Bankning mulki va kredit resurslari




Download 2.61 Mb.
bet6/7
Sana06.11.2022
Hajmi2.61 Mb.
#29250
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Eshpulatov Sardor23
Document (1), ucell ichiga sop qoygani, 1-topshiriq (Iqtisodiyot nazariyasi) (1), 1699427748 (1), Malumotlar tuzilmasi va algartomlari, 6-, 5та ташаббус

Bankning mulki va kredit resurslari


Xo`jalik yuritish huquqi asosida o`ziga tegishli bo`lgan bank mulki pul mablag`lari va bankka tegishli bo`lgan bino, inshoot, uskuna, transport vositalari hamda boshqa qimmatliliklardan iborat.
Bankning ko`chmas mulki bank kengashi qarori asosida sotilishi, ijaraga berilishi yoki boshqacha tarzda topshirilishi mumkin.
Bankning qolgan mulki, shu jumladan majburiyatlarni (bank oldidagi qarzlarni) to`lash hisobiga o`tkazilgan mulk bank kengashi tomonidan belgilangan tartibda sotilishi, ijaraga berilishi yoki boshqacha tarzda topshirilishi mumkin.
Bankning ustav kapitali 4.321.067.384.252,00 (to`rt trillion uch yuz yigirma bir milliard oltmish yetti million uch yuz sakson to`rt ming ikki yuz ellik ikki so`mni) tashkil qiladi.
Ustav kapitali maqsadli tushumlar, O`zbekiston Respublikasi respublika budjeti mablag`laridan va qonunchilikda ta’qiqlanmagan boshqa manbalardan shakllantiriladi va tegishli qaror bilan o`zgartirilishi mumkin.
Bankda bank operatsiyalari bo`yicha ehtimoliy zararlarni qoplash uchun mo`ljallangan vas of foydaning olti foizi miqdorida ustav kapitalining ellik foiziga yetgunga qadar har yili ajratiladigan mablag`lar hisobidan zahira fondi shakllantiriladi.
Bank mulkini sotish va ijaraga berishdan tushgan mablag`lar bank ixtiyorida qoladi va ulardan ustavdagi faoliyatga muvofiq mustaqil foydalanishi mumkin.
Bankning kredit resurslari quyidagilar hisobidan shakllanadi:

  • Ustav kapitali, zaxira va boshqa fondler mablag`lari;

  • Bank schyotlaridagi mijozlar mablag`lari, shu jumladan muddatli omonat va depozitlar;

  • Boshqa fond va banklarning, shu jumladan xorijiy, xalqaro moliya institutlari, xorijiy mamlakatlar kredit va qarzlari;

  • Imzolangan shartnoma va kelishuvlarga muvofiq jalb qilingan tashkilotlar, shu jumladan, xorijiy tashkilotlar mablag`lari;

  • Qimmatli qog`ozlar chiqarish natijasida olingan mablag`lar;

  • Muddatli va talab qilib olinguncha fuqarolar omonatlari;

  • Qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa jalb qilingan mablag`lar.

Bankning taqsimlanmagan foydasi kreditlash resursi sifatida ishlatilishi mumkin.
1   2   3   4   5   6   7




Download 2.61 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Bankning mulki va kredit resurslari

Download 2.61 Mb.