1-modul. Zamonaviy axborot-kommunikatsion texnologiyalar 1-mavzu. Fanga kirish




Download 30,79 Kb.
bet2/7
Sana10.01.2024
Hajmi30,79 Kb.
#134418
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
1-modul. Zamonaviy axborot-kommunikatsion texnologiyalar 1-mavzu-fayllar.org

Kompyuter tushunchasi. 
Jamiyatni axborotlashtirishning eng asosiy mezoni bu axborot tuzilmalarini yaratish 

hisoblanadi. Kompyuter tizimlari axborot tuzilmalarining asosidir.


Tizim aslida bu yagona bir butunlikni tashkil qiluvchi o’zaro bog’liq va o’zaro 
hamkorlikdagi elementlar, qismlar majmuidir. Tuzilma – bu tizimning tarkibiy qismlariga
bo’linishda namoyon bo’ladigan, uning yaxlitligi, faoliyat yuritishi, harakatini ta’minlovchi, 
o’zaro belgilangan joylashishi va ular orasidagi aloqasining qulishi, tashkil qilinishidir.
Kompyuter tizimi – ma’lumotlarni kiritish va chiqarish, ishlov berish hamda xotirada 
saqlashga xizmat qiluvchi texnik vositalar majmuasidir.
Kompyuter asosiy va qo’shimcha qurilmalardan tashkil topgan bo’lib, asosiy qurilmalarga
quyidagilar kiradi (1-rasm):
1-rasm (1.Tizimli blok; 2.Monitor; 3.Klaviatura; 4.Sichqoncha). 

Kompyuterning samaradorligini bеlgilovchi asosiy qurilma sanalmish sistеmali blok o’z


navbatida quyidagi ichki qurilmalardan tashkil topgan: 
 Protsеssor (CPU) - ma'lumotlarni qayta ishlovchi va hamma hisob ishlarini amalga
oshiruvchi qurilma; 
 Opеrativ xotira (DIMM, DDR) - kompyuter yoqilgan vaqtda bajarilayotgan dasturlar va
ishlatilayotgan ma'lumotlarni vaqtincha saqlash qurilmasi; 
 Doimiy xotira qurilmasi yoki qattiq disk, vinchеstеr (HDD) - ma'lumotlarni doimiy
saqlash qurilmasi. Agar opеrativ xotiradagi ma'lumotlar kompyuter tok manbaaidan 
uzilishi bilan o’chib kеtsa, doimiy xotiradagi ma'lumotlar esa aksincha saqlanib qoladi;
 Video karta - bu qurilma monitorga tasvirlarni uzatish uchun xizmat qiladi, ya'ni 
tasvirlarni hosil qiladi.
 Ovoz kartasi- tovush, ovoz, musiqani hosil qiluvchi qurilma. 
Disk yurituvchi qurilma, diskovod (FDD) - egiluvchan magnit disklardagi (diskеtadagi)
ma'lumotni o’qish va unga ma'lumot yozish qurilmasi; 
 CD-ROM disk yuritish qurilmasi - kompakt (lazеr) disklardagi ma'lumotlarni o’qish
qurilmasi; 
 Ona plata (Mainboard)- yuqoridagi qurilmalarni birlashtiruvchi asosiy plata.
Elektron hisoblash mashinalarining rivojlanish jarayonidagi avlodlar quyida gilar -


1-avlod (1950 yillar boshida). Element bazasi elektron chiroqlardan iborat. EHM katta
hajmi, ko‘p elektr quvvati iste’mol etishi, kam harakatchanligi, kam ishonchliligi, kodlarda 
dasturlanishi bilan ajralib turgan.


2-avlod (1950 yillar oxiridan). Element bazasi yarim o‘tkazgichli elementlardan iborat. 
Oldingi avlod EHMga nisbatan barcha texnik xususiyatlari yaxshilangan. Dasturlashtirish uchun
algoritmik tildan foydalanilgan. 


3-avlod (1960 yillar boshi). Element baza integral chizmalardan iborat. EHM hajminng
keskin kichrayishi, ishonchliligining ortishi, samaradorligini ortishi, ma’lum masofadagi 
terminallardan alohida bo‘lish.


4-avlod (1970 yillar o‘rtalaridan). Element bazasi - mikroprotsessorlar, katta integral 
chizmalar. Texnik xususiyatlari yaxshilangan. Shaxsiy kompyuterlarning ommaviy chiqarilishi.



Asosiy yutuqlaridan biri - rivojlanish yo‘nalishi; yuqori ishlab chiqarish quvvatiga ega qudratli


ko‘p protsessorli hisoblash tizimlari arzon mikro EHMlarni yaratilishidir. 

Download 30,79 Kb.
1   2   3   4   5   6   7




Download 30,79 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



1-modul. Zamonaviy axborot-kommunikatsion texnologiyalar 1-mavzu. Fanga kirish

Download 30,79 Kb.