• Eshpulatov Sardor Nasritdin o‘g‘li Amaliyot rahbari: Raxmatov B.B Samarqand – 2022
  • Samarqand iqtisodiyot va servis instituti menejment kafedrasi




    Download 2.61 Mb.
    bet1/7
    Sana06.11.2022
    Hajmi2.61 Mb.
    #29250
      1   2   3   4   5   6   7
    Bog'liq
    Eshpulatov Sardor23
    Document (1), ucell ichiga sop qoygani, 1-topshiriq (Iqtisodiyot nazariyasi) (1), 1699427748 (1), Malumotlar tuzilmasi va algartomlari, 6-, 5та ташаббус

    O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O`RTA MAXSUS TA’LIMVAZIRLIGI
    SAMARQAND IQTISODIYOT VA SERVIS INSTITUTI
    MENEJMENT KAFEDRASI

    Samarqand viloyati Bulung‘ur tumani Xalq bankida o‘tkazilgan malakaviy amaliyot

    HISOBOT

    Bajardi: 2-kurs, MN-120 guruh talabasi
    Eshpulatov Sardor Nasritdin o‘g‘li
    Amaliyot rahbari: Raxmatov B.B

    Samarqand – 2022
    Reja :
    1. Kirish
    2. Bank haqida umumiy tushuncha.
    3. Hodimlar bilan ishlash va kredit bo‘limi.
    4. Bankning asosiy vazifalari va ularning turlari
    5. Xulosa:
    6. Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yixati.

    Kirish
    Hukumatning doimiy ravishda qo'llab-quvvatlashi tufayli Xalq bankining salohiyati yanada oshib bormoqda. Mustaqillik yillarida Xalq banki mamlakat iqtisodiyotining pul-kredit sohasidagi islohotlar jarayonida hukumatning moliya agenti sifatida faoliyat olib borib, zimmasiga yuklangan mas’uliyatli vazifalarni doimiy ravishda ado etib kelmoqda. Bank o'z salohiyatini barqarorlashtirish, aholining ishonchini qozonish, mamlakat bank xizmatlari bozoridagi o'z mavqei va rolini mustahkamlash uchun barcha sa'y-harakatlarini safarbar etmoqda.


    Bugungi kunda Xalq banki O'zbekiston bank tizimining muhim bo'g'ini hisoblanadi. Uning 197 ta hududiy va tuman (shahar) filiallari, 100 ta bank xizmatlar ko'rsatish markazi 2931 ga yaqin kassalar iqtisodiyotning real sektoriga – kichik biznes subyektlari va aholiga keng qamrovli bank xizmatlarini ko'rsatib kelmoqda. Xalq bankining asosiy vazifalaridan biri O'zbekistonning keksa fuqarolarini nafaqalar bilan o'z vaqtida ta'minlashdan iborat. O'zbekiston Respublikasi «Fuqarolarning jamg'arib boriladigan pensiya ta'minoti to'g'risida»gi Qonuniga asosan fuqarolarning davlat pensiya ta'minotiga qo'shimcha tariqasida jamg'arib boriladigan pensiya ta'minoti tizimi yo'lga qo'yilgan. Xalq banki yagona, o'z filiallarini bir-biri bilan bog'lovchi va yetarlicha himoyalovchi elektron baza yaratish uchun ko'p ishlarni amalga oshirdi. Xalq banki jamoasi doimiy ravishda o'z oldiga yangi strategik maqsad va vazifalarni qo'yib keladi. Ayni paytda mazkur qadam mijozlarga xizmat ko'rsatishning sifat jihatidan yangi darajasiga chiqishga, raqobatbardosh pozitsiyaga erishishga, investitsion jozibadorlikni ta'minlashga, boshqaruv va texnologik jarayonlarni modernizatsiyalash hisobiga moliya xizmatlar bozorida qator ko'rsatkichlar bo'yicha peshqadam pozitsiyani egallashga xizmat qilmoqda.O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2015-yil 24-apreldagi “Aksiyadorlik jamiyatlarida zamonaviy korporativ boshqaruv uslublarini joriy etish chora-tadbirlari to'g'risida”gi PF-4720-sonli Farmoniga asosan bank nomi “Aksiyadorlik tijorat Xalq banki” nomiga o'zgartirildi.O'zbekiston Respublikasi Hukumatining 1995-yil 4-oktabrdagi Qaroriga asosan «O'zjamg'armabank» Davlat-tijorat Xalq banki etib qayta tashkil etildi.Aksiyadorlik tijorat Xalq banki O'zbekistonning qadimiy banklaridan biri hisoblanadi. Toshkentda birlamchi jamg'arma kassalar 1875-yilda tashkil etilgan.Xalq banki Oʻzbekiston moliya bozorida oʻz mavqeini yanada mustahkamlash maqsadida 2019-yilda koʻrsatilayotgan moliyaviy xizmatlar sifatini xalqaro standartlar darajasiga koʻtarishda innovatsion yangilanishlarga jadallik bilan kirishdi. Yaʼni bank oʻz-oʻzini yangilab, transformatsiyani izchillik bilan amaliyotga tatbiq etyapti.
    Bu kabi oʻzgarishlar samarasi Xalq banki ustav kapitali oʻsishida ham yaqqol namoyon boʻlmoqda. Jumladan, bank ustav kapitali qoʻshimcha 227,9 mln. AQSH dollariga ortdi. Yaʼni bugungi kunda bu koʻrsatkich s. Oʻtgan yilning shu davrida bu raqam 1 540,3 mlrd. soʻmni tashkil qilgandi.
    Bank haqida umumiy tushuncha
    Oʻzbekistonda birinchi bank muassasasi 1875-yil Toshkentda ochilgan Rossiya imperiyasi davlat bankning filiali boʻlgan. 19-asrning oxirida Turkistonda rus kapitali ishtirokidagi Oʻrta Osiyo aksiyadorlik banki (1881), Volgakama banki (1893), Rus-Xitoy (Rus-Osiyo) banki (1903), Azov-Don savdo banki (1910), Nijniy Novgorod-Samara banki (1899), Poltava Yer banki (1901)ning filial, boʻlim va agentliklari faoliyat olib bordi.
    1995 — 96-yillarda „Asaka“ ixtisoslashtirilgan davlat-aksiyadorlik tijorat banki, „Aloqabank“ aksiyadorlik tijorat banki, „Toshkentijtimoiyuyjoy-bank“ aksiyadorlik tijorat banki, „Uzsayohatinvestbank“ Oʻzbekiston aksiyadorlik tijorat investitsiya banki va „Zamin“ ixtisoslashtirilgan davlat-aksiyadorlik ipoteka banklari tashkil etildi.

