• XULOSA
  • FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO`YXATI
  • Samarqand iqtisodiyot va servis instituti menejment kafedrasi




    Download 2.61 Mb.
    bet7/7
    Sana06.11.2022
    Hajmi2.61 Mb.
    #29250
    1   2   3   4   5   6   7
    Bog'liq
    Eshpulatov Sardor23
    Document (1), ucell ichiga sop qoygani, 1-topshiriq (Iqtisodiyot nazariyasi) (1), 1699427748 (1), Malumotlar tuzilmasi va algartomlari, 6-, 5та ташаббус

    Bank operatsiyalari


    Tijorat banklari tomonidan amalga oshiriladigan barcha operatsiyalarni aktiv, passiv, depozit, nodepozit va boshqa operatsiyalarga bo`lish mumkin.
    Bank resurslarini shakllantirish bilan bog`liq bo`lgan operatsiyalar banklarning passiv operatsiyalari deyiladi. Banklarning passiv operatsiyalari ularning faoliyatini tashkil qilishda katta rol o`ynaydi. Passiv operatsiyalar yordamida tijorat banklari kreditlash uchun zarur bo`lgan resurslarini tashkil etadi.
    Passiv operatsiyalar asosan quyidagi shaklga ega:

    • Qimmatli qog`ozlarni muomalaga chiqarish yo`li bilan resurslar yig`ish;

    • Bank foydasi hisobidan har xil fondlar tashkil qilish yoki fondlar summasini oshirish;

    • Boshqa kreditorlarning mablag`larini jalb qilish;

    • Depozit operatsiyalarini amalga oshirish;

    Tijorat banklarining resurslari bankning o`z mablag`lari, jalb qilingan va emitentlashgan mablag`lar hisobidan shakllanadi.
    Yuqorida keltirilgan passiv operatsiyalarning dastlabki ikkitasida banklarning o`z mablag`lari yuzaga keladi va qolgan ikki shaklida kredit resurslarining jalb qilingan resurslari qismi yuzaga keladi.
    Banklar tomonidan amalga oshiriladigan moliyaviy operatsiyalar jumlasiga quyidagilar kiradi:

    • Pul mablag`larini omonatlarga (depozitlarga) jalb etish;

    • To`lovlarni amalga oshirish, shu jumladan bank hisobvaraqalarini ochmasdan amalga oshirish;

    • Jismoniy va yuridik shaxslarning bank hisobvaraqalarini, shu jumladan banklarning vakillik hisobvaraqalarini ochish hamda yuritish;

    • Kreditlarni ularning qaytarilishi, foizliligi va muddatliligi sharti bilan o`z nomidan o`zining mablag`lari hamda jalb etilgan mablag`lar hisobidan berish;

    • Chet el valyutasi bilan naqd va naqdsiz shakllardagi operatsiyalar;

    • Jismoniy yoki yuridik shaxslar bilan tuzilgan shartnoma bo`yicha mol-mulkni ishonchli boshqarish;

    • Inkassatsiya va kassa xizmatlarini ko`rsatish;

    • Uchinchi shaxslar nomidan ularning majburiyatlari bajarilishini nazarda tutuvchi kafolatlar berish va boshqa majburiyatlarni qabul qilish;

    • Uchinchi shaxslardan pul shaklidagi majburiyatlarning bajarilishini talab qilish huquqini olish (factoring);

    • Qimmatli qog`ozlarni chiqarish, xarid qilish, sotish, ularning hisobini yuritish va ularni saqlash, mijoz bilan tuzilgan shartnomaga binoan qimmatli qog`ozlarni boshqarish, ular bilan boshqa operatsiyalarni bajarish;

    • Affinlangan qimmatbaho metallar sotib olish va sotish, shu jumladan metallarni mas’ul saqlash hisobvaraqalarini hamda metallarning egasizlantirilgan (jismoniy bo`lmagan) hisobvaraqalarini yuritish;

    • Qimmatbaho metallardan yasalgan tangalarni sotib olish va sotish;

    • Hosilaviy moliya vositalari (derivativlar) bilan operatsiyalarni amalga oshirish;

    • Hujjatlarni yoki qimmatliklarni saqlash uchun maxsus binolarni yoki ularning ichidagi seyflarni ijaraga berish;

    • Lizing berish;

    • Qonun hujjatlari nazarida tutilgan shakllarda qarzlar berish;

    • Moliyaviy operatsiyalar bilan bog`liq maslahat xizmatlari ko`rsatish;

    • Aktivlar majmuini (portfelini) boshqarish;

    • Electron pullarni chiqarish, ulardan foydalanish va to`lash;

    • Bank kartalarini berish va to`lovlarga ishlov berish, bank kartalariga boshqa tashkilotlar, jumladan boshqa moliya institutlari bilan birgalikda xizmat ko`rsatish.

