|
Gazni quritish gazlar tarkibidagi suv bugʻlarini ajratib olish. Fizik-kimyoviy hamda fizik usullar yordamida bajariladi. Fizik-kimyoviy usul absorbsiya va adsorbsiya usullarini oʻz ichiga oladi
|
bet | 2/37 | Sana | 13.12.2023 | Hajmi | 250,62 Kb. | | #117951 |
Bog'liq Gazni quritishDesorbsiya
Yuqori faollikka ega bo׳lgan adsorbentlar qimmatbaho materiallar qatoriga kiradi, shu sababli ulardan bir necha marotaba foydalanish lozim. Buning uchun adsorbsiya jarayonidan so׳ng adsorbent
regenerasiya qilinadi, ya’ni unda yutilgan modda ajralib chiqariladi. Adsorbsiyaga teskari boradigan jarayon desorbsiya deb ataladi
Absorbsiya (lot. absorbtio – yutilish, absorbeo – yutayapman so‘zidan) – eritma yoki gaz aralashmasidagi modda (absorbat)larning qattiq jism yoki suyuqlik (absorbent)larga hajmiy yutilishi. Gazlarning suyuqliklarga Absorbsiyalanishidan neftni qayta ishlash, koks-benzol va boshqa sanoat sohalarida foydalaniladi. Gazlarning bug‘ va suyuqliklarda erish darajasining turliligiga asoslangan holda absorbsiyadan texnikada gazlarni tozalash va ajratishda hamda ularni bug‘ gaz aralashmalaridan ajratishda foydalaniladi. Absorbsiyaga qarama-qarshi jarayon desorbsiya deyiladi, u eritma yutgan gazni ajratib olish va absorbentni regeneratsiya qilishda qo‘llaniladi.[1]
Absorber
Absorber – absorbsiya jarayoni amalga oshiriladigan uskunaning asosiy apparati. Unda gazlardagi moddalar (shu jumladan zararli moddalar) suyuqlikka yutiladi. Kimyo sanoatida, kosmik kemalarning hayotni ta’minlash tizimlari va boshqalarda qo‘llaniladi.[1]
Sorbentlar (lot. sorbens — yutuvchi) — gaz, bugʻ va erigan moddalarni yutish uchun qoʻllanadigan qattiq yoki suyuq moddalar. Yutuvchi modda sorbent, yutiladigan modda esa sorbtiv yoki sorbat deyiladi. Adsorbsiya, absorbsiya va kapillyar kondensatsiya kabi oddiy jarayonlar yigʻindisidan iborat murakkab fizikkimyoviy jarayon sorbsiyadir. Agar sorbtivning yutilishi uning sorbent bilan taʼsirlanishi natijasida boʻlsa, bunday jarayon xemosorbsiya deb ataladi. Xemosorbsiya koʻpincha sorbent satxida sodir boʻladi. Faollangan kumir, silikagel, alyuminiy oksid, seolitlar koʻplab ishlatiladigan S.dir. Sintetik ionlovchi smolalar (qarang Ionitlar) ham muxim S. hisoblanadi. Suyuq S. kimyo sanoatida qoʻllanadi.
Sorbsiya (lot. sorbeo — yutaman) — gaz, bugʻ va erigan moddalarning kattik, jism yoki suyuqlikda yutilishi. Yutuvchi jismlar sorbentlar, yutiluvchi modda sorbat (yoki sorbtiv) deyiladi. S.ning quyidagi turlari bor: adsorbsiya, absorbsiya, xemosorbsiya va kapillyar kondensatsiya — yutuvchi moddaning gʻovak va kapillyarlarida suyuq faza hosil boʻlishi. S. — koʻpgina tabiiy jarayonlarning asosiy tarkibiy qismi; u kimyoda keng qoʻllanadi. Muhim sorbentlarga faollangan kumir, silikogel, seolitlar, smektit, navbaxtit va boshqa kiradi.
|
|
Bosh sahifa
Aloqalar
Bosh sahifa
Gazni quritish gazlar tarkibidagi suv bugʻlarini ajratib olish. Fizik-kimyoviy hamda fizik usullar yordamida bajariladi. Fizik-kimyoviy usul absorbsiya va adsorbsiya usullarini oʻz ichiga oladi
|