naviyat» - ma'nolar majmui) mohiyatiga ko‘ra ijtimoiy taraqqiyotga ijobiy ta'sir o‘tkazuvchi falsafiy, huquqiy, ilmiy, badiiy, axloqiy, diniy tasavvur, tushuncha va g‘oyalar majmui hisoblanadi.

    Madaniyat («cultura» so‘zidan olingan bo‘lib, parvarish qilish, ishlov berish ma'nosini bildiradi) – ijtimoiy taraqqiyot davomida insonlarning faoliyati tufayli qo‘lga kiritilib, ularning ijtimoiy ehtiyojlarini qondirishga xizmat qiluvchi moddiy va ma'naviy boyliklar tizimi.

    Ma'rifat shaxs ongiga ilmiy bilim, axloq qoidalari hamda ijtimoiy munosabatlarni tartibga soluvchi huquqiy me'yorlarni singdirish, ta'lim-tarbiyani takomillashtirish, milliy meros va umuminsoniy qadriyatlarni o‘rganish, ularni targ‘ib etish maqsadida amalga oshiriladigan tadbirlar tizimi.

    Mafkura (arabcha «mafkura» - naqtai nazar va e'tiqodlar tizimi, majmui) – jamiyatdagi muayyan siyosiy, huquqiy, axloqiy, diniy, badiiy, falsafiy, ilmiy qarashlar, shuningdek, ma'naviy-axloqiy yuksaklish, ma'rifiy-tarbiyaviy ishlarning rivojini ta'minlovchi, ularning maqsad va yo‘nalishlarini aniqlashda yetakchi o‘rin tutuvchi g‘oyalar tizimi.
    Har uchala sohaning uzviy birligi asosida jamiyat ma'naviyati yuksaladi.
    Ma'naviyat sohasida ijobiy yechimini ta'minlash zarur bo‘lgan asosiy vazifani ko‘rsatar ekan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimov quyidagilarni ta'kidlaydi: «Bu sohadagi asosiy vazifamiz – milliy qadriyatlarimizni tiklash, o‘zligimizni anglash, milliy g‘oya va mafkurani shakllantirish, muqaddas dinimizning ma'naviy hayotimizdagi o‘rnini va hurmatini tiklash kabi mustaqillik yillarida boshlagan ezgu ishlarimizni izchillik bilan davom ettirish, ularni yangi bosqichga ko‘tarish va ta'sirchanligini kuchaytirishdir. ... Bu sohadagi ishlarimizning pirovard maqsadi – iymon-e'tiqodi butun, irodasi baquvvat, erkin fuqaro ma'naviyatini shakllantirishdir. Ya'ni, mustaqil dunyoqarashga ega, ajdodlarimizning bebaho merosi va zamonaviy tafakkurga tayanib yashaydigan barkamol shaxs – komil insonni tarbiyalashdan iborat»52.
    Demak, ma'naviyatli inson bilimli, ma'lum kasb-hunar sohibi, o‘z Vatanining sodiq fuqarosidir. O‘z davlati qonunlarini biladigan va ularga amal qiladigan, yurti bilan g‘ururlana oladigan inson. O‘z Vatani boyliklarini saqlaydigan, uni yanada boyitadigan, go‘zalliklaridan bahramand bo‘ladigan shaxs. U har qanday zararli illatlarga qarashi kurashadigan, milliy va umuminsoniy qadriyatlarni avaylab asraydigan insondir.
    Axloq esa shaxsning xatti-harakatlari, yurish-turishi, turmush tarzi, hayot kechirish tamoyillari, qoidalari, ijtimoiy munosabatlar mazmunini ifodalaydi.
    Axloq ijtimoiy hodisa sifatida jamiyat ma'naviy-ruhiy hayotida o‘ziga xos o‘rin tutadi.


    «Axloq» (lotincha – xulq-atvor ma'nosini bildiradi) ijtimoiy ong shakllaridan biri bo‘lib, ijtimoiy munosabatlar hamda shaxs xatti-harakatini tartibga soladigan qonun-qoidalar majmuidir.
    Axloq - ma'naviyatning tarkibiy qismi sifatida shaxs kamolotining yuqori bosqichi sanaladi. Zero, axloq, axloqiy me'yorlarsiz shaxsning ruhiy va jismonan yetukligining mezoni bo‘lgan ma'naviy kamolotga erishib bo‘lmaydi. Shuning uchun ham ma'naviy-axloqiy tarbiyada uzviylik, aloqadorlik dialektik xarakterga ega bo‘lib, shaxsning ma'naviy-axloqiy shakllanishida muhim sanaladi.


    Ma'naviy-axloqiy tarbiyaning mazmuni. Ma'naviy-axloqiy tarbiya va unga qo‘yiladigan talablar bu jamiyatda ma'lum ijtimoiy-axloqiy talablarga mos axloqiy xislatlarni shakllantirish maqsadida o‘quvchilar ongi, hissiyotlari hamda xulqiga muvofiq va tizimli ta'sir etishdir.

    Ma'naviy-axloqiy tarbiya vazifalari quyidagilardan iborat:

    1. O‘quvchilarda ma'naviy-axloqiy ongni shakllantirish.


    2. Ularda ma'naviy-axloqiy his-tuyg‘ularni tarbiyalash va rivojlantirish.


    3. O‘quvchilarda ma'naviy-axloqiy xulq-atvor ko‘nikma va odatlarini tarkib toptirish.




    Ma'naviy-axloqiy tarbiya mohiyatiga ko‘ra inson ongining jamiyat bilan aloqadorligi, jamiyat oldida burchli ekanligi, o‘z xulq-atvorini jamiyat taraqqiyoti darajasiga bog‘likligini tushunishi, jamiyat tomonidan tan olingan axloqiy me'yor, ideal hamda talablarni bajarishda mas'uliyatni his etishi, ma'naviy-axloqiy bilimlarning e'tiqodga aylanishi va bu e'tiqodlarning tizimliligi, mustahkam ma'naviy-axloqiy his-tuyg‘u va xislatlarni shakllantirish, o‘quvchilar tomonidan ma'naviy-axloqiy xulq-atvor jamiyat a'zolariga bo‘lgan hurmat-e'tiborni namoyon etuvchi mezonlardan ekanligining anglab yetilishi, ma'naviy-axloqiy odatlarning shakllanishi va boshqalardan iborat.
    Ma'naviy-axloqiy tarbiya mazmunida milliy va umuminsoniy qadriyatlarni tiklash masalasining kun tartibiga qo‘yish zaruriyatining yuzaga kelganligi munosabati bilan tub o‘zgarishlar yuz berdi.
    Eng muhim qadriyat inson omili hisoblanadi. Hayot insonga bir marta beriladi, Shuning uchun ham milliy va umuminsoniy qadriyatlarda uni mazmunli, o‘zgalar va o‘zining hayoti ma'nosini anglagan holda o‘tkazish kerakligi haqida ko‘plab rivoyat, hikmat va pand-nasihatlar mavjud.
    Bundan tashqari ta'lim muassasasida o‘quvchilarga qadriyat sifatida munosabatda bo‘lish ham dolzarb ahamiyatga ega bo‘lib bormoqda. Zero, ta'lim tamoyillarida eng muhim, asosiy tamoyillardan biri ta'limni insonparvarlashtirish va demokratlashtirish bo‘lib, uning asosiy mohiyati o‘quvchi shaxsiga insoniy munosabatda bo‘lishni, ta'lim jarayonini erkinlashtirishni talab etadi.
    Ma'naviy-axloqiy tarbiyada yana bir eng qimmatli qadriyat erkinlikdir. Ta'limni demokratlashtirish bilan birga shaxs erki va huquqini hurmat qilish rivojlanadi. Bu esa o‘z navbatida o‘quvchi shaxsida mas'uliyatni his etish, ongli intizomga rioya etish ko‘nikmalarini tarbiyalaydi. Shuningdek, vtanparvarlik, xalqlar o‘rtasida do‘stlik va hamkorlik, ms'uliyatni his etish, burch, or-nomus, vijdonlilik, tartiblilik, adolatlilik va boshqa xislatlar tarbiyasi katta ahamiyatga ega.
    Bugungi kunda jinsiy tarbiya, mehnat tarbiyasi yanada muhim ahamiyat kasb etmoqda. Sog‘lom turmush tarzini tarkib toptirish, ayniqsa, zarurligini kundalik hayot tarzi yanada yaqqol namoyon etmoqda.
    Tekinxo‘rlik, narkomaniya, tamaki mahsulotlari va spirtli ichimliklarni iste'mol qilish, fahsh, johillik kabi salbiy illatlar ham hayotda uchrab turadi. Bu illatlar insonning axloqiy qiyofasinigina emas, balki o‘zini ham yemirib boradi. Inson ham ma'naviy, ham jisman haloq bo‘ladi. Shu bois insonning ma'naviy-axloqiy tarbiyasini tashkil etish ijtimoiy tarbiyaning boshqa yo‘nalishlaridan ustun qo‘yilishi zarur. Binobarin, ma'naviy-axloqiy tarbiya yosh avlod tarbiyasi bilan bog‘likdir. Agar tarbiyaning boshqa yo‘nalishlarida muayyan tarbiya (masalan, jismoniy, huquqiy va boshqalar) u yoki bu tarbiyaviy tadbirlar tizimiga asoslansa, ma'naviy-axloqiy tarbiyada esa har bir tarbiyalanuvchining o‘ziga xos xususiyatlarini, shuningdek, tarbiyaviy vaziyatni inobatga olgan holda, yaxlit tarbiyaviy ishlar rejalashtiriladi va unga mos metod hamda usullar tanlanadi.
    Tarbiyaviy tadbirlar rejasini ishlab chiqish, tadbirlarni tashkil etishda ma'naviyat, axloq inson ongining shakli, inson madaniyatining bir qismi ekanligi haqidagi tushunga ega bo‘lish nazarda tutiladi. Ma'naviyat va axloqning mohiyati, uning me'yorlari va tamoyillari mazmunini tushunish o‘quvchilarni ma'naviy-axloqiy jihatdan fikr yuritishlariga imkon beradi. Natijada ular o‘zlari va boshqalarning xatti-harakatlarini ana shu nuqtai nazardan baholaydilar. Ma'naviy-axloqiy tushunchalar, baholash va muhokama yuritish asosida ma'naviy-axloqiy e'tiqod shakllanadi va nihoyat inson xatti-harakati va xulqi aniqlanadi. Ma'naviy-axloqiy e'tiqodga ega inson axloqiy me'yorlar, talablarni ongli bajaradi va ularga hurmat bildiradi. Lekin ma'naviy-axloqiy me'yorlar haqida bilimga ega bo‘lish va uni tushunish hali e'tiqodni faoliyatga aylantiradi degan gap emas, ma'naviy-axloqiy bilimlar qachon hayotiy tajribalarda qo‘llanilib, o‘quvchilar tomonidan ularning faoliyatida namoyon bo‘lgandagina shakllangan deyish mumkin.
    Ma'naviy-axloqiy tarbiya tizimida ma'naviy-axloqiy his-tuyg‘ular inson tomonidan, uning hovea-hodisalar, kishilar hamda o‘z xulqiga nisbatan his-tuyg‘ularni uyg‘otishga rag‘bat paydo qiluvchi tarbiyaviy ishlar tizimli tashkil etilgandagina samarali kechadi. Mazkur tizimda xulq-atvorni shakllantirishga oid tarbiyaviy ishlar aks etadi. Shunga ko‘ra ma'naviy-axloqiy xulq-odobga doir xislatlarni shakllantirishga undovchi rag‘bat bilan hosil bo‘ladigan faoliyat eng asosiy bo‘lib hisoblanadi.
    Shuningdek, o‘quvchida ma'naviy-axloqiy xislatlarni shakllantirishga nisbatan ehtiyoj bo‘lishi shart. Demak, ma'naviy-axloqiy tarbiyani tashkil etish jarayonida uyushtiriluvchi tadbirlar xulq-odobga doir xatti-harakatlar zanjiridan iborat bo‘ladi. Ma'naviy-axloqiy xatti-harakatlar esa o‘quvchi tomonidan axloqiy me'yor va tamoyillar mohiyatini o‘rganish, ularni anglab yetishdan iboratdir.
    Xatti-harakatlar tizimi ma'naviy-axloqiy odatlarni tarkib toptiradi. Bu borada quyidagi talablarni amalga oshirish maqsadga muvofiqdir:
    • ma'naviy-axloqiy tarbiya axloqsizlikka qarshi kurashdagi «kompaniya»ga aylanmay, maqsadga muvofiq, uzluksiz, tizimli va izchil amalga oshirilishi zarur;


