• Vodorod ishlab chiqarish texnologik sxemasi. (25-rasm).
  • 1 Moylarni rafinatsiyalash va gidrogenizatsiyalash. Margarin va margarin mahsulotlari ishlab chiqarish




    Download 1,07 Mb.
    bet38/51
    Sana15.02.2024
    Hajmi1,07 Mb.
    #157144
    1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   51
    Bog'liq
    1 Moylarni rafinatsiyalash va gidrogenizatsiyalash. Margarin va

    Vodorodni saqlash. (24-rasm). Gidrozavodlarda vodorod 2.7-3.6 kPa bosim ostida xajmi 3000 m3 gacha bo‘lgan ho‘l gazgolderlarda saqlanadi. Gazgolder qalpog‘ining ko‘tarilish balandligi gazgolderdagi vodorod miqdoriga bog‘liq. Yuqori chegaralovchi sath shunday o‘rnatiladiki, bunda qalpoqning pastki qismi suv basseyniga 0,2-0,3 m botirilgan bo‘lishi kerak.
    Suv bilan to‘ldirilgan temir beton hovuz ustida suv yuzasiga ochiq tomoni bilan o‘rnatilgan qo‘ng‘iroq, suvli gazgolderning asosiy qismi hisoblanadi. Gaz sexdan bosim ostida 4 quvur orqali beriladi va qo‘ng‘iroq asta – sekin suvdan ko‘tariladi. Qo‘ng‘iroqning suvdan qancha ko‘tarilishi gazgolderga yig‘ilgan gaz hajmiga bog‘liq bo‘ladi. Eng yuqori sathida qo‘ng‘iroqning pastki qismi suvga 0,2 – 0,3 m cho‘kib turishi kerak. Shu orqali N2 gazini orqali atmosferaga chiqishini oldi olinadi. Gazgolder N2 gazidan tozalash uchun qo‘ng‘iroqning ustidagi ventil orqali olib boriladi.
    Gazgolderdan vodorod 9 va 7 quvurlar orqali chiqadi. Quvurlar 4 va , hamda 3 va 9 lar gidravlik zatvor 6 orqali ulangan. Ishchi holatda gidravlik zatvorlar bo‘sh bo‘ladi. Elektrolizer uzoq muddat ishlashi uchun (10 – 20 yil) distilangan suv ishlatish kerak. uning tarkibida temir, xlor, va karbonat tuzlari bo‘lishi mumkin emas.
    Yuqoridagi tuzlarning yig‘ilib qolishi elektrolizer elementlarini korroziyaga olib keladi. Ishqoriy eritma tayyorlashda toza kimyoviy kaliy ishqorini ishlatish kerak. elektrolizerlarning chidamligini oshirish uchun 1 m3 elektrolit eritmasiga 2 – 3 kg bixromat solinadi.

    24 – rasm. Gazgolder
    Vodorod ishlab chiqarish texnologik sxemasi. (25-rasm). Distillangan suv (2)distillyatordan (3) kondensat yig‘uvchiga kelib tushadi, u (4) yerdan nasos bilan (5) bakga yuboriladi. (5) bakdan suvning bir qismi (6) boshqa bakga yuboriladi, u yerda konsentratsiyasi 29% yoki 320-380 g/l bo‘lgan KON eritmasi tayyorlanadi va (1) elektrolezerga yuboriladi. (7) bak elektrolezer remonti va avariya holatda bo‘lganda KON eritmasini tushirib olish uchun xizmat qiladi. Elektrolezerga doimiy elektr toki to‘g‘rilovchi (vыpryamitel) asbob orqali keladi. Elektroliz 80-850C haroratda amalga oshiriladi.
    Olingan vodorod va kislorod gaz kanallariga keladi, keyin (12) kondensator da sovitiladi. Kondensatordan vodorod va kislorod (13) gaz yig‘uvchiga kelib bil sovitiladi va yuviladi, keyin esa (9,10) gidrozatvorlarga orqali vodorod gazgolderga yuboriladi, kislorod esa o‘zini gazgolderiga yoki atmosferaga chiqarib yuboriladi. Gidrozatvorlar vodorod va kislorod sistemalariga bir xil bosim berib turadi.

    25 – rasm. Elektrolitik usulda vodorod ishlab chiqarishni texnologik sxemasi



    Download 1,07 Mb.
    1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   51




    Download 1,07 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    1 Moylarni rafinatsiyalash va gidrogenizatsiyalash. Margarin va margarin mahsulotlari ishlab chiqarish

    Download 1,07 Mb.