    „Oʻzdehqonsanoatbank“ aksiyadorlik tijorat banki „Paxtabank“ ixtisoslashtirilgan aksiyadorlik tijorat bankiga, „Oʻzjamgʻarmabank“ Xalq bankiga aylantirildi.
    O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2015-yil 24-apreldagi “Aksiyadorlik jamiyatlarida zamonaviy korporativ boshqaruv uslublarini joriy etish chora-tadbirlari to'g'risida”gi PF-4720-sonli Farmoniga asosan bank nomi “Aksiyadorlik tijorat Xalq banki” nomiga o'zgartirildi.
    Quyidagi hisobot aynan AT Xalq bankida o’talgan tanishuv-malakaviy amaliyoti natijasida olingan ma’lumotlar asosida yozilgan…
    Hukumatning doimiy ravishda qo'llab-quvvatlashi tufayli Xalq bankining salohiyati yanada oshib bormoqda. Mustaqillik yillarida Xalq banki mamlakat iqtisodiyotining pul-kredit sohasidagi islohotlar jarayonida hukumatning moliya agenti sifatida faoliyat olib borib, zimmasiga yuklangan mas’uliyatli vazifalarni doimiy ravishda ado etib kelmoqda. Bank o'z salohiyatini barqarorlashtirish, aholining ishonchini qozonish, mamlakat bank xizmatlari bozoridagi o'z mavqei va rolini mustahkamlash uchun barcha sa'y-harakatlarini safarbar etmoqda.
    Bugungi kunda Xalq banki O'zbekiston bank tizimining muhim bo'g'ini hisoblanadi. Uning 197 ta hududiy va tuman (shahar) filiallari, 100 ta bank xizmatlar ko'rsatish markazi 2931 ga yaqin kassalar iqtisodiyotning real sektoriga – kichik biznes subyektlari va aholiga keng qamrovli bank xizmatlarini ko'rsatib kelmoqda. Xalq bankining asosiy vazifalaridan biri O'zbekistonning keksa fuqarolarini nafaqalar bilan o'z vaqtida ta'minlashdan iborat. O'zbekiston Respublikasi «Fuqarolarning jamg'arib boriladigan pensiya ta'minoti to'g'risida»gi Qonuniga asosan fuqarolarning davlat pensiya ta'minotiga qo'shimcha tariqasida jamg'arib boriladigan pensiya ta'minoti tizimi yo'lga qo'yilgan. Xalq banki yagona, o'z filiallarini bir-biri bilan bog'lovchi va yetarlicha himoyalovchi elektron baza yaratish uchun ko'p ishlarni amalga oshirdi. Xalq banki jamoasi doimiy ravishda o'z oldiga yangi strategik maqsad va vazifalarni qo'yib keladi. Ayni paytda mazkur qadam mijozlarga xizmat ko'rsatishning sifat jihatidan yangi darajasiga chiqishga, raqobatbardosh pozitsiyaga erishishga, investitsion jozibadorlikni ta'minlashga, boshqaruv va texnologik jarayonlarni modernizatsiyalash hisobiga moliya xizmatlar bozorida qator ko'rsatkichlar bo'yicha peshqadam pozitsiyani egallashga xizmat qilmoqda.O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2015-yil 24-apreldagi “Aksiyadorlik jamiyatlarida zamonaviy korporativ boshqaruv uslublarini joriy etish chora-tadbirlari to'g'risida”gi PF-4720-sonli Farmoniga asosan bank nomi “Aksiyadorlik tijorat Xalq banki” nomiga o'zgartirildi.O'zbekiston Respublikasi Hukumatining 1995-yil 4-oktabrdagi Qaroriga asosan «O'zjamg'armabank» Davlat-tijorat Xalq banki etib qayta tashkil etildi.Aksiyadorlik tijorat Xalq banki O'zbekistonning qadimiy banklaridan biri hisoblanadi. Toshkentda birlamchi jamg'arma kassalar 1875-yilda tashkil etilgan.Xalq banki Oʻzbekiston moliya bozorida oʻz mavqeini yanada mustahkamlash maqsadida 2019-yilda koʻrsatilayotgan moliyaviy xizmatlar sifatini xalqaro standartlar darajasiga koʻtarishda innovatsion yangilanishlarga jadallik bilan kirishdi. Yaʼni bank oʻz-oʻzini yangilab, transformatsiyani izchillik bilan amaliyotga tatbiq etyapti.
    Bu kabi oʻzgarishlar samarasi Xalq banki ustav kapitali oʻsishida ham yaqqol namoyon boʻlmoqda. Jumladan, bank ustav kapitali qoʻshimcha 227,9 mln. AQSH dollariga ortdi. Yaʼni bugungi kunda bu koʻrsatkich s. Oʻtgan yilning shu davrida bu raqam 1 540,3 mlrd. soʻmni tashkil qilgandi.
    Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasi tomonidan Xalq bankining nominal qiymati 1 000,0 soʻm boʻlgan 2 164 172 ming dona oddiy aksiyalari sotib olindi va buning natijasida jamgʻarmaning bank ustav kapitalidagi ulushi 38,8 foizdan 70,1 foizga koʻtarildi.
    Bankning qolgan aksiyalariga Davlat aktivlarini boshqarish agentligi egalik qiladi hamda uning ulushi 29,9 foizni tashkil etadi.
    Maʼlumot oʻrnida aytish mumkinki, Farhod Salamov Xalq banki Boshqaruvi Raisi lavozimiga tayinlanganiga hali koʻp boʻlmadi. Shu paytga qadar F. Salamov bank Boshqaruvi Raisi oʻrinbosari vazifasida ishlab kelayotgandi. 2018-yilgacha esa AQSHning eng yirik banklaridan biri — “U.S. Bancorp” korporatsiyasi bosh ofisining ijrochi direktori lavozimida faoliyat yuritgan.
    Bank hisob-operatsion apparatining tuzilishi.
