uning chastotasi oʻzgarishiga (Mendelshtam — Brillyuen-sochilishi), qattiq jismlarda esa 1012—1013
Gs chastotali G. rentgen nurlarining diffuznoy sochilishiga olib keladi.
G.ning suyuqliklarda tarqalish tezligi uning chastotasiga bogʻliqligi, (G. dispersiyasi),
qator
suyuqliklarda yutilish koeffitsiyentining nisbatan kichikligi (anomal holat) aniqlangan. G.ni hosil qilish
uchun koʻpincha plastina shaklidagi rezonans pyezoelektrik oʻzgartirgichlar ishlatiladi. G.ning toʻlqin
uzunligi qisqa boʻlgani uchun plastina kalinligi juda kichik boʻlishi kerak, buning uchun pyezoelektrik
modda (mas, CdS, ZnS, ZnO va b.) plyonkalari tovush oʻtkazgichlarga vakuumda purkalib hosil
qilinadi.
Shu jumladan, pyezoelektrik kristall OʻYUCH li elektr maydoni taʼsirida pyezoelektrik
deformatsiyalanishi natijasida G. hosil qilinadi. Deformatsiya chastotasi G. chastotasiga mos boʻladi.
G. OʻYUCH magnit maydonida kristallarda magnitostriksiya hodisasi asosida ham hosil qilinadi.
Yuqorida qayd qilingan usullarning f.i.k. juda kichik (bir necha %). Shuning uchun G.ni hosil qilish
uchun
lazerlar, oʻta oʻtkazgich asosidagi nurlatgichlar qoʻllaniladi. G.ning xususiyatlari uni modda
xossalarini, ayniqsa, qattiq jismlar fizikasini oʻrganishda qoʻllashga, shu jumladan akustoelektronika
va akustooptika qurilmalarini yaratishga imkon beradi.