    Bank qonunchilikka muvofiq kredit, moliya, hisob-kitob, kassa va boshqa bank xizmatlarini milliy va xorijiy valyutada ko`rsatadi, shu jumladan:

    • Boshqa davlatlar banklari, kredit va boshqa tashkilotlari bilan korrespondentlik munosabatlari o`rnatish, eksport, import, nosavdo va boshqa operatsiyalar bo`yicha xalqaro hisob-kitoblarni amalga oshirish tartibi va shartlari to`g`risida, bank schyotlarini yuritish tartibi to`g`risida, loyihalarni birgalikda amalga oshirish to`g`risida hamda mazkur ustavda ko`zda tutilgan boshqa operatsiyalarni amalga oshirish to`g`risida shartnomalar tuzadi;

    • Xorijiy va xalqaro banklardan va boshqa tashkilotlardan xalqaro bank amaliyotida qo`llanadigan shakllarda kredit va qarzlar oladi, shuningdek, olingan kredit va qarzlar bo`yicha bank veksellari, obligatsiyalari va boshqa majburiyatlari tarzida ta’minot taqdim qiladi;

    • Bankning tashqi iqtisodiy faoliyatini amalga oshiruvchi mijozlariga eksportga yo`naltirilgan va import o`rnini bosuvchi ishlab chiqarishlar uchun milliy va xorijiy valyutada kreditlar beradi;

    • Banklarda, shu jumladan xorijiy banklarda pul mablag`lari operatsiyalarini amalga oshirish va saqlash uchun korrespondentlik schyotlar ochadi;

    • Milliy va xalqaro valyutada schyotlar va omonatlarga banklar, xalqaro va boshqa tashkilotlar, shuningdek, O`zbekiston Respublikasi fuqarolaridan, xorijiy fuqarolardan mablag`lar qabul qiladi va ularni qimmatli qog`ozlar hamda badallarga joylashtiradi;

    • O`zbekiston Respublikasi banklari, xorijiy va xalqaro banklar va boshqa moliya institutlari korrespondentlik schyotlarida bo`lgan mablag`larni tasarruv etish tartibini, ushbu schyotlarni ochish va yuritish tartibini hamda mablag`larni bank omonatlariga joylashtirish shartlarini shartnoma asosida belgilaydi;

    • O`zbekiston Respublikasi hududida va undan tashqarida xorijiy valyutani sotish va sotib olish, boshqa valyuta qimmatliklarini (cheklar, veksellar, akkreditivlar va shu kabilarni) xarid qilish va sotishni, shuningdek, valyuta qimmatliklari bilan operatsiyalar va bitimlarni amalga oshiradi;

    • Xorijda xalqaro bank amaliyotiga muvofiq xorijiy valyutani sotish va sotib olish (diling) hamda boshqa valyuta operatsiyalarini amalga oshiradi;

    • Pul shaklidagi majburiyatlar ijrosini ko`zda tutuvchi uchinchi shaxslar uchun topshiriq, kafolat va boshqa majburiyatlar beradi;

    • Tovarlarni yetkazish va xizmatlar ko`rsatishdan kelib chiqadigan talablarga huquqlarni xarid qiladi, bunday talablarni bajarish tavakkalchiligini, ushbu talablar inkassatsiyalarini (faktoringni) qabul qiladi;

    • Uskunalar, hisob terminallari, bankomat, transport vositalari va boshqa mulkni xarid qiladi va ijaraga beradi;

    • Mablag`lar egasi va tasarrufchisining topshirig`iga ko`ra capital qo`yilmalarni moliyalashtiradi;

    • To`lov hujjatlari va boshqa qimmatli qog`ozlar chiqaradi;

    • Davlat to`lov hujjatlari va boshqa qimmatli qog`ozlarni sotib oladi, sotadi va saqlaydi, ular biln boshqa operatsiyalarni amalga oshiradi;

    • Zamonaviy texnika va texnologiyalarni, kredit va elektron kartochkalarni jori qilish, bankni jahon banklararo telekommunikatsiyalar tarmog`iga ulash yo`li bilan bank mijozlariga xizmat ko`rsatish shakllarini takomillashtiradi;

    • Qimmatbaho metallarni schyotlarga va omonatlarga jalb qiladi va joylashtiradi, ularni sotadi, sotib oladi va ham ichki, ham xalqaro bozorda tabiiy qimmatbaho metallar va toshlar bilan boshqa operatsiyalarni bajaradi;

    • Ishontirish operatsiyalarini amalga oshiradi: mablag`larni jalb qiladi va joylashtiradi, qimmatli qog`ozlar va boshqa operatsiyalarni mijoz topshirig`iga ko`ra boshqaradi;

    • Mijozlar va korrespondent banklar schyotlarini yuritadi;

    • Mijozlar bilan tuzilgan shartnoma asosida xorijiy valyuta, qimmatbaho metallar, boshqa qimmatliklarni saqlashga qabul qiladi;

    • Bank faoliyati bilan bog`liq maslahat va konsalting xizmatlarini ko`rsatadi;

    • Qimmatbaho qog`ozlar bilan savdolarda tuzilgan bitimlar natijalari bo`yicha hisob-kitoblarni amalga oshiradi;

    • Narx darajasi, qimmatli qog`ozlarga talab va taklifni saqlash uchun market-meyker xizmatlari ko`rsatadi;

    • Zamonaviy, shu jumladan, bank schyotlariga masofaviy va kontaktsiz xizmatlar ko`rsatishni ta`minlaydigan bank mahsulotlari va texnologiyalarini joriy qiladi;

    • Qonunchilikka muvofiq boshqa bank operatsiyalarini amalga oshiradi.

