|
Uzluksiz gidrogenlashning texnologik sxemasi. (21-rasm)
|
bet | 40/51 | Sana | 15.02.2024 | Hajmi | 1,07 Mb. | | #157144 |
Bog'liq 1 Moylarni rafinatsiyalash va gidrogenizatsiyalash. Margarin va Uzluksiz gidrogenlashning texnologik sxemasi. (21-rasm). Uzluksiz usul bilan gidrogenlash batareyalarida amalga oshiriladi. U uchta avtoklavdan iborat bo‘lib, ular gazlift yoki quyuvchi truba orqali birlashtirilgan.
Rafinatsiyalangan va oqlangan yog’‘, (1) yig‘uvchi bakdan (2) nasos dozator bilan uzluksiz ravishda (3) issiqlik almashgich orqali (u yerda tayyor salomasning issiqligi hisobiga isitiladi) (41) avtoklav ga keladi. Bu avtoklavda yog’‘ yuqori bosimlig’ bilan 190-2000S gacha isitiladi.
Avtoklav (41) ga ketma-ket ishlovchi yig‘uvchi (15) baklardan (16) nasos dozator bilan uzluksiz ravishda katalizator berib turiladi.
20 – rasm. Yog’‘larni gidrogenlash uchun avtoklav
Katalizator, (13) aralashtirgich dagi yangi katalizator va ishlatilgan (14) katalizator aralashtirib 1:4 yoki 1:5 nisbatda tayyorlanadi. Katalizator avtoklavga konsentratsiyasi 5% bo‘lgan yog’‘li suspenziya shaklida yuboriladi. Yog’‘ ikkinchi (42) avtoklavga harorat 200-2100C, keyin esa uchinchi (43) avtoklavga quyiladi, harorat 210-2200C ga teng bo‘ladi.
Tayyor salomas ishlatilgan katalizator bilan birga (12) gazajratgich, issiqlik almashinish (3) apparati orqali salomas yig‘uvchi – tindirish (5) apparatiga keladi, u yerda salomas qisman katalizatordan ajratiladi, keyin (6) sovitgich orqali (7) filtrpressga keladi va katalizatordan ajratiladi. Salomasning harorati oziqaviy salomas uchun 1000C dan, texnik salomas uchun 120-1300C dan oshmasligi kerak.
Filtrlangan salomas (8) bakda yig‘iladi. Ajralgan vodorod gaz ajratgichdan gaz tozalash sistemasiga yuboriladi, u ikkita markazdan qochma tomchi (17,20) ajratgich suvli va ishqorli (18,19) skrubberlardan iborat. (19a) Apparat da ishqor tomchisini ajratish uchun. Rashig xalqasi tuzilishida nasadka bor. Tozalash sistemasidan ishlatilgan vodorod (21)aralashtirgichga keladi, u yerda yangi vodorod bilan aralashtiriladi. Bu aralashma (21) aralashtirgichdan (22) kompressor bilan yuqori bosimli (23) ressiverga yuboriladi, u yerdan (24) sovitgichdan rassol bilan 3-50S gacha sovitiladi va suv (25) ajratgich orqali (41;42;43) avtoklavlarga keladi. Siqish va sovitish orqali vodorod quritiladi. Suv miqdori 25-40 g/m3 dan 3 g/m3 gacha kamayadi.
Agar kerak bo‘lsa, gidrogenlanayotgan yog’‘ni sovuq yog’‘ bilan (9) bakdan (10) nasos yordamida (11) sovitgich orqali sovitiladi.
21 – rasm. Uzluksiz gidrogenlashning texnologik sxemasi
Avtoklavdan avtoklavga yog’‘ gazlift yordamida o‘tadi. Gazliftda ishchi gaz vodorod hisoblanadi. Gazlift ikkita bir-birini ichiga qo‘yilgan truba bo‘lib, u avtoklav tagigacha tushgan bo‘ladi. Ichki truba orqali vodorod yuboriladi, bu trubaning pastki qismida mayda teshikchalar bor. Vodorod yog’‘ bilan aralashib, kichik solishtirma og‘irlikdagi aralashmani hosil qiladi. Shuni hisobiga trubadagi yog’‘ ko‘tariladi va biriktiruvchi truba orqali keyingi avtoklavga quyiladi. Yog’‘ quyilishining tezligi vodorod uzatilishini o‘zgarishi bilan nazorat qilinadi. Gazliftda yog’‘ katalizator bilan yanada yaxshiroq kontaktda bo‘ladi, bu esa yog’‘ning to‘la to‘yinishiga olib keladi.
|
| |