    • o‘quvchilarda ma'naviy-axloqiy xislatlar va fazilatlarni tarbiyalash faol hayotiy vaziyatlar, axloqiy me'yorlar buzilgan holatlarda tarbiyalanuvchilarning o‘z nuqati nazarlarini ifodalashlari bilan amalga oshirilishi;


    • shaxsda o‘z idealiga intilishiga bo‘lgan his-tuyg‘ularini uyg‘otishga yo‘naltirilgan xatti-harakatlarni tashkil etish borasidagi ko‘nikmalarni tarbiyalash;


    • ma'naviy-axloqiy tarbiyaga doir ishlarni tarbiyalanuvchilarning tajribasi, tarbiya qoidalarini qabul qilishlari va bunga tayyorliklari, yaxshi va yomon xatti-harakatlarning mohiyatini tushunishlarini hisobga olgan holda amalga oshirish;


    • tarbiyalanuvchilarda yuksak ma'naviy-axloqiy sifatlar – insoniylik, insonga hurmat, mehr-saxovat, xushmuomalalik, ijtimoiy munosabatlarni tashkil etishda muomala madaniyati va axloq qoidalariga rioya qilish kabi holatlarni tarkib toptirish;


    • fuqarolik madaniyati, ongli intizom, jamoani hurmat qilish va boshqa juda ko‘p ma'naviy-axloqiy sifatlar – boshqlarga g‘amxo‘rlik qilish, odamlarning g‘am-tashvishi, quvonchini tushuna olish, o‘z manfaatidan o‘zgalar manfaatlarini ustun qo‘yish, axloqiy me'yorlar hamda mavjud qonunlarga zid xatti-harakatlarni to‘xtataolish, ma'lum xatti-harakatlarni amalga oshirishda jamoa a'zolarining fikri bilan o‘rtoqlashish, mas'uliyatni his etish kabilarga asoslanishi kerak.



