1-mustaqil ish




Download 3.82 Mb.
Sana02.03.2024
Hajmi3.82 Mb.
#165805
Bog'liq
1-mustaqil ish dinshunoslik
Javoblar varaqasi, BEKZOD 5-AMALIY ISHI, Geografiya (Javoblari bilan) DTM 1 , GEOGRAFIYA TO\'GARAK 68 SOATLI TO\'LIQ (1), TITUL, Korrusiya tushu-WPS Office, Epidermis besh qatlamdan iborat, Ii. Mavzu. Xalqaro mehnat taqsimotining mohiyati, amali, Moddiy yordam bayonnomasi, 5-Amaliy mashg‘ulot. Chiziqli tenglamalar sistemasini kvadrat ildizlar va iterasiya usulida yechish, qalay kimyoviy elementi. uning xossa, Alfa-qalay kislotasining olinishi va xossalari, Kirish. Baliqlarni oziqlantirish. Fanning predmeti va mazmuni. T-fayllar.org, 1363359352 42261

O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI RAQAMLI TEXNOLOGIYALAR VAZIRLIGI

O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI RAQAMLI TEXNOLOGIYALAR VAZIRLIGI

MUHAMMAD AL-XORAZMIY NOMIDAGI TOSHKENT AXBOROT TEXNOLOGIYALARI UNIVERSITETI QARSHI FILIALI

1-MUSTAQIL ISH


Bajardi: Meyliyev Bobur.
Tekshirdi: Mamatkulova D.
  • Din, dinshunoslik, din falsafasi, teologiya, teosofiya, xudojoʻylik, diniy eʼtiqod, haqida, ilohiyot tushunchalarining mohiyati.
  • Dinshunoslikning fan sifatida shakllanishi, predmeti, funksiyalari, kategoriyalari.
  • Dinlarni tadqiq etish metodologiyasi: tipologik, qiyosiy, tarkibiy-funksional, genetik tahlil.
  • Qiyosiy dinshunosliklikning metodlari.
  • Yahudiylik ta'limoti, an'ana va marosimlari.
  • Konfutsiylik ta'limotida ijtimoiy-axloqiy masalalar.
  • Zardushtiylikning teologik tizimi va diniy marosimlari.


Dinshunoslik doirasida fanlarga xos differensiallashuv ham davom etmoqda. Bu dinshunoslik tarkibida dinning konkret namoyon bo‘lish shakllarini tadqiqot predmetiga aylantirgan va ko‘plab mustaqil fanlarni o‘zida birlashtirgan yo‘nalish (tarmoq)larning yuzaga kelishiga zamin yaratmoqda. Masalan, bugungi kunda Qur’onshunoslik, hadisshunoslik, fiqh kabi bir qator fanlarni o‘ziga qamrab olgan islomshunoslik dinshunoslikning alohida tarmog‘iga aylanib ulgurgani fikrimizning isboti bo‘la oladi.Shu nuqtai nazardan qaraganda, din falsafasining mustaqil fan sifatida shakllanishi bir tomondan, falsafiy bilimlar, ikkinchi tomondan, dinshunoslik fani tarmoqlashuvi va mazkur jarayonda yuzaga kelgan integratsiyaning hosilasi hisoblanadi.Falsafa va dinshunoslik munosabatlari doirasida dinni falsafiy anglashning o‘ziga shakli diniy falsafa (falsafiy teologiya) shakllanganini ham ta’kidlash zarur.
1. Din, dinshunoslik, din falsafasi, teologiya, teosofiya, xudojoʻylik, diniy eʼtiqod, haqida, ilohiyot tushunchalarining mohiyati.
Diniy falsafa diniy dunyoqarash tamoyillaridan kelib chiqadigan tasavvurlar, g‘oyalar, Yaratuvchi va olam (ontologiya va metafizika), inson (antropologiya), jamiyat (sotsiologiya, istoriosofiya), bilish jarayoni (gnoseologiya va epistemologiya), qadriyatlar (aksiologiya) haqidagi qarashlar tizimini o‘z ichiga oladi. Sodda qilib aytganada,u din kompetensiyasiga kiradigan ontologik, antropologik,gnoseologik muammolarni falsafiy tushunchalar va usullardan foydalangan holda tadqiq etadi. Shu nuqtai nazardan qaraganda, diniy falsafa, bir tomondan, falsafiy bilimlarning, ikkinchi tomondan, ilohiyotning tarkibiy qismi hisoblanadi.Diniy falsafa din falsafasi kabi dinning mohiyatiga e’tibor qaratadi.U falsafiy tafakkur natijalariga tayangani uchun o‘zida e’tiqod va ratsionallik, dogmatika va hurfikrlilikning birligini namoyon etadi, dinning mohiyatida yashiringan donishmandlikning ma’nosini anglash uchun imkoniyat yaratadi.
Dinshunоslik fanining maqsad va vazifalari. Din insoniyat ma’naviy hayotining tarkibiy qismidir. O’zbekiston Respublikasida ziyolilar oldiga ma’naviy barkamol insonni shakllantirish vazifasi qo’yilgan bir paytda din masalasini chetlab o’tish mumkin emas. Mazkur masalani hal etishda ilgarigi dinga agressiv hujum etish uslubining salohiyatsizligi hammaga ochiq-oydin. Lekin keyingi paytda paydo bo’lgan diniy bo’lmagan masalalarni diniy deb atash, har qanday, hatto bir-biriga zid bo’lgan, fikrlarni tahlil qilmasdan turib maqtash uslubi ham o’zini oqlamaydi.
Din azaldan inson va jamiyat hayotining ma’naviy asosi, poydevori bo‘lib kelgan. Din vositasida insonning tabiati, hayvonot olami bilan umumiy jihatga ega bo‘lgan fiziologik mayllari, ehtiyoj va instinktlari jilovlandi, ularga insoniy qiyofa berildi. Diniy ongning asosida «yaxshilik va yomonlik», «ezgulik va yovuzlik», «adolat va adolatsizlