|
YOG’‘LARNI GIDROGENLASH KATALIZATORLARI
|
bet | 31/51 | Sana | 15.02.2024 | Hajmi | 1,07 Mb. | | #157144 |
Bog'liq 1 Moylarni rafinatsiyalash va gidrogenizatsiyalash. Margarin va YOG’‘LARNI GIDROGENLASH KATALIZATORLARI..
Gidrogenlashda katalizning mexanizmi. Vodorod va to‘yinmagan modda – etilen katalizator yuzasiga adsorbsiyalanadi va aktivlashgan holga keladi. Aktivlashgan vodorod va to‘yinmagan modda molekulalari bir-biriga juda yaqin joylashgan bo‘lsa, ular o‘zaro reaksiyaga kirishib, gidrogenlash jarayoni sodir bo‘ladi. Natijada to‘yingan modda etan hosil bo‘lib, u fizikaviy adsorbsiyalangan bo‘lgani uchun katalizator yuzasidan oson desorbsiyalanadi.
Kataliz mexanizmini, xemosorbsiyaning reaksiyaga kirishuvchi moddalar molekulalarini aktivlashtirish nuqtai nazaridan etilenni gidrogenlanishini quyidagi sxema orqali ifodalash mumkin.
K + H2 (K) (H2)ad.akt ;
K + C2H4 (K) (C2H4)ad.akt ;
(K) (H2)ad.akt + (K) (C2H4)ad.akt (K) (H2)ad.akt (C2H4)ad.akt
K (C2H6)ad.fiz. K + C2H6
Bu yerda: (H2) ad.akt va (C2H4) ad.akt. – aktivlashib adsorbsiyalangan vodorod va etilen, K-katalizator.
To‘yinmagan birikmalar qo‘sh bog‘larini vodorod bilan to‘yintirish murakkab bo‘lib, u ikki bosqichda kechadi. Dastlab qo‘shbog‘ni bitta uglerod atomi vodorod bilan to‘yinadi, keyin ikkinchisi to‘yinadi. Shunday qilib, gidrogenlash jarayoni yarim gidrogenlanish oraliq faza orqali boradi. Buni quyidagilardan ko‘rish mumkin.
- CH = CH - + vodorod - CH2 – CH- + vodorod C H2 – CH2 –
tez - CH=CH- + vodorod
- CH 2 – CH -
sekin - CH2 – CH2 - + vodorod
Yarim gidrogenlanish oraliq fazada yarim gidrogenlangan mahsulot hosil bo‘ladi, u juda chidamsiz modda, undan to‘yinmagan modda hosil bo‘lishi bilan bir atom vodorod ajralishining tezligi, to‘liq gidrogenlanish tezligidan mahsulotni shu xususiyati, gidrogenlash jarayoni davrida, to‘liq gidrogenlanmagan yog’‘larni xossalariga ta’sir qiluvchi turli oraliq mahsulotlarni hosil bo‘lishiga sabab bo‘ladi.
|
| |