|
1-modul. Zamonaviy axborot-kommunikatsion texnologiyalar 1-mavzu. Fanga kirish
|
bet | 3/7 | Sana | 10.01.2024 | Hajmi | 30,79 Kb. | | #134418 |
Bog'liq 1-modul. Zamonaviy axborot-kommunikatsion texnologiyalar 1-mavzu-fayllar.org5-avlod (1980 yillar o‘rtalaridan). Intellektual kompyuterlar ishlab chiqarila boshlan
di.
Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari (AKT) – (ingl: information and
communication technologies (ICT) -rus: informatsionno-kommunikatsionnыe texnologii (IKT)) –
bu :
1 Xususiy, umumiy va ishlab chiqarish kommunikatsiyasida axborotlar tayyorlash, qayta
ishlash va yetkazish bilan bog’liq bo’lgan ob’ektlar, harakatlar va qoidalar, shuningdek barcha
texnologiyalar hamda sanab o’tilgan jarayonlarni birlashgan ravishda ta’minlovchi sohalar
majmuasi. AKT tushunchasiga mikroelektronika, kompьyuter va dasturiy ta’minot,
telekommunikatsiyalar ishlab chiqish hamda ishlab chiqarish, Internetdan foydalanishni
ta’minlash, Internetning axborot resurslarini ta’minlash, shuningdek sanab o’tilgan sohalar bilan
bog’liq bo’lgan turli xil hodisalar va bu faoliyat sohalarini tartibga soluvchi qoidalar (rasmiylari
kabi norasmiylari ham) kiradi.
2 Axborotni yaratish, uzatish, boshqarish va unga ishlov berish bilan bog’liq bo’lgan
texnologiyalar.
3 Xohlagan kommunikatsiya qurilmasi yoki qo’llanmaga nisbatan ishlatiluvchi umumiy
atama, jumladan: radio, televidenie, mobil telefonlar, kompьyuterlar va tarmoq uskunalari va
dasturiy ta’minot, yo’ldosh tizimlari va h.k., shuningdek turli xizmatlar va ularga tegishli dasturlar,
masalan, videoanjuman va masofaviy ta’lim. AKT, shuningdek, torroq ma’noda ham ishlatiladi,
masalan, AKT ta’limda, tibbiyotda, kutubxonada va h.k. Yevropa Komissiyasi fikricha, AKT
muhimligi texnologiyaning o’zida emas, balki AKTning aholi orasida ko’proq axborot va
kommunikatsiyasidan foydalanish qobiliyatidadir. Dunyoning ko’p mamlakatlari AKT
rivojlanishi uchun tashkilotlar yaratgan, chunki rivojlangan mamlakatlarning texnologiya jihatidan
kamroq rivojlangan mamlakatlarga nisbatan ustunligi texnologiyalar bor va texnologiyalar yo’q
hududlar o’rtasidagi iqtisodiy ajralishni keskinlashtirishi mumkin. Jahon miqyosida BMT raqamli
tabaqalanishga qarshi vosita sifatida “AKT rivojlanish uchun” dasturini aktiv ravishda olg’a
surmoqda.
SHuningdek, axborot tizimi – bu teskari aloqa mexanizmini aniq maqsadga erishish faoliyatini
ta’minlovchi ma’lumot va axborotlarni yig’uvchi, o’zgartiruvchi, harakatlantiruvchi va
tarqatuvchi o’zaro bog’langan komponentlarni o’rnatishdir.
1
|
| |