• Davlat boshqaruvi tizimidagi o‘zgarishlar boshqa sohalardagi islohotlar muvaffaqiyatining garovidir.
  • So‘nggi yillarda O‘zbekistonda davlat boshqaruvi samaradorligini oshirish bo‘yicha bir qator islohotlar amalga oshirildi




    Download 27,32 Kb.
    bet2/4
    Sana06.09.2024
    Hajmi27,32 Kb.
    #270428
    1   2   3   4
    Bog'liq
    1-mavzu amaliy mashg\'ulot

    So‘nggi yillarda O‘zbekistonda davlat boshqaruvi samaradorligini oshirish bo‘yicha bir qator islohotlar amalga oshirildi.
    Uch yil davomida ijtimoiy-iqtisodiy sohaning ustuvor yo‘nalishlarini jadal rivojlantirish bo‘yicha 30 dan ortiq konsepsiya va strategiya qabul qilindi. Kelgusi besh yil davomida yuqori iqtisodiy o‘sishni ta’minlash bo‘yicha muhim vazifalar belgilandi.
    Davlat boshqaruvi tizimidagi o‘zgarishlar boshqa sohalardagi islohotlar muvaffaqiyatining garovidir.
    Davlat boshqaruvi akademiyasidan Dilfuza Rahimova o‘zining mualliflik maqolasida parlamentdagi o‘zgarishlar, davlat xizmatidagi muammolar va islohotlar haqida so‘z yuritadi, maqolaning to‘liq versiyasini «Ekonomicheskoye obozreniye» jurnalining 4-sonida o‘qishingiz mumkin.
    Mustaqillik davri mobaynida O‘zbekiston davlat tizimida muhim o‘zgarishlar ro‘y berdi va faol rivojlanishda davom etmoqda. Xususan, parlament va siyosiy partiyalarning rolini mustahkamlash, davlat boshqaruvi tizimini isloh qilish, davlat xizmatining tashkiliy-huquqiy asoslarini rivojlantirish, shuningdek, sud-huquq tizimini yanada isloh qilishni ta’minlaydigan 2017-2021 - yillarda O‘zbekiston Respublikasi rivojlanishining besh ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakat strategiyasini qabul qilish bilan bog‘liq o‘zgarishlar ayniqsa sezilarli bo‘ldi.
    Karantin cheklovlariga qaramasdan O‘zbekistonda iqtisodiy o‘sish kutilmoqda
    Ushbu strategiyaning amalga oshirilishi so‘nggi yillarda mamlakat hukumati tuzilmalarini tubdan modernizatsiya qilish imkonini berdi. Davlat hokimiyati tizimining gorizontal muvozanatini ta’minlashda sezilarli yutuqlarga erishildi: ijro hokimiyati va sud hokimiyatining yuqori tarkibini shakllantirishda yangi vakolatlarga ega bo‘lgan Oliy Majlisning roli sezilarli darajada oshdi. Oliy sud organlarini optimallashtirish va ular ko‘rib chiqadigan masalalar turiga qarab ixtisoslashtirishga asoslangan hududiy sudlarning izchil tuzilmasini joriy etish orqali sud tizimining samaradorligi sezilarli darajada yaxshilandi. Tubdan ma’muriy islohot o‘tkazilib, davlat va xo‘jalik boshqaruvi tuzilmalari modernizatsiya qilindi va yangilandi.

    Download 27,32 Kb.
    1   2   3   4




    Download 27,32 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    So‘nggi yillarda O‘zbekistonda davlat boshqaruvi samaradorligini oshirish bo‘yicha bir qator islohotlar amalga oshirildi

    Download 27,32 Kb.