Maslou ehtiyojlarning muhimlik darajasi kamayish tartibida taqsimladi. Ehtiyojlarning
bunday tizimlanishini Maslou toki inson sodda narsalarga muhtoj bo'lar ekan, yuqori darajadagi
ehtiyojlarni boshdan kechira olmasligi bilan izohladi. Piramidaning asos qismida birlamchi
bo'lib fiziologiya (ochlik, chanqoqlik va shunga o'xshash ehtiyojlarni qondirish) joylashgan. Bir
palla
yuqorida
-
xavfsizlikka
bo'lgan
ehtiyojlar
mavjud.
Undan
yuqori
-
mehr va muhabbat zinasi, shuningdek, har qanday ijtimoiy guruhga mansublik ehtiyoji o'z
o'rnilarini egallab turibdi. Keyingi pallada hurmat va ijobiy baholash zarurati bo'lib, Maslou
kognitiv ehtiyojlarni qo'ygan (bilimga chanqoqlik, iloji boricha ko'proq ma'lumotni qabul qilish
istagi). Buning ortidan estetikaga bo'lgan ehtiyoj (hayotni uyg'unlashtirish, uni go'zallik, san'at
bilan to'ldirish istagi) paydo bo'ladi. Va nihoyat,
piramidaning oxirgi bosqichi, eng yuqorisi,
ichki potentsialni ochib berish istagi (bu o'z-o'zini namoyon qilish). Shuni ta'kidlash kerakki, har
bir ehtiyojni to'liq qondirish shart emas - keyingi bosqichga o'tish uchun insonga qisman
to'yinganlik hissi yetarli.
"Men mutlaqo aminmanki, odam faqat non bo'lmagan sharoitda non bilan yashaydi", deb
tushuntirdi Maslou. "Ammo non ko'p bo'lsa va oshqozon doimo to'q bo'lsa, insonning intilishlari
nima bo'ladi?" Yuqori ehtiyojlar paydo bo'la boshlaydi va bizning tanamizni fiziologik ochlik
emas, balki yuqori darajadagi ehtiyojni qondirish hissi boshqaradi. Bir ehtiyoj qondirilsa,
boshqalari paydo bo'ladi, undanda yuqori va yuqori. Shunday qilib, asta-sekin, bosqichma-
bosqich, inson o'z-o'zini rivojlantirish zarurati paydo bo'ladi - ehtiyojlarning eng yuqorisi.
Maslou ibtidoiy fiziologik ehtiyojlarni qondirish asoslarning
asosi ekanligini yaxshi
bilardi. Uning fikricha, ideal baxtli jamiyat, eng avvalo, qo‘rquv va xavotirga sabab bo‘lmagan,
to‘q odamlar jamiyatidir. Agar biror kishida, masalan, doimo oziq-ovqat yetishmovchiligi bo'lsa,
u sevgiga juda muhtoj bo'lishi dargumon. To'yish deganda Maslou nafaqat oziq-ovqat
tanqisligining yo'qligini, balki yetarli miqdorda suv, kislorod, uyqu va boshqa asosiy fiziologik
inson ehtiyojlarini ham nazarda tutgan.
Shaxsning tabiati, u yahsab turgan tashqi muhit, uni o'rab turgan hodisa va voqealar,
shaxsning qobiliyati va motivatsiyasi hamda boshqa son-sanoqsiz omillardan kelib chiqqan
holda ehtiyojlarning namoyon bo`ladigan shakllari har xil bo`lishi mumkin. Shuning uchun,
masalan, turli odamlarda hurmat va e'tirofga bo'lgan ehtiyoj har xil tarzda namoyon bo'lishi
mumkin: kimdir taniqli siyosatchi, deputat, jamoat arbobi bo'lishi va umumjahon e'tirofni va
mashhurligini qozonishni istaydi, boshqasi uchun esa o'z farzandlarining hurmat qilishlari yetarli
bo'ladi. Xuddi shu ehtiyoj doirasidagi eng keng diapazon piramidaning istalgan bosqichida, hatto
birinchi (fiziologik ehtiyojlar)da ham kuzatilishi mumkin.
Avraam Maslou odamlarning turli xil ehtiyojlari borligini tan oldi.
Bundan tashqari bu
ehtiyojlarni 5 ta asosiy toifaga bo'lish mumkinligiga ishonib keldi va buni isbotlashga harakat
qildi:
1.
Fiziologik ehtiyojlar: ochlik, tashnalik va boshqalar;
2.
Xavfsizlik / himoya ehtiyojlari: qulaylik, yashash sharoitlarining
doimiyligi va yaxshiligi;
3.