    Banklarda bajariladigan barcha operatsiyalarning buxgalteriya hisobini olib borish bankning hisob-operatsion bo‘limiga yuklatilgan. Hisob-operatsion bo‘limi bank faoliyatining ko‘lami va yo‘nalishi, mijozlar soni hamda boshqa ko‘rsatkichlarga qarab bir qancha guruhlardan iborat bo‘ladi. Bu guruhlarda ish yurituvchilarni mas’ul ijrochi deb ataladi. Har bir mas’ul ijrochiga bir nechta mijozlar bo‘lib berilib, ular o‘z mijozlari bo‘lmish yuridik va jismoniy shaxslarning hisob-kitob, kassa, valuta va kredit va boshqa operatsiyalari bo‘yicha hisob ishlarini olib boradilar, ularga xizmat ko‘rsatadilar. Bu guruhlar hisob guruhi deyiladi. Bundan tashqari, hisob-operatsion bo‘limda banklararo hisob-kitoblar bo‘limi, davlat budjetini kassaviy ijrosi bo‘limi, bank ichki operatsiyalarini tashkil etish bo‘limi ham mavjud bo‘ladi. Bu bo‘limlarda ishlovchi buxgalterlar soni ham mazkur bo‘limda bajariladigan operatsiyalar ko‘lami bilan belgilanadi. Banklararo hisob-kitoblar bo‘limining vazifasi mas’ul ijrochilardan boshqa banklarga tegishli bo‘lib, o‘tkazilishi kerak bo‘lgan hujjatlarni qabul qilish, ularni banklar bo‘yicha saralash, hujjatlardagi yozuvlarning to‘g‘riligini filiallararo aylanmalar bo‘yicha nazorat qilish va boshqa bankka hujjatlarni elektron pochta orqali jo‘natishdan iborat. Lekin hozirgi kunda deyarli barcha tijorat banklarida hisob-kitob hujjatlari mas’ul ijrochidan so‘ng bosh buxgalter tekshiruvidan o‘tkaziladi va elektron axborot bankining hisoblash markaziga uzatiladi. Bu yerda elektron to‘lovni boshqa banklarga o‘tkazish ishlari bajariladi.
    Davlat budjetining kassaviy ijrosi bo‘yicha bo‘lim buxgalterlari davlat budjeti daromadlari va xarajatlari bo‘yicha operatsiyalarni tashkil etadi, bu operatsiyalar hisobini olib boradilar, davlat budjeti xarajatlarining to‘g‘ri va qonuniy sarflanishi ustidan nazorat qiladilar. Ichki bank operatsiyalari bo‘yicha bo‘limning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:
    – bank asosiy vositalarini, kam baholi va tez eskiradigan buyumlarni sotib olish, ularning eskirishi, qayta baholanish hamda hisobdan chiqarilishini hisobga olish;
    – bank nomoddiy aktivlarini, materiallarni sotib olish, eskirishi, qayta baholash, hisobdan chiqarilishini hisobga olish;
    – bank boshqaruv apparati va xodimlarining xarajatlarini hisoblash va hisobga olib borish;
    – bankning barcha daromadlari bo‘yicha hisobni olib borish;
    – bankning barcha xarajatlarini hisobga olib borish va hokazo.
    Yuqorida sanab o‘tilgan bo‘limlar majmuasi bankning hisob-operatsion bo‘limini tashkil etadi. Hisob-operatsion bo‘limni bank bosh buxgalteri boshqaradi. Bankdagi mijozlar soni, bajaradigan operatsiyalar ko‘lami va hisob operatsion bo‘limdagi guruhlar soniga qarab bosh buxgalterning bir yoki ikki muovini tayinlanadi. Yordamchi va Bosh kitoblarda operatsiyalarni qayd etish, dasturli komputer tizimida hisobotlar tuzish ishlariga umumiy rahbarlik qilish bank bosh buxgalterlariga yuklanadi. Agar bosh buxgalter bo‘lmasa, ya’ni mehnat ta’tilida, xizmat safarida yoki kasal bo‘lsa, bank rahbarining buyrug‘iga ko‘ra uning muoviniga topshiriladi. Bankning buxgalteriya hisobi va hisobotini tashkil etish bilan bankning bosh buxgalter shug‘ullanadi.
    3. “Front ofis” va “Bek ofis”ga bo’lingan buxgalteriya tuzilmasining xususiyatlari. Hozirgi kunda xalqaro andozalar asosida faoliyat yuritishga harakat qilayotgan qator banklarda buxgalteriya apparatini Front-ofis va Bek-ofisga ajratish amalga oshirilmoqda. Tijorat banklari nuqtayi nazaridan buxgalteriya apparatining Bek-ofis va Front-ofisga bo‘linishining ahamiyati shundaki, Front-ofis mutaxassislari mijozlarga to‘g‘ridan-to‘g‘ri xizmat ko‘rsatadi, Bek-ofis mutaxassislari esa dastlab Front-ofis xodimlari tomonidan boshlangan, mijoz bevosita qatnashishi va mazkur bosqichning tugatilishini kutishi talab etilmaydigan bosqichda operatsiyalarni qayta ishlab, uni nihoyasiga yetkazadi. Natijada, har bir bank operatsiyasi bir biriga bog‘liq bo‘lmagan ikkita bo‘limda amalga oshiriladi va bank xodimlarini o‘zaro nazorat qilish tizimini yaratadi.
    Mijoz uchun ham bunday tarkibiy bo‘linish ahamiyatli bo‘lib, bankning bitta bo‘limi yoki binosida, ammo lavozimi turlicha bo‘lgan xodimlardan o‘zining barcha masalalarini yechish imkoniyatini yaratadi. Mijoz operatsiyalar boshlanishidan to uning tugaguniga qadar faqat Front-ofis xodimlari bilan aloqada bo‘lib, Bek-ofis mavjudligi mijoz uchun ahamiyatsiz hisoblanadi. Front-ofis mijozlar bilan bevosita muomalada bo‘ladigan va barcha bank xizmatlarini ko‘rsatadigan bankning operatsion xodimlari guruhidan iborat bo‘ladi
    Hodimlar bilan ishlash va kredit bo‘limi.

