|
Analit
(elektrolit eeritmasining
|
bet | 37/51 | Sana | 15.02.2024 | Hajmi | 1,07 Mb. | | #157144 |
Bog'liq 1 Moylarni rafinatsiyalash va gidrogenizatsiyalash. Margarin va Analit
(elektrolit eeritmasining
anod qismi)
Elektrolitik yacheykadagi katod 2 va anod 3 da hosil bo‘lgan gazlarni ajratib olish uchun, anod, katod qismlarini g‘ovakli to‘siq (diagramma) 1 bilan to‘siladi. To‘siqdan suv, elektrolit ionlari o‘ta oladigan, lekin gaz xolatidagi moddalar o‘ta olmaydirgan bo‘lishi kerak. Elektrolitik yacheykalardan 1 A.soat tok o‘tkazilganda bilan 419·10-6nm3 N2, bilan 209,5 10-6 nm3O2 hosil bo‘ladi. Hozirgi zamon elektrolizerlari elektr tokining foydali ish koeffitsienti 0,95- 0,98ga teng. Elektr tokini qolgan qismi qo‘shimcha elektrokimyoviy jarayonlarga sarf bo‘ladi.
Suvni eletroliz qilganda ajralib chiqqan gazlarning miqdori (mzda) quyidagi formula bilan aniqlanadi.
H2 = 419·10-6b I N
O2 = 209,5·10-6 b I N
Bu yerda b– tokga nisbatan gaz chiqishi (har bir elektrolizer uchun tajriba yordamida aniqlanadi); I – tok kuchi, A; N – elektrolizerdagi elektrolitik yacheykalar soni; – elektrolizerni ishlash vakti, soat.
Gidrogenizatsiya zavodlarda FV-250 va FV-500 elektrolizerlar ishlatiladi. Quvvati 250, 500 nm3 H2 ishlab chiqaradi.
Sanoatdagi elektrolizerlar va ularning tuzilishi. (23-rasm). Elektrolizyorlar tuzilishi (konstruksiyasi) bo‘yicha filtrtpresslarga o‘xshaydi. (FV – filtrpress vodorod). Faqat ular elektrolit yacheyka, diafragma va elektrodlar-dan tashkil topgan.
Gazgolder N2
Gazgolder О2
23 – rasm. Elektrolizyor.
Elektrolizer bir necha elektrolit yacheykalardan va 2 ohirgi plitalar, 3 mahkamlovchi uskuna yordamida tortib yig‘iladi. Har bir yacheyka elektrodlari diafragma ramasiga paronit prokladkalar orqali maxkamlanadi. Diafragma ramaning tepa qismida katod va anod eritmalaridan gaz chiqaligan kanallari bor. Tomchi ajratgich 6 va 7 kondensator orqali kelayotgan vodorod, kislorod 4 gaz yig‘gichda yig‘iladi. Gazyig‘ich va kondensator ikki qismga ajratilgan (H2 va O2 uchun) bu esa gazlarning alohida yig‘ilishi uchun sharoit yaratadi.
Elektrolizerning markaziy qismida 10 o‘rta kamera joylashgan bo‘lib, u yerda elektrolit eritmasi aralashtiriladi va sovutiladi. Bu kamera elektrolizerni ikkita elektrolitik yacheykalarga bo‘ladi, har bir yacheyka alohida ishlashi mumkin. Elektrolizerning qatttiq maxkamlangan yon devorlari elektrod bo‘lib xizmat qiladi.
O‘rtadagi kamera ikki qismga bo‘lingan. Bir qismi elektrolizerning anod yacheykalari bo‘shlig‘ida anolit eritmani, ikkinchi qismi esa katod bo‘shlig‘ida katolit eritmani sovutishga ishlatiladi. Anolit tabiiy sirkulyasiya natijasida o‘rtadagi kameraga tushada, ilonsimon sovutgich yordamida sovutiladi. Shuning natijasida anolitda erigan O2 gazi ajralib 4 gazyig‘gichda yig‘iladi va 5 quvur orqali gazgolderga yuboriladi. Katolit ilonsimon sovutgich yordamida sovutiladi va ajralib chiqqan vodorod gazyig‘gichning vodorod bo‘limiga yig‘iladi. So‘ngra 5 quvur orqali vodorod gazgolderiga yuboriladi.
Gazdan tozalangan va sovutilgan anolit hamda katolit o‘rtadagi kamerada aralashtiriladi. Keyin filtr orqali o‘tib, mexanik aralashmalardan tozalanadi va korobkaga uzatiladi. Bu yerda suv bilan suyultiriladi va 9 ta’minlash kanali orqali elektrolitik yacheykalarga beriladi.
Elektrodlarni doimiy kuchlanish manbasiga ulash usuliga qarab elektrolizer FV bipolyar hisoblanadi.
Bipolyar elektrodni ulash sxemasi.
Yuqoridagi rasmda ko‘rsatilgandek kuchlanish oxirgi elektrodlar 2 va 5ga beriladi, ular monopolyar bo‘ladi, hamda katod va anod bo‘lib xizmat qiladi. Oraliqda elektrodlar ketma-ket ulangan yacheykalar bipolyar hisoblanadi. Elektrodning anodga qaragan tomoni manfiy zaryadlanadi va katod hisoblanadi. Elektrodning katodga qaragan tomoni musbat zaryadlanadi va anod bo‘lib xizmat qiladi.
Shunday qilib har bir elektrod qo‘shni yacheykalarni bo‘laklarga bo‘ladi va biriga katod bo‘lib, ikkinchisiga anod sifatida xizmat qiladi. Yacheyka ichki qismidagi katod va anod bo‘shliqlari diafragma 3 ramaga maxkamlangan diafragma 4 to‘siq bilan bo‘lingan. Elektrolit eritma yaxshi aylanishi hamda gazlar tez ajralishi uchun katod, anod yuzasi diametri 6 mm teshiklar teshilgan.
Bipolyar elektrod konstruksiyasi.
O‘rtada joylashgan po‘lat taxta 2 (asosiy) qo‘shni elektrolitik yacheykalarni bo‘laklarga bo‘ladi. Olinadigan 1 va 3 lar elektrodlar 4 ankerlar yordamida maxkamlanadi. Po‘lat taxta2 pastki qismida 2 ta diametri 15 mm o‘yiq bo‘lib, elektrolit eritmasining bir yacheykadan ikkinchisiga oqib o‘tishini ta’minlaydi. Asosiy po‘lat taxta anod tomoni nikellanadi. Katod esa oddiy uglerodli po‘latdan yasaladi.
|
| |