    Ma'naviy-axloqiy tarbiyaning tarkibiy qismlari, shakl va metodlari. Buyuk ma'rifatparvar Abdulla Avloniy «Turkiy guliston yohud axloq» asarida axloq «insonlarni yaxshilikka chaqiruvchi, yomonlikdan qaytaruvchi bir ilmdur», - deydi. Aynan axloq, uning ijtimoiy ahamiyati haqida ma'lumot beruvchi mazkur manbada alloma yaxshi va yomon xulqlarga to‘xtalib o‘tadi53. Allomaning nuqati nazaricha, yaxshi xulqlar quyidagilardan iborat: fatonat (aql), diyonat (e'tiqod), nazofat (poklik va tozalik), g‘ayrat, riyozat (savob ishlar), qanoat, shifoat, ilm, sabr, hilm (yumshoq tabiat) intizom, nafs me'yori, vijdon, vatanni suymak, haqqoniyat, nazari ibrat, iffat, hayo, idrok va zako, hifzi lison (til va adabiyot), iqtisod, viqor (g‘urur), muhabbat, avf (kechirimli bo‘lish). Bu xislatlar ma'naviy-axloqlilikning asosiy sifatlari sanaladi. Ular asosida Vatanga muhabbat va sadoqat, mehnatga axloqiy munosabat, o‘z atrofdagilarga axloqiy yondashuv, shuningdek, har bir o‘quvchining o‘zi va shaxsiy xulq-atvoriga munosabatni qaror toptiriladi.
    Olam va inson go‘zalligi, mardlik, jasorat, yuksak insoniy g‘oyalarni o‘zida aks ettirgan san'at asarlari insonlarni go‘zallikni his qilish, ularga intilib yashashga undab kelgan. Aksincha, g‘oyaviy jihatdan saviyasi past asarlar o‘quvchilar ongini sayozlashtiradi, ularni chinakam go‘zallikdan chalg‘itadi, go‘zallikni sevishga bo‘lgan intilishlarini susaytiradi, didini pastaytiradi.
    O‘quvchilarning go‘zallik bilan bevosita muloqotda bo‘lishlari ularga ko‘proq hissiy ta'sir ko‘rsatadi. Shuning uchun ham o‘qituvchi, tarbiyachilar tarbiyaviy ishlarni tashkil etish jarayonida o‘quvchilarni badiiy jihatdan yuksak bo‘lgan asarlar va tabiat manzaralari bilan tanishtirishga alohida e'tibor qaratishlari zarur. Tasviriy san'at, haykaltaraoshlik va me'moriy asarlar namunalari bilan o‘quvchilarni tanishtirish ularda simmetriya, mutanosiblik, chiziqlar, rang va kolorit uyg‘unligini idrok etish tuyg‘ulariga ega bo‘lishlarini ta'minlashga xizmat qiladi. O‘quvchilar e'tiboriga ezgu g‘oyalarni tarannum etuvchi musiqiy asarlarning havola etilishi, ulardan olinayotgan taassurotlar bilan o‘rtoqlashish ularda musiqiy ohang, ritya, tovushlarning ifodaviyligi va sur'atini his etish ko‘nikma va malakalariga ega bo‘lishlarini ta'minlaydi. Adabiy asarlar esa o‘quvchilarning nutq boyligi oshirish, fikrlash qobiliyatini o‘stirish, shaxsiy qarashlarini erkin bayon etishga imkon beradi.
    O‘quvchilarda nafosatni shakllantirish. Nafosat ongi ijtimoiy voqyelik, tabiat, san'at bilan bevosita muloqot jarayonida o‘quvchilarni turli nazariya, qarashlar mohiyati bilan tanishtirish, ular o‘rtasida nafosat ta'limi va tarbiyasini tashkil etish hisobiga shakllantiriladi. Nafosat ongi asosini nafosat idroki tashkil etadi. Nafosat idroki – bu ijtimoiy voqyelik, buyum va hodisalarning go‘zalligini ongda yaxlit aks etishi bo‘lib, u go‘zallik his etilganda yuzaga keladi va aniq maqsadga yo‘naltirilganligi bilan tavsiflanadi.
    Nafosat tarbiyasining vazifalari quyidagilardan iboratdir: o‘quvchilarda nafosat his-tuyg‘usi, fikr-mulohaza, didni tarbiyalash, ularning ijodiy qobiliyatlari, go‘zallikni sevishga bo‘lgan hayotiy ehtiyojini o‘stirishdan iborat. Kishilar go‘zallikni idrok qilish qobiliyatiga ega bo‘lganliklari uchun hayajonlanish, qo‘yg‘urish, darg‘azab bo‘lish, quvonish, zavqlanish kabi his-tuyg‘ularni boshdan kechiradilar. Bundan tashqari kishi yuksak badiiy mahorat bilan yaratilgan obrazni yoki tabiat, hayotdagi go‘zal hodisani idrok qilganidan zavq-shavqqa to‘ladi.
    Oila tarbiya asoslari.
    Oila haqida tushuncha. Oila – kishilarning nikoh yoki qon-qarindoshlik rishtalari, umumiy turmush tarzi, axloqiy mas'uliyat hamda o‘zaro yordamga asoslanuvchi kichik guruhi. «Jamiyat» va «oila» tushunchalari bir-biri bilan chambarchas bog‘lik. Bu bog‘liklik jamiyatning oilalarsiz mavjud bo‘lmasligi hamda o‘z navbatida oilaning ma'lum bir jamiyat tarkibida vujudga kelishi va yashovchanligida ko‘rinadi. Oila hamda jamiyat o‘rtasidagi ijtimoiy munosabatlar ikki tomonlama aloqadorlik xususiyatiga ega. Har bir oila umumjamiyat talablari asosida faoliyat yuritadi. Jamiyat taraqqiyotining rivoji esa uning bag‘rida mavjud bo‘lgan oilalarning ijtimoiy-iqtisodiy va ma'naviy qiyofasining shakllanganlik darajasiga bevosita bog‘likdir. Chunonchi, ijtimoiy borlikning oilalar zimmasiga qo‘yadigan talablari ularning manfaatlariga zid bo‘lmasa, aksincha, oilalar farovonligi, tinchligini ta'minlashga yordam bersa, oilalar tomonidan ijtimoiy talablarning qo‘llab-quvvatlanishi, ularning amaldagi ijrosini ta'minlash ko‘rsatkichi shuncha yuqori bo‘ladi.
    Ilmiy-pedagogik, psixologik, fiziologik hamda falsafiy asarlarning tahlili shuni ko‘rsatdiki, oila bola uchun eng asosiy tarbiya muhiti bo‘lib, bu muhitda shaxs kamoloti uchun muhim hisoblangan xulq-atvor, iroda, xarakter va dunyoqarash shakllanadi. Bola oila timsolida jamiyatning ijtimoiy-ma'naviy qiyofasini ko‘radi, jamiyat talablari mohiyatini ilk bora shu kichik jamoa orasida, oilaviy munosabatlarni tashkil etish jarayonida anglaydi.