    Bank ichki bank nazorati, uning turlari va ahamiyati.


    Bank operatsiyalari ichki nazorati - bank rahbariyati va barcha bankxodimlari tomonidan kunlik bank operatsiyalarini amalga oshirish jarayonida ularning qonunchilikka mosligi, samaradorligi, yuqori malakada bajarilishi va moliyaviy hisobotlarning ishonchliligini ta’minlash tizimi;
    Ichki nazorat ma’lum yoki aniq vaqt mobaynida amal qilinishi lozim bo’lgan tartib yoki qoida bo’lmasdan, balki u bankning barcha bo’g’inlarida kunlik bank operatsiyalarning boshlanishidan tortib tugagunga qadar doimiy yuritiladigan bank faoliyatining ajralmas qismidir. Ichki nazorat o’z navbatida dastlabki nazorat, joriy nazorat va yakuniy nazoratga bo’linadi. Ichki nazorat tizimi kerdit tashkiloti sifatida bank joriy holatini tahlil qilishda, banklarni taraqqiy toptirishda juda muhim element bo’lib, bank menejmentining ajralmas bo’lagi hsoblanadi. Ichki nazorat tizimi o’zida ichki nazoratning turli yo’nalishlari va bo’limlarini jamlaydi. Ichki nazorat bank xodimlari tomonidan yo’l qo’yilgan turli xatoliklar va qonun buzilishlar natijasida paydo bo’ladigan yo’qotishlarni minimallashtirish maqsadida bank boshqaruvi tomonidan yaratilgan nazorat tizimi sifatida faoliyat yuritadi. Biroq bank ichki nazoratining mohiyati faqatgina tekshiruv metodlari jamlanmasidangina iborat emas, shunday bo’lsada u bank tomonidan o’z aktivlari butligini ta’minlash, boshqaruv siyosatiga amal qilish, moliyaviy hisobotlar ishonchliligini tekshirish va samarali ish faoliyatini tashkil etish maqsadida ishlab chiqilgan chora-tadbirlarni o’zida ifoda etadi. Ichki nazorat administrativ va moliyaviy nazorat kabi ikki shakldan iborat bo’ladi: Administrativ nazoratda jarayon, ish va protseduralarni tashkil qilish, hujjatlashtirishni yuritish rejasiga asoslanadi. Moliyaviy nazorat hujjatlashtirishga asoslanib, ushbu hujjatlashtirish moliyaviy hisobotlar ishonchliligini ta’minlash va aktivlar butligini saqlash vazifasi bilan bog’liq. Faoliyat natijalarini nazorat qilishda jarayon dokumentatsiya jarayoni bilan bog’liq bo’lib, u bank mahsulotlari tannarxining rejadagi va haqiqatdagi ko’rsatkichlari va ularning rentabelligi bilan bog’liq hisoblanadi.
    Bank nazoratining asosiy maqsadi xodimlarning qonunchilik hujjatlari, Markaziy bank va boshqa tegishli organlarning meyoriy hujjatlariga o’z ish faoliyatida amal qilishi, bank tomonidan amalga oshirilayotgan operatsiyalarga yuqori darajada ishonchlilikni ta’minlash va bank faoliyatidagi mumkin bo’lgan risklarni kamaytirish yo’li bilan omonatchilar va kreditorlar manfaatini himoya qilishdan iborat.

