1 Moylarni rafinatsiyalash va gidrogenizatsiyalash. Margarin va margarin mahsulotlari ishlab chiqarish




Download 1,07 Mb.
bet25/51
Sana15.02.2024
Hajmi1,07 Mb.
#157144
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   51
Bog'liq
1 Moylarni rafinatsiyalash va gidrogenizatsiyalash. Margarin va

Ishqorsiz rafinatsiya. Xozirgi vaqtda yog’‘ning glitserid qismiga ta’sir qiluvchi omillar harorat, havo kislorodi va boshqalar bilan bog‘liq jarayonlarni qisqartirish yo‘nalishi aniq belgilab qo‘yildi. Shunga asosan moy va gidrogenlangan oziqa yog’‘larini sifatini yaxshilash uchun ishqor bilan ishlov bermasdan, erkin yog’‘ kislotalari va hid beruvchi moddalarni distillyasiyali rafinatsiya usuli bilan yo‘qotish maqsadga muvofiq deb hisoblanmoqda.
Oziqa salomasini ishqorsiz rafinatsiyalash. Rafinatsiyalash uchun berilayotgan rafinatsiyalanmagan oziqa salomasi quyidagi ko‘rsatgichlarga ega bo‘ladi: kislota soni 1 mg KON dan ko‘p emas, namlik va uchuvchan moddalar miqdori 0,2% dan ko‘p emas va nikel miqdori 10 mg/kg dan ko‘p emas.
Ishqorsiz rafinatsiya jarayoni ikki bosqichdan iborat: birinchisi yog’‘ni jarayonga tayyorlashdan, ikkinchisi erkin yog’‘ kislotalari va hid beruvchi moddalarni distillyasiyalab haydash.
Birinchi bosqich salomasdagi nikel va nikelli sovunni limon kislotasi bilan qayta ishlab salomasda erimaydigan nikel-limon nordon tuzini hosil qilish, so‘ngra uni kondensat bilan yuvish, separatorda fazalarga ajratish, quritish, nikelli sovun, yog’‘ kislotalari, nikel qoldiqlarini yo‘qotish uchun adsorbsiyali rafinatsiyalashdan iborat.
Salomasga limon kislotasi bilan ishlov berilayotganda harorat 900C, kislota konsentratsiyasi 5-15% va nikel miqdoriga qarab sarfi 25-50 g/t bo‘ladi. Oqlashda adsorbent miqdori moy massasiga nisbatan 0,4-0,5% bo‘ladi.
Oziqa salomaslari uchun ikkinchi bosqich yog’‘ kislotalarni ushlab qoluvchi qo‘shimcha moslamalar bilan ta’minlangan uzluksiz dezodoratsiya qurilmalarida olib boriladi. Shuning uchun A1-MND va “De SMET” sxemalarida qo‘shimcha ravishda birinchi barometrik kondensatordan oldin kondensator-tutgich, uchuvchi moddalarni yig‘gich o‘rnatilgan.
Moyni ishqorsiz rafinatsiyalash. Bu usul kislotaligi 10% va undan ortiq bo‘lgan moyni qayta ishlashda yuqori samara beradi va natijada kislotaligi 0,5% dan kam bo‘lgan rafinatsiyalangan moy va distillangan yog’‘ kislotasi olinadi. Distillyasiyaga tayyorlashni asosini moyni chuqur gidrotatsiya qilish va oqlash tashkil etadi. Distillyasiyali rafinatsiya jarayoni bir qator qurilmalarda olib boriladi. Eng ko‘p tarqalganlaridan biri bu, “Djanatssa” nomli Italiya firmasining liniyasi hisoblanadi.

Download 1,07 Mb.
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   51




Download 1,07 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



1 Moylarni rafinatsiyalash va gidrogenizatsiyalash. Margarin va margarin mahsulotlari ishlab chiqarish

Download 1,07 Mb.