|
Gidratatsiyalangan moyni quritish
|
bet | 8/51 | Sana | 15.02.2024 | Hajmi | 1,07 Mb. | | #157144 |
Bog'liq 1 Moylarni rafinatsiyalash va gidrogenizatsiyalash. Margarin va Gidratatsiyalangan moyni quritish. Nam gidratlangan moyini qisqa vaqt mobaynida ham saqlash mumkin emas, chunki namlik ta’sirida oksidlanish jarayoni kechadi. Natijada moyning kislota soni oshib ketadi. Shuning uchun gidratlangan moy kolonna turidagi uzluksiz ishlovchi vakuum quritish uskunasida quritiladi.
7 – rasm. Quyidagi rasmda kolonna turidagi uzluksiz
ishlovchi vakuum-quritish uskunasi ko‘rsatilgan.
Vakuum-quritish apparati. Harorati 85-900S bo‘lgan moy (3) quvur orqali apparatga va 3 ta (4) forsunkalar yordamida sochib boriladi. Tomchi qaytargich (5) tomchini vakuum sistemasiga o‘tib ketishiga yo‘l qo‘ymaydi. Apparat (2) ning quyi qismiga tarelkalardan iborat (7) kontakt yuza o‘rnatilgan bo‘lib, u qo‘shimcha ravishda moydan namliknig’lanishiga xizmat qiladi. Quritish jarayonida qoldiq bosim 2,66 MPa (20 mm sim.ust.) dan ortiq emas. Apparatda vakuum uch bosqichlig’ ejektori yoki suvli vakuum-nasos yordamida (6) patrubka orqali hosil qilinadi. Quritilgan moy nasos yordamida (1) shtutser orqali apparatni pastki qismidan so‘rib olinadi. Agar apparatdagi moy sathi me’yordagidan past bo‘lsa, sath rostlagich (8) qalqovuchi bo‘shaladi va tirgakli moslamani ochadi, shunda chiqish trubasidagi moy
apparatga qaytariladi. Shunday qilib uskunada moyni bir xil sathi saqlab turiladi.
Fosfatid konsentrati ishlab chiqarish. Fosfatid emulsiyasi tarkibida 55-75 % suv, 15-30 % fosfatidlar, 15-20 % yog’‘ bo‘ladi. Fosfatid emulsiyasi tezlik bilan quritishga yuboriladi. Bu jarayon fosfatidlar sifatini saqlab qolish uchun qatlamda bajariladi. Quritish 75-900 S haroratda, qoldiq bosim 20 mm.sim.ust.ga teng bo‘lgan sharoitda olib boriladi.
Fosfatid emulsiyasini quritish uchun gorizontal uzluksiz ishlaydigan rotatsion-plenkali quritish apparatlari ishlatiladi: ular silindrik va konussimon bo‘ladi. Ishlab chiqarish quvvati 100 kg/s fosfatid konsentratiga teng.
4 – jadval
Fosfatid konsentratining xarakteristikasi
Ko‘rsatgichlar
|
Oziq-ovqat uchun
|
Ozuqa uchun
|
Rangi, mg yodgacha
|
18
|
Belgilanmaydi
|
Namlik va uchuvchan moddalar miqdori, % gacha
|
1,0
|
3,0
|
Fosfatidlar miqdori, %
|
55.0
|
40,0
|
Yog’‘ miqdori, %
|
45.0
|
60,0
|
Fosfatid konsentratsiyadan ajratib olingan yog’‘ning kislota soni mg KOH
|
18
|
25
|
Oziq-ovqat uchun ishlatiladigan fosfatid konsentrati sig‘imi 30-40 l bo‘lgan metall bankalarga, ozuqa uchun esa bochkalarga joylashtiriladi.
Oxirgi vaqtda to‘liq gidratatsiya jarayonida firma «Lurgi» (GFR) sxemasi quo‘llanilmoqda.
Takrorlash uchun savollar
Moylarni gidratlash
Moylardagi fosfatidlar miqdori
Gidratatsiya jarayonining moxiyati
Gidratatsiya qilish usullari
Gidratatsiya jarayonida gidratlovchi agent miqdorini xisoblash
6. Gidratatsiyalanmaydigan fosfatidlar.
7. Gidratatsiya jarayonida yog’‘ning kislota sonini o‘zgarishi.
8. Gidratatsiya jarayonida gidratlovchi agent miqdori.
9. Gidratatsiyadan so‘ng yog’‘dagi fosfatidlar miqdori.
10. Fosfatid emulsiyasidan fosfatid konsentratini olish.
Tayanch so‘z va iboralar
Gidratlash; Fosfatid konsentrati
Gidratlovchi agentlar
Yog’‘ fosfatid emulsiyasi
O‘simlik yog’‘larida ma’lum miqdorda erkin yog’‘ kislotalari bo‘ladi, bular yog’‘ning sifatiga bog‘liq. Erkin yog’‘ kislotalarining bo‘lishi yog’‘ sifatini yomonlashtiradi, oziqaviy qiymatini kamaytiradi. Yuqori haroratda erkin yog’‘ kislotalari apparatlarning korroziyalanishiga olib keladi. Oziq-ovqat uchun ishlatiladigan yog’‘larning kislota soni 0,2-0,3 mg KOH dan oshmasligi kerak. Bundan esa erkin yog’‘ kislotalarini yo‘qotish zarurligi kelib chiqadi.
Sanoatda quyidagi usullar bilan yog’‘ kislotalari yo‘qotiladi.
Erkin yog’‘ kislotalarini ishqor bilan neytrallash (ishqorli rafinatsiya).
Yuqori haroratda va vakuum ostida erkin yog’‘ kislotalarini yo‘qotish (distillyasiyali rafinatsiya).
3. Erkin yog’‘ kislotalarini yog’‘dan selektiv erituvchilar yordamida ajratib olish (ekstraksiyali rafinatsiya)
Sanoatda asosan ishqorli rafinatsiya va oxirgi yillarda distillyasiyali rafinatsiya ko‘proq ishlatilmoqda. Selektiv erituvchilar yordamida rafinatsiyalash hali amaliy jihatdan yog’‘-moy korxonalarida ishlatilgani yo‘q.
Ishqorli rafinatsiya-keng tarqalgan usul hisoblanadi. Bu usulda yog’‘ kislotalarini yog’‘da erimaydigan tuzi, ya’ni sovun hosil bo‘ladi. Bu reaksiya quyidagicha ifodalanadi.
|
| |