Kompyuter tizimining faoliyat yurtitish blok-chizmasi




Download 30,79 Kb.
bet4/7
Sana10.01.2024
Hajmi30,79 Kb.
#134418
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
1-modul. Zamonaviy axborot-kommunikatsion texnologiyalar 1-mavzu-fayllar.org

Kompyuter tizimining faoliyat yurtitish blok-chizmasi. 

1642 yilda Blez Paskal qo‘shish amalini mexanik ravishda amalga oshiruvchi qurilmani


ixtiro qildi, 1673 yilda esa Gotfrid Vilgelm Leybnits to‘rt arifmetik amalni bajaruvchi mexanik 
qurilma arifmometrni konstruksiyasini yaratdi. XIX asrdan boshlab arifmometrlar juda keng
masshtabda qo‘llanila boshlandi. Bu qurilmada o‘ta murakkab hisoblashlar ham amalga oshirilar 
edi, xattoki o‘sha vaqtda “hisoblovchi - inson” deb nom olgan maxsus kasb ham mavjud edi. Bu
kasb egasi berilgan instruksiya asosida topshirilgan vazifani arifmometr yordamida aniq va tez 
amalga oshirar edi. Lekin ayrim hisoblashlarning o‘ta murakkabligi ulardan olinadigan natija
uchun sarflanadigan vaqtning sekinlashuviga sabab bo‘lgan. Bunday hisoblashlar uchun xaftalab, 
oylab vaqt sarflanar edi. Buning asosiy sababi, bu ko‘rinishdagi hisoblashlarni amalga oshirish va
natijalarni yozib borishni inson o‘zi bajarayotganligidir. 
1833 yilga kelib ingliz matematigi Charlz Bebbidj insonning aralashuvisiz, mustaqil 

ravishda hisoblashni amalga oshiruvchi universal hisoblash qurilmasi - “analitik mashina”ning


proyektini yaratdi. Lekin, Bebbidj bu ishini oxiriga yetkaza olmagan bo‘lsada, uning fikrlarini 
1

Ralph M. Stair, George W. Reynolds. Principles of Information Systems. A Managerial Approach. Ninth Edition. c 2010 Course


Technology, Cengage Learning. P.51 


asos qilib olib, 1941 yilda nemis injeneri Kondrat Tsuze tomonidan analitik mashina yaratildi.


1943 yildan boshlab esa Amerikalik Djon Mochli va Prespera Ekerta rahbarliklari ostida 
dastlabki elektron lampali mashinalarning ixtirolari amalga oshirila boshlandi.
Keyinroq Mochli va Ekerta dasturni o‘z xotirasida saqlaydigan yangi mashinaning 

konstruksiyasi ustida ish olib bordilar va bu ishga mashhur matematik Jorj fon Neymanni ham


hamkorlikka chaqirdilar. 
Birinchi elektron kompyuterlar AQSHning Pensilvaniya Universitetida 1946 yilda
yaratilgan. Bu kompyuter ENIAC nomi bilan mashhur bo‘ldi, uning hajmi juda katta bo‘lib, 
og‘irligi 30 tonna edi, ENIAC 18000 elektron lampadan iborat va 500 amalni 1 sek.da bajarardi.
(1940-1955y) Tarkibi elektron lampalardan iborat bo‘lgan barcha EHMlar - birinchi avlod 
mashinalari deb nomlangan.
1955 yildan boshlab ikkinchi avlod EHMlari paydo bo‘la boshladi. Ulardan elektron 
lampalar o‘rniga yarim o‘tkazgichlar - tranzistorlar bilan almashtirilgan. Yangi avlod
EHMlarining avvalgisidan afzalligi o‘lchovi kichik, elektr energiyasini kamroq talab qilganligidir. 
Ammo, zamonaviy EHM arxitekturasi deb ataluvchi EHM tuzilishining asosiy prinsiplari
qaror topguncha bir necha yillar o‘tdi.

Bu prinsiplar buyuk matematik Jorj Fon Neyman tomonidan 1946 yilda asoslab berildi.


Uning fikricha markaziy protsessor xotirada saqlanayotgan dasturni boshqaradi. U ikki qismdan 
iborat bo‘ladi:
 boshqaruv qurilmasi, ya’ni dastur buyruqlarini qabul qiluvchi va ularning bajarilishini 
ta’minlovchi;
 arifmetik–mantiqiy qurilma, faqat hisoblashlar uchun mo‘ljallangan. 
Undan tashqari “tezkor xotira” – doimiy saqlovchilardan markaziy protsessorga borish va 

qaytish yo‘lida oraliq ma’lumotlarni saqlash uchun foydalaniladi. Bu oraliq ma’lumotlarni


saqlovchi qurilma (bufer) operativ xotira deb ataladi. Huddi shunda fon Neyman kompyuterning 
asosiy funksional ishlash prinsiplarini tavsiflab bergan.
“Axborot” so`zi lotincha “informatsion” so`zidan olingan bo`lib, kutilayotgan yoki bo`lib 
o`tgan voqеa, xodisalar to`g`risidagi ma'lumotlarni bildiradi.
Kundalik turmushda har bir mutaxassis turli xil axborotlar bilan ish yuritadi. Axborot 

tushunchasi bir qancha fanlarda turlicha izoxlangan. Masalan: Falsafada axborot inson ongiga


ta'sir etib, obyеktiv rеallikni aks ettiruvchi va harakatlantiruvchi katеgoriya sifatida ishlatiladi. 
Kibеrnеtikada, informatika fanida axborot voqеa - xodisa to`g`risidagi bilimlarni oshirish yoki
noaniqlikni kamaytirish mеzoni sifatida qo`llaniladi. 
Kompyutеrlarni ishlatish faoliyatida esa axborotdan boshqarish funktsiyalarini amalga 

oshiruvchi obyеkt sifatida foydalaniladi. Axborot tushunchasi ma'lumot tushunchasi bilan uzviy


bog`langan, lеkin har qanday ma'lumot axborot bo`lavеrmaydi. 
Kiritish-chiqarish qurilmasi
Xotira 

Markaziy protsessor






Masalan: olma dеsak, bir nеcha xil ma'noni tushunish mumkin: qizil olma dеganda, 


mеvaning ma'lum bir rangi tushuniladi, dеmak barcha ma'lumotlar axborotga aylanishi uchun
voqеa - xodisa to`g`risidagi butun xususiyatlarni ifodalashi lozim.
Hozirgi kunda barcha axborotlarni nisbiy holda quyidagi turlarga ajratish mumkin:
1. Tеxnik axborot 
2. Agrobiologik axborot
3. Siyosiy axborot 
4. Huquqiy axborot
5. Iqtisodiy axborot va boshqalar. 

Download 30,79 Kb.
1   2   3   4   5   6   7




Download 30,79 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Kompyuter tizimining faoliyat yurtitish blok-chizmasi

Download 30,79 Kb.