    Bankning mijozlar va boshqa hamkorlar bilan munosabatlari shartnoma asosida tashkil etiladi.

    1. XULOSA


    Bank so`zi italyancha “banka” so`zidan olingan bo`lib, “stol”, “pullik stol” degan ma`noni anglatadi, chunki o`rta asrlarda italyalik puldorlar hamyonlaridagi, idishlaridagi tangalarni stol ustiga qo`yib xisob-kitob qilganlar.
    XII asrlarda Genuyada pul almashtiruvchilarni “bancherii” deb atalib, agar puldorlarning qaysi biri ishonchni oqlamasa va ishiga ma`sulyatsizlik qilsa, u o`tirgan stol sindirib tashlangan va uni “Banco rotto”, ya’ni bankrot deb atashgan. Banklar paydo bo`lishining boshlang`ich nuqtasi bo`lib XVI asrda Florensiya va Venetsiyada tashkil qilingan kichik jiro-banklar hisoblanadi.
    Hozirgi kunda tijorat banklari tomonidan berilayotgan kreditlarning ta’minoti sifatida ko`chmas mulk, qimmatli qog`ozlar, uchinchi shaxs va sug`urta tashkilotining kafolati qabul qilingan.
    Tijorat banklarining kreditlash jarayoni quyidagi bosqichlarni o`z ichiga oladi:

    • Kredit olish uchun mijoz arizasini ko`rib chiqish;

    • Qarz oluvchining to`lovga va keditga layoqatligini bank tomonidan o`rganish;

    • Kredit qo`mitasini qarori;

    • Kredit shartnomasini rasmiylashtirish;

    • Kredit berish;

    • Kreditni foizi bilan qaytarilishini bank tomonidan nazorat qilish.

    Tijorat banklari resurslarining 2002-yilda 66,83 foizi, 2003-yilda 68,08 foizi, 2004-yilda 70 foizi kreditlashga yo`naltirilgan.
    O`zmilliybankka nufuzli xalqaro agentliklarning reytinglari berilganligi rivojlanish strategiyasi to`g`ri tanlanganidan yana bir bor dalolat beradi hamda bankning ichki va tashqi bozorlaridagi yetakchilik mavqeini tasdiqlaydi.
    Xulosa qilib aytadigan bo`lsak, ushbu malakaviy amaliyot biz talabalar uchun nazariy bilimlarimizni amaliyotda qo`llash uchun zamin yaratdi. Bu kabi malakaviy amaliyotlarni 1-bosqich talabariga ham tadbiq qilinishi kelajakda malakali, o`z kasbining mutaxassis kadrlarni yetishtirib chiqarishda o`z samarasini ko`rsatadi. Malakaviy amaliyot davomida AT Xalq Bank Temiryo‘l filialida menga biriktirilgan amaliyot rahbarim hamda bank xodimlaridan ish uslublarini o`rganib, kelgusi faoliyatim uchun kerakli bilim va ko`nikmalarga ega bo`ldim.

    FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO`YXATI




    1. O`zbekiston Respublikasi Markaziy bank buxgalteriya hisobining hisobvaraqlar rejasi.

    2. O`zbekiston Respublikasi banklarida buxgalteriya hisobi va hisoboti to`g`risidagi 61-sonli yo`riqnoma. 1997 y. 5-sentyabr.

    3. O`zbekiston Respublikasi banklarida ochiladigan bank hisobvaraqlari haqidagi 1-sonli yo`riqnoma. 2001 y. 6-oktyabr.

    4. Abdullayeva Sh. Z. “Pul, kredit va banklar” Toshkent 2000 y.

    5. Abdullayeva Sh. Z, Navro`za K. N. “Osnova buxgalterskogo ucheta bankax” T. 2001 y.

    6. O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 27-iyuldagi “Oliy ma’lumotli mutaxassislar tayyorlash sifatini oshirishda iqtisodiy sohalari va tarmoqlarining ishtirokini yanada kengaytirish to`g`risida”gi PQ-3151-sonli Qarori

    7. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi,

    1995-y., 12-son,

    1. O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2004-y., 51-son,Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi.


    Foydalanilgan Internet saytlar:

    1. www.xb.uz

    2. www.xbbank.uz

    3. www.xbcredits.uz

    4. www.xalqbank.uz

    Download 2.61 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7




    Download 2.61 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Samarqand iqtisodiyot va servis instituti menejment kafedrasi

    Download 2.61 Mb.