Ijtimoiy ehtiyojlar: boshqalar tomonidan qabul qilinish, ijtimoiy
aloqalar, muloqot, mehr, boshqasiga g'amxo'rlik va o'ziga e'tibor kabi
xususiyatlarning birgalikdagi faoliyati;
4.
O'z-o'zini hurmat qilish\Ego:
boshqalardan hurmat, tan olish,
muvaffaqiyat va yuqori baholarga erishish, ko'tarilish kabi ehtiyojlar;
5.
Ma'naviy: bilim, o'zini namoyon qilish, o'zligini kashf etish, o'zini
o'zi aniqlash.
Bundan tashqari, batafsilroq tasnif mavjud. Bunday tizimda 7 ta asosiy daraja
(ustuvorliklar) ajratiladi:
1.
(
pastki) Fiziologik ehtiyojlar: ochlik, tashnalik,
sovuqdan, nafas
oladigan havodan himoyalanish, yetarli uyqu, og'riqning yo'qligi va boshqalar;
2.
Xavfsizlik zarurati: ishonch hissi, qo'rquv va muvaffaqiyatsizlikdan
xalos bo'lish;
3.
Tegishlilik hissiga ega bo'lish va muhabbatga bo'lgan ehtiyoj;
4.
Hurmatga bo'lgan ehtiyoj: muvaffaqiyatga erishish, ijobiy
baholanish, tan olish;
5.
Kognitiv ehtiyojlar:
bilim olish, qodir bo'lish, kashf qilish;
6.
Estetik ehtiyojlar: uyg'unlik, tartib, go'zallik;
7.
(
eng yuqori) O'z-o'zini namoyon etishga bo'lgan ehtiyoj: o'z
maqsadlarini, qobiliyatlarini amalga oshirish, o'z shaxsiyatini rivojlantirish.
Asosiy ehtiyojlar qondirilgach, yuqori darajadagi ehtiyojlarning dolzarbligi tobora oshib
boradi. Faqat birinchi ehtiyoj to'liq qondirilgandagina keyingi ehtiyojning o'rnini yangisi
egallaydi degan shartlar mavjud emas. Bundan tashqari, diagrammada ko'rsatilganidek,
ehtiyojlar ajralmas ketma-ketlikda emas va qat'iy pozitsiyalarga ham ega emasdirlar. Ushbu
qonuniyat barqaror hisoblanadi, lekin turli odamlar uchun ehtiyojlarning o'zaro
joylashishi har
xil bo'lishi mumkin.
Shuningdek, Gumilyovning sivilizatsiya darajasining oshishi va ularning tez degradatsiyasi
bilan madaniy ehtiyojlarning rivojlanishi haqidagi nazariyasi bilan ba'zi bir o'xshashliklarga
e'tibor berishi mumkin (masalan, Maslou piramidasining asosi, ya'ni fiziologik yoki himoya
ehtiyojlari o'rtasidagi mutanosiblik buzilgandagi holatlar).
Korxona resurslariga va imkoniyatlariga quyidagilar kiradi:
−
Xodimlarning uddalashi, bilimi va kasb tajribasi. Bu holda ular iste’molchilarning
talablarini idrok qilish va haqiqatda gavdalantirib ko’rsatish qobiliyati nuqtai nazaridan
baholanadi.
−
Moddiy resurslar korxonalar joylashgan yerdan ishlab chiqarish va umumiy binolar,
asbob-uskunalar, elektr ta’minot manbalari (xususiy yoki sotib olingan), issiqlik, suv, ishlab
chiqarish chiqitlarini yo’qotish imkoniyatlari va boshqalardan iborat.
Hammasi bu holda ularning
texnik holati, mulkiy shakli (ijara, aktsioner, xususiy va boshqalar) nuqtai nazaridan ko’rib
chiqiladi.
−
Texnologik va tashkiliy resurlar – ilg’or texnologiyalarni, patent va litsenziyalarni,
ishlab chiqarishni va mehnatni tashkil qilish taraqqiyparvar shakllarining mavjudligi.
−
Axborot resurslari –axborotni olish imkoniyatning mavjudligi.
−
Moliyaviy resurslar korxonaning balansidagi likvid aktivlardan va qarz olish
imkoniyatidan iborat.
−
Marketing resurslar – tartibga solingan sotuv va ta’minot tarmog’ining mavjudligi,
tijorat ishlarini olib borish bo’yicha xodimlar (personal)ning ixtisoslashgan bilimlari va tajribasi.
−
Tashkiliy resurslar – ishlab chiqarish tashkiliy tuzilmasini doimo takomillashtirish
imkoniyati, qobiliyati va boshqalar.
Ishlab chiqarish omillarining tanqisligi va qimmatligi ularni qanday ishlatishda muhim
ahamiyatga ega. SHuning uchun korxona ishlayotgan muhitni bilish lozim.