    Nazariy jihatdan bank ichki nazoratning bir qancha shakllarini mavjud. Ularni umumiy qilib 2-rasmda ko’rsatilgandek tasniflash mumkin. Bank ichki nazoratini tashkil qilish quyidagi yo’nalishlarda amalga oshadi:
    - Kredit tashkiloti faoliyatini tashkil etuvchi boshqaruv organlari tomonidan olib boriladigan nazorat.
    - Bank risklarini baholash va ularni boshqarish tizimining ish faoliyatini tekshirish.
    - Bank operatsiyalarini amalga oshirishda vakolatlar taqsimotini nazorat qilish.
    - Ma’lumotlar oqimi va ularning xavfsizligini nazorat qilish.
    Yuqori boshqaruv organlari tomonidan olib boriladigan nazorat ichki nazorat siyosatini amalga oshirishning bir qismi sifatida bank Kengashi, shuningdek bank ijroiya organlari tomonidan o’tkaziladigan chora -tadbirlar yig’indisini o’zida qamrab oladi. Direktorlar Kengashi (Nazorat kengashi) ish faoliyatida bank faoliyatiga tegishli quyidagi masalalarni ko’rib o’tishi tavsiya qilinadi:
    - Samarali ichki nazoratni tashkil etish va amalga oshirish;
    O’z majlislarida ichki nazorat samaradorligini doimiy muhokama qilish va bank ijroiya organlari bilan ichki nazoratni tashkil etish va uning samaradorligini oshirish chora-tadbirlari yuzasidan muloqotlar o’tkazish;
    - Ichki nazoratni tashkil qilish bo’yicha bankning ichki ijro organlari, ichki nazorat xizmati, shuningdek ichki nazorat organiga taalluqli boshqa xodimlar tomonidan tayyorlangan hujjatlarni joriy nazoratini o’tkazish;
    - Ichki nazorat xizmati tomonidan bildirilgan takliflar va e’tirozlarni tijorat banki ijro organlari tomonidan tezkorlik bilan ko’rib chiqish uchun zarur bo’lgan chora-tadbirlarni ta’minlash;
    - Ichki nazoratning bank faoliyati ko’lami, xarakteriga muofiqligini o’z vaqtida tekshirib borish.
    Bank ijro organi o’z ish-faoliyatida quyidagi masalalarni ko’rib borishi zarur:
    - Bank kengashi qarorlari yuzasidan javobgarlikni belgilash, bank ichki nazoratini tashkil etish va amalga oshirishda tijorat banki siyosati va strategiyasini amalga tadbiq etish;
    Ichki nazorat doirasida qoida va tartiblarni ishlab chiqish jarayonida vakolatlar taqsimotini belgilash (bank tashkiliy strukturasiga muofiq);
    - Tijorat banki faoliyatining ichki hujjatlar, shuningdek ichki nazoratni amalga oshirishda belgilangan tartibga muofiqligini nazorat qilish;
    - Ichki nazoratning aniq yo’nalishlari uchun javobgarlikni va majburiyatlar taqsimotini belgilash;
    - Ma’lumotlarning samarali uzatilish tizimini ishlab chiqish;
    - Ichki nazorat xizmati tomonidan aniqlangan qonun buzilishlar va kamchiliklarni bartaraf etish bo’yicha nazorat mexanizmini tashkil etish;
    Tijorat banki manfaatlar to’qnashuvi yuzaga kelishi sharoitida mavjud bo’ladigan ziddiyatlarni oldini olish maqsadida xodimlarning xizmat vazifalari taqsimotini amalga oshiradi. Bank manfaatlarning potensial to’qnashuvini aniqlash va nazorat qilish bo’yicha aniq tartib o’rnatishi kerak.
    Kredit bo‘limi

