neft 2-kolonna pastki qismidan 1-nasos yordamida 6-zmeevikli pechga kiritiladi.
Pechda bug’-suyuqlik holatida (330-360
0
C) qizdirilgan neft asosiy 14-
rektifikatsion kolonnaga beriladi. Pechda qizdirilgan neftning bir qismi 2-
kolonnada restirkulyat sifatida qo’llaniladi. Kolonna yuqorisidagi mahsulot benzin
fraksiyasi bo’lib, uni 2-kolonnadan olingan benzin bilan taqqoslaganda biroz
og’irdir. 14-kolonna bo’ylab chiqayotgan benzin bug’lari, shuningdek, suv
bug’lari 15-havoli sovutgichda kondensatsiyalanadi. 16-suvli sovutgichdan so’ng
17-gaz separatorida gaz, benzin va suvga ajratiladi. Suyuq benzin fraksiyasi 22-
nasos yordamida ikkilamchi haydashga beriladi, bir qismi esa 14-kolonnani yuqori
tarelkasiga “sovuq sug’orish” sifatida qaytariladi.