Gazni quritish gazlar tarkibidagi suv bugʻlarini ajratib olish. Fizik-kimyoviy hamda fizik usullar yordamida bajariladi. Fizik-kimyoviy usul absorbsiya va adsorbsiya usullarini oʻz ichiga oladi




Download 250,62 Kb.
bet6/37
Sana13.12.2023
Hajmi250,62 Kb.
#117951
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   37
Bog'liq
Gazni quritish

Katalitik kreking – katalitik kreking ancha past temperaturada katalizatordan foydalangan holda amalga oshiriladi. Katalitik kreking asosan yuqori oktan sonli benzinlar olishda ishlatiladi. Maxsus tanlangan katalizatorlar uglevodorodlarni izomerlanishini va sikllanishini taminlaydi, buning natijasida benzinning oktan soni ortadi. Bunday katalizatorlar sifatida mAl2O3∙nSiOtarkibli alyumosilikatlar amalda seolitlardan foydalaniladi. 
Oktan soni — karbyuratorli yoki injektor ichki yonuv dvigateli yonilğilarining detonatsiyaga turğunligini ifodalaydigan koʻrsatkich. Yonilğining Oktan soni etalon yonilği aralashmasiga taqqoslab aniqlanadi. Etalon yonilgi sifatida izooktan (2, 2, 4-uch metilpentan) va geptan aralashmasi qabul qilingan. Izooktanning detonatsiyaga turgʻunligi 100, normal geptanniki nol deb olingan. Etalon yonilgʻi aralashmasidagi izooktanning foizlardagi miqdori sinaladigan yonilgʻining Oktan sonini belgilaydi. Yonilgining Oktan soni qancha katta boʻlsa, detonatsiyaga moyilligi shuncha kichik boʻladi. Avtomobillarda Oktan soni 66—98 ga teng benzin, siqish darajasi yuqori boʻlgan dvigatellarda Oktan soni yuqori ben-zinlar ishlatiladi.[1]
Riforming
Kreking jarayonidan farqli riforming jarayonida yirik molekulalarni uncha yirik bo’lmagan molekulalarga ajralishi yoki yangi molekulalarning strukturalarini o’zgarishiga olib keladi.

Bosim ostida katalizatorlardan foydalanib, vodorod yordamida neftni to’g’ridan – tog’ri haydab benzin fraksiyalarini katalitik qayta ishlashga - riforming usuli deyiladi. Riforming yo’li bilan aromatik va tarmoqlangan uglevodorodlar olinadi.




Izomerlanish


Izomerlanish, izomerizatsiya- organik birikmalarning mo-lekulasi ichidagi oʻzgarish. Bunda molekulalarning tuzilishi oʻzgaradi-yu tarkibi va mol. m. oʻzgarmaydi. I. reaksiyalari qaytar reaksiyalardir: izomer shakllar oʻrtasidagi muvozanat temperatura, bosim va sh.k.ga bogʻliq. Tautomeriya I.ning juzʼiy bir koʻrinishidir. Neftni qayta ishlash sanoatida motor yonilgʻilarining sifati I. yoʻli bilan yaxshilanadi, aromatik boʻlmagan xom ashyodan kimyo sanoati uchun muhim aromatik uglevodorodlar — toluol va sh.k. olinadi. Tabiatdagi kimyoviy jarayonlarda I. muhim ahamiyatga ega.[1]


  1. Download 250,62 Kb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   37




Download 250,62 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Gazni quritish gazlar tarkibidagi suv bugʻlarini ajratib olish. Fizik-kimyoviy hamda fizik usullar yordamida bajariladi. Fizik-kimyoviy usul absorbsiya va adsorbsiya usullarini oʻz ichiga oladi

Download 250,62 Kb.