|
litr benzin og'irligi 720 dan 775 grammgacha
|
bet | 4/37 | Sana | 13.12.2023 | Hajmi | 250,62 Kb. | | #117951 |
Bog'liq Gazni quritish1 litr benzin og'irligi 720 dan 775 grammgacha.
Neft : Neft yerning cho’kindi qatlamida joylashgan moyli, o’ziga xos hidli, och qo’ng’irdan qora rangacha, yonuvchi suyuqlik, muhim foydali qazilma. Qaynash temperaturasi 250 – 300 oC dagi neft fraksiyasi tarkibidagi u yoki bu sinf uglevodorodining ko’proq miqdorda bo’lishiga bog’liq holda neftning qudagi asosiy turlari farqlanadi:
Metanli neft –ko’proq tarmoqlanmagan alkanlardan tarkib topgan.
Naftenli neft – asosan siklik aromatik bo’lmagan uglevodorodlar – sikloalkanlar yoki naftanlardan tarkib topgan.
Aralash neft – alkanlar, naftenlar va aromatik uglevodorodlar aralashmasini o’z ichiga oladi.
Neft alkanlar ba’zi siklanlar va arenlar, shuningdek kislorodli sulfitli va azotli birikmalarning murakkab aralashmasidir.
Klassifikasiyasi – ba’zan neftni fizik xossalari bo’yicha klassifikasiyalanadi, masalan yengil neft zichligi 0,92 g/ml gacha va ancha og’ir neft. Bu jihatdan yengil neft zichligi 0,65 - 0,87 g/cm3, o’rtacha neft zichligi 0,910 – 1,05 g/sm3 ga bo’linadi.
Neft tarkibidagi oltingugurt miqdoriga qarab kam sulfatli (tarkibida 0,5% gacha S), sulfatli (0,5 – 2%) va yuqori sulfatli (2% dan yuqori) deb farqlanadi. Neft juda qadimdan (miloddan avvalgi 6000 yillikdan boshlab) ishlatilib kelinadi.
Neftdan olinadigan mahsulotlar :
Neftdan xalq xo’jaligi uchun juda katta ahamiyatga ega bo’lgan turli mahsulotlar ajratib olinadi : neftning asosiy fraksiyalari :
Gazolin, benzinlar fraksiyasi :
Bu fraksiya tarkibida uglevodorod atomlarining soni C5 – C11 gacha bo’ladigan uglevodorodlardan iborat bo’lib, ulardan quydagi mahsulotlar olinadi :
Yengil benzin – gazolin yoki petroley efiri. Qaynash temperaturasi 40 – 70 o C, zichligi 0,64 -0,66 g/sm3. Petroley efiri asosan erituvchi sifatida ishlatiladi.
|
| |