Katalizator harakatining mohiyati




Download 1,07 Mb.
bet32/51
Sana15.02.2024
Hajmi1,07 Mb.
#157144
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   51
Bog'liq
1 Moylarni rafinatsiyalash va gidrogenizatsiyalash. Margarin va

Katalizator harakatining mohiyati. Kimyoviy reaksiya amalga oshishi uchun molekulalar to‘qnashishi kerak, lekin to‘qnashishlarning juda kam qismi molekulalarning birikishiga olib keladi. Bu shu bilan izohlanadiki, juda kam qism molekulalarning energiyasi bog‘larni uzib, yangi bog‘lar hosil qilish qobiliyatiga ega. Molekulaning bu minimal energiyasi, reaksiyaning energiya aktivligi deyiladi.
Katalizator reaksiyaga kirishuvchi moddalar bilan birikib, yuqori reaksiya qobiliyatli yuzani hosil qiladi, atomlararo bog‘lanishni parchalab, ularni tuzilishini o‘zgartiradi.
Katalizatorlar reaksiya tezligini 106- 1016 marta tezlashtiradi. Gidrogenlash jarayonining energiya aktivligi 700 kJ/mol dan 40-60 kJ/molgacha kamaytiradi.
Gidrogenizatsiya quyidagi bosqichlardan iborat:
1) reaksiyaga kirishuvchi moddalarni katalizator yuzasiga keltirish;
2) bu molekulalarni katalizator yuzasida adsorbsiyasi;
3) sorbsiyalangan molekulalarning kimyoviy almashinish va mahsulot hosil bo‘lishi;
4) mahsulot molekulalari bog‘larining katalizator yuzasidagi sarfi;
5) katalizator yuzasidan ularni ajratish.
Katalizator yuzasida ikki xil adsorbsiya yuz beradi.

  1. fizikaviy 2) xemosorbsiya (aktivlashtirilgan adsorbsiya)

Fizikaviy adsorbsiyada adsorbsiyalangan molekulalar yuza atomlari bilan o‘zaro ta’sir qilmaydi. Molekulalar xususiyati o‘zgarmaydi, biroq molekulalar yuzaga mustahkam bog‘langan bo‘ladi.
Fizikaviy sorbsiyada molekulalarning desorbsiyasi oson va tez o‘tadi. Harorat ko‘tarilishi bilan fizikaviy adsorbsiya kamayadi va tez yo‘qoladi, bu fizikaviy adsorbsiyalangan molekulalar bilan qattiq jism sirtining o‘zaro ta’siri juda ham kuchsiz ekanligini bildiradi.
Fizikaviy adsorbsiyadan farqli o‘laroq, xemosorbsiya katalizatorning butun yuzasida ro‘y bermay, balki ayrim qismlarida (aktiv markazlarda) yuz beradi.
Xemosorbsiyada molekulalar aktivlashadi. Harorat ko‘tarilishi bilan xemosorbsiya tezlashadi. Xemosorbsiya natijasida adsorbent sirti bilan sorsiyalangan modda o‘rtasida kimyoviy ta’sir vujudga keladi, natijada xemosorbsion birikma hosil bo‘ladi. Xemosorbsiya tanlash xususiyatiga ega, ya’ni modda va katalizator o‘rtasida kimyoviy muvofiqlik bo‘lishi kerak. Masalan, platina, palladiy, nikel vodorod va to‘yinmagan birikmalarni xemosorbsiyalash qobiliyatiga ega. Vodorodning yuqori kimyoviy aktivlikka ega bo‘lgan erkin atomlari nikel bilan birikib gidridlar hosil qiladi:

H : H H + H; H + Ni NiH





Download 1,07 Mb.
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   51




Download 1,07 Mb.