    Bankning kredit bo`limi bank binosining ikkinchi qavatida joylashgan bo`lib, jismoniy hamda yuridik shaxslarga xizmat ko`rsatadi. O`zbekiston Respublikasi Markaziy Banki boshqaruvining 2018- yil 2-iyuldagi 3030- sonli qaroriga ko`ra: “Bank:



    • kredit bo`yicha nominal va real foiz stavkalarni kredit berish sanasidagi e’lon qilingan foiz stavkalari ko`rsatkichlaridan oshirmasligi (foiz to`lovlari nominal stavka bo`yicha kredit asosiy summasining kamayib boradigan qoldig`iga hisoblab yoziladi);

    • kredit shartnomasi tuzilgunga qadar mazkur Nizomning 27-29-bandlariga muvofiq axborot iste’molchiga ma’lum qilishi;

    • kredit shartnomasi tuzilgunga qadar qarz oluvchining to`lovga qobiliyatliligi puxta o`rganishi;

    • qonun hujjatlariga muvofiq iste’molchidan undirilishi taqiqlangan qo`shimcha yig`imlar, vositachilik haqlari va boshqa to`lovlarni kredit shartnomasi shartlariga kiritmasligi;

    • kredit yoki lizing shartnomasida shartnoma tuzilgandan keyin va mijoz tomonidan pul mablag`lari olingunga yoxud lizing bo`yicha mol-mulk uchun to`lov amalga oshirilgunga qadar bo`lgan davrda iste’molchining kredit yoki lizing olishdan bepul asosda voz kechish huquqini nazarda tutishi;

    • kredit shartnomasida jarima sanksiyalarini undirmagan holda istalgan vaqtda iste’molchining kreditni (lizingni) muddatidan oldin so`ndirish huquqini nazarda tutishi;

    • kredit qarzdorligi bo`yicha hisoblangan foizlar, vositachilik haqi va neustoykalarning (penya, jarimalar) eng ko`p umumiy summasi qonun hujjatlarida belgilangan miqdordan oshib ketmasligini nazorat qilishi;

    • garov predmeti sifatida qo`yilgan birdan-bir turar joy faqat sud tartibida undirilishi mumkinligini va u ommaviy savdolar orqali realizatsiya qilinishini (qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollarda bundan mustasno) iste’molchiga ma`lum qilinishi;

    • kredit shartnomasining shartlariga qarz oluvchining huquqlarini cheklanishiga va/yoki majburiyatlarini oshirilishiga olib keluvchi o`zgartirishlarni bir tomonlama kiritilishi yo`l qo`yimasligi lozim.”

    Xalq Bank aholiga kreditlar bo`yicha qulayliklar yaratish maqsadida www.xb.uz saytida kreditlar bo`limini tashkil etgan. Bu bo`limda iste’molchilar o`zlari uchun kerakli turdagi kreditlar haqida ma’lumot olishlari mumkin. Saytda iste’molchilarga yanada qulaylik yaratish maqsadida har bir turdagi kredit haqida ma’lumot olish uchun mas’ul shaxslarning telefon raqamlari berilgan va bu iste’molchilarga o`zlarini qiziqtirgan kredit bo`yicha bemalol kerakli ma’lumotni olish imkoniyatini yaratadi. Bank quyidagi turdagi kreditlarni iste’molchilarga taqdim etadi:


      1   2   3   4   5   6   7




    Download 2.61 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Samarqand iqtisodiyot va servis instituti menejment kafedrasi

    Download 2.61 Mb.