• Adsorbentlar
  • Adsorberlarning tuzilishi.
  • Gazni quritish gazlar tarkibidagi suv bugʻlarini ajratib olish. Fizik-kimyoviy hamda fizik usullar yordamida bajariladi. Fizik-kimyoviy usul absorbsiya va adsorbsiya usullarini oʻz ichiga oladi




    Download 250,62 Kb.
    bet1/37
    Sana13.12.2023
    Hajmi250,62 Kb.
    #117951
      1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   37
    Bog'liq
    Gazni quritish


    Gazni quritish - gazlar tarkibidagi suv bugʻlarini ajratib olish. Fizik-kimyoviy hamda fizik usullar yordamida bajariladi. Fizik-kimyoviy usul absorbsiya va adsorbsiya usullarini oʻz ichiga oladi.Absorbsiya usullari gazlardagi suv bugʻlarini suyuq moddalarga yuttirishga asoslangan. Bu usulda kuritiladigan gaz avval sovitiladi, keyin absorbsion apparatning pastki qismiga kiritiladi. Apparatning yuqori qismidan gaz yunalishiga qarama-qarshi absorbent eritmasi (maye, dietilenglikol) beriladi. Absorbent sifatida kalsiy xlorid (35—40%), glitserin (85%), dietilenglikol (85—97%), uchetilenglikol, sulfat kislota (94—96%) va b. moddalarning eritmalari ishlatiladi. Gaz tarkibidagi namlik absorbentga oʻtadi. Bunday usulda quritilgan gaz tarkibida kupi bilan 0,2 g/m3 nam qoladi. Adsorbsiya usullari qoʻllanilganda gazlardan nam qattiq moddalar — adsorbentlarga yutiladi. Adsorbent sifatida qattiq holdagi CaCI2, NaOH, KON, MgO, P2O5, boksitlar, silikagel, alyumogel va b. ishlatiladi. Bu moddalar oʻz ogʻirligiga nisbatan 2% dan 10% gacha namni yuta oladi. Adsorbentlar gazlarni absorbentlarga nisbatan yaxshiroq quritadi. Fizik usullar nam gazni issiqlik almashish apparatlarida suv yoki boshqa issiqlik yutuvchi suyuqpiklar bilan sovitish, gazni siqishdan soʻng sovitish va siqilgan gazni birdaniga kengaytirishga asoslanadi. Gazlarni oʻta quritish uchun odatda, ikki pogʻonali sxema tatbiq etiladi. Bunda nam gaz dastlab absorbsion va soʻngra adsorbsion qurilmalarda quritiladi. Gazdan maqsad koʻp komponentli gazlarni fraksiyalarga ajratish, yonuvchi gazlarni quvurlar orqali joʻnatish va b. Sanoat uchun Gaz.ning ahamiyati katta.
    Adsorbsiya 
    Adsorbsiya – qattiq yoki suyuq moddalar (adsorbentlar) sirtiga suyuq yoki gaz holidagi modda (adsorbat)larning konsentrlanishi (yutilishi). A. adsorbent sirtidagi molekulalararo kuch ta’sirida sodir bo‘ladi. Adsor-bat molekulalari adsorbent sirtiga yaqinlashib, unga tortiladi va adsorbatning bir (mono-), ikki (bi-) va hokazo ko‘p (poli-) molekulali adsorbsion qavati hosil bo‘ladi. Adsorbatning adsorbsion qavatdagi konsentratsiyasi ma’lum dara-jaga yetganidan keyin desorbsiya boshla-nadi. Yutilgan modda adsorbsion qavatda o‘z xususiyatini saqlab qolsa, fizik A., o‘zgarsa, ya’ni adsorbent bilan kimyoviy bi-riksa, kimyoviy A. deyiladi. Fizik A. temperatura, bosim, konsentratsiyaga, adsorbent va adsorbatning tabiatiga, shuningdek, adsorbent tuzilishiga ham bog‘liq. A. hodisasi tabiatda keng tarqalgan. Yerga solingan o‘g‘it, avvalo tuproqqa A. lanadi. O‘simlik tuproqdagi ozuqani ildizi orqali A. jarayoni asosida o‘zlashtiradi. A. gaz va suyuq aralash-malarni ajratish-da (qarang Xromatografiya), biologik jarayon-da, havoni iflos gazlardan tozalashda, eritmalarni har xil qo‘shilmalardan holi qilishda, ulardan erigan moddalarni ajratib olishda A. dan keng foydalaniladi.
    Adsorbentlar (lot. ad – yonida va sorbens – yutuvchi) – tabiatda uchraydigan va sun’iy yo‘l bilan tayyorlanadigan, disperelik darajasi yuqori bo‘lgan (qarang Dispers sistemalar) juda katta tashqi (g‘ovaksiz) yoki ichki (g‘ovakdor) sirtli jismlar. Suyuq yoki gaz holidagi moddalar adsorbsiyasi xuddi shu A. sirtida sodir bo‘ladi. Tabiiy A.ga opoka (govaqtosh), gilmoya va boshqa kiradi. Sun’iy A. uglevodo-rodlarni termik parchalash yoki tutatish (kurum olish), o‘ta qizdirilgan suv bug‘i bilan kremniy-organik moddalarni gi-drolizlash (aerosillar), dag‘al dispers sistemalarni kimyoviy jihatdan faol-lash yoki modifikatsiyalash (faol kumir, faollantirilgan gil) va boshqa yo‘llar bilan olinadi. A.ning adsorbsion xususiyati qattiq jismning tabiatiga, sirt tuzi-200lishiga, kattaligiga, g‘ovaklarining tu-zilishiga bog‘liq. Ular, asosan, g‘ovaksiz, yirik g‘ovakli, mayda govakli va aralash g‘ovakli turlarga bo‘linadi. A. protivo-gazlarda ishlatiladi, gaz va suyukli-klarni tozalash va quritishda, polimerlarning to‘ldirgichlari sifatida va boshqa maqsadlarda keng qo‘llaniladi. Adsorberlarning tuzilishi. 
     Adsorberlar ish rejimiga ko׳ra davriy va uzluksiz ishlovchi bo׳ladi.
    Adsorbent qatlamining tuzilishiga ko׳ra davriy adsorberlar qo׳zgalmas va mavhum qaynash qatlamli
    bo׳ladi


    Download 250,62 Kb.
      1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   37




    Download 250,62 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Gazni quritish gazlar tarkibidagi suv bugʻlarini ajratib olish. Fizik-kimyoviy hamda fizik usullar yordamida bajariladi. Fizik-kimyoviy usul absorbsiya va adsorbsiya usullarini oʻz ichiga oladi

    Download 250,62 Kb.