Neftni atmosfera bosimida fraksiyalarga ajratish




Download 372,05 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/2
Sana30.01.2024
Hajmi372,05 Kb.
#148877
  1   2
Bog'liq
116515 (1)



Neftni atmosfera bosimida fraksiyalarga ajratish
Neftni haydash jarayoni asosan, uni ma’lum haroratgacha qizdirib, 
tarkibidagi uglevodorodlarni bug’ holatga o’tkazib, keyin sovutish natijasida suyuq 
holatga ya’ni distillyatlar va qoldiq hosil qilishdir. Haydash vaqtida qaynash 
haroratlari bilan farq qiladigan ikki komponentdan tashkil topgan aralashma t

qaynash haroratigacha qizdiriladi. Bunda oson qaynaydigan mahsulot bug’lanadi 
va tizimdan chiqarilib sovutiladi. 
Distillyat va qoldiqni toza holda ajratib olish uchun haydash jarayonini 
bir necha marta qaytarish kerak. Buning uchun rektifikatsiya jarayonidan 
foydalaniladi. Rektifikatsiya jarayoni maxsus tarelkalar bilan jihozlangan kolonna 
tipidagi vertikal silindrik shakldagi qurilmada olib boriladi. Rektifikatsiya 
jarayonida qarama-qarshi harakatlanayotgan bug’ va suyuq fazalar ko’p marta bir-
birlari bilan to’qnashadi, bug’ faza past haroratda qaynaydigan komponent bilan, 
suyuq faza yuqori haroratda qaynaydigan komponent bilan boyitiladi.
Neftni birlamchi haydash atmosfera sharoitida, qoldiq qismi esa 
vakuumda haydaladi. Haydashdan hosil bo’lgan distillyatlar tarkibidan engil 
komponentlarni ajratish uchun “o’ta qizdirilgan bug’” aralashtiriladi. Suv 
bug’ining sarfi atmosfera kolonnasi uchun neftga nisbati 1,5-2,0 % (mass), 
bug’latuvchi kolonnada esa 2,0-2,5 % (mass) ni tashkil etadi.
Neftni atmosferali haydash qurilmalarida asosan neftdan yoki neft aralashmasidan 
to’rt distillyatli fraktsiyaga va qoldiq mazutga ajratiladi. Uglevodorodli gazlar va 
vodorod sulfidli gazlar yonaki mahsulot hisoblanadi. Qurilmaning texnologik 
sxemasi yuqoridagi 4-rasmda tasvirlangan. 
Xom-ashyo ikki karra bug’latishda ikki kolonnali (birinchisi oddiy, 
ikkinchisi murakkab) qurilma texnologik tizimini ko’rib chiqamiz. Neft birinchi 
rektifikatsion kolonnaga kelguncha bir yoki bir necha oqimda issiqlik 
almashtirgichlarda 200-220
0
C haroratda qizdiriladi. Birinchi kolonna yuqori 
mahsulotlari engil benzin va kam miqdordagi gaz hisoblanadi. Qolgan distillyatlar 
ikkinchi kolonnada olinadi. Har ikkala kolonna uchun umumiy holda quvurli pech 
xizmat qiladi. 
Oddiy kolonna yuqorisidan ajraluvchi engil benzin bug’lari (oxirgi 
qaynash harorati 160
0
C gacha bo’lgan fraksiyalar) 3-havoli sovutgichda 
kondensastiyalanadi, so’ngra kondensat va gazlar 4-suvli sovutgichda sovutiladi va
5-gaz separatorida ajratiladi. Bu erdan 7-nasos yordamida barqarorlashtirish 
blogiga yoki ikkilamchi haydashga yuboriladi. Engil benzin bir qismi 2-kolonna 
yuqori tarelkasiga sovuq sug’orish sifatida qaytariladi. Qisman benzinsizlantirilgan 


neft 2-kolonna pastki qismidan 1-nasos yordamida 6-zmeevikli pechga kiritiladi. 
Pechda bug’-suyuqlik holatida (330-360 
0
C) qizdirilgan neft asosiy 14-
rektifikatsion kolonnaga beriladi. Pechda qizdirilgan neftning bir qismi 2-
kolonnada restirkulyat sifatida qo’llaniladi. Kolonna yuqorisidagi mahsulot benzin 
fraksiyasi bo’lib, uni 2-kolonnadan olingan benzin bilan taqqoslaganda biroz 
og’irdir. 14-kolonna bo’ylab chiqayotgan benzin bug’lari, shuningdek, suv 
bug’lari 15-havoli sovutgichda kondensatsiyalanadi. 16-suvli sovutgichdan so’ng 
17-gaz separatorida gaz, benzin va suvga ajratiladi. Suyuq benzin fraksiyasi 22-
nasos yordamida ikkilamchi haydashga beriladi, bir qismi esa 14-kolonnani yuqori 
tarelkasiga “sovuq sug’orish” sifatida qaytariladi. 

Download 372,05 Kb.
  1   2




Download 372,05 Kb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Neftni atmosfera bosimida fraksiyalarga ajratish

Download 372,05 Kb.
Pdf ko'rish