    Oilaviy munosabatlar – ota-onalar yoki bolaning kamoloti uchun mas'ul bo‘lgan shaxslar (buva-buvilar) hamda farzandlar o‘rtasida turli yo‘nalishlarda tashkil etiluvchi munosabatlardir.
    Oilaviy munosabatlar farzandlarning aqliy, ruhiy kamolotini ta'minlab, ota-onalarda o‘ziga xos faollikni ham yuzaga keltiradi. Xususan, farzandlarning bevosita ta'siri tufayli ularning qiziqish hamda faoliyatlari doirasi kengayadi, o‘zaro aloqalari mazmunan boyib boradi, real hayot mohiyatini chuqurroq anglash, ya'ni, farzandlar kamoloti, kelajagi timsolida o‘z umri davomiyligini kurish holati ro‘y beradi.
    Shaxsning ma'naviy sifatlarga ega bo‘lishi, unda ma'naviy bilimlarni egallashga nisbatan ehtiyoj va qiziqishning paydo bo‘lishida oila tarbiyasi asosiy rolni bajaradi. Oilada qaror topgan sog‘lom ma'naviy-ruhiy muhit farzandlarning yetuk, barkamol bo‘lib voyaga yetishlari uchun beqiyos ahamiyatga egadir.

    Foydalanilgan adabiyotlar:


    1. Karimov I.A. Milliy istiqlol mafkurasi – xalq e'tiqodi va buyuk kelajakka ishonchdir. – Toshkent, O‘zbekiston, 2000.


    2. Karimov I.A. Ozod va obod Vatan, erkin va farovon hayot pirovard maqsadimiz. – Toshkent, O‘zbekiston, 2000.


    3. Abdulla Avloniy. Turkiy guliston yohud axloq. – Toshkent, O‘qituvchi, 1992.


    4. Pedagogika. Munavvarov A.g‘.ning umumiy tahriri ostida. – Toshkent, O‘qituvchi, 1996.


    5. Podlaso‘y I.P. Pedagogika. Novo‘y kurs. Kn. 2. Protsess vospitaniya. – Moskva, VLADOS, 1999.




    6. Almetov N.Sh. Pedagogika. O‘quv qo‘llanma. – Almato‘, 2001.
    7.Podlasiy I.P. Pedagogika. V 2 kn. Kn. 1. – Moskva, Vlados, 1999.
    8.Pedagogika. Munavvarov A.K.ning umumiy tahriri ostida. – Toshkent, O‘qituvchi, 1996.
    Download 31.58 Kb.
  • 1   2




    Download 31.58 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    1. Mehnat tarbiyasining mohiyati, maqsadi, vazifalari, shakl va metodlari

    Download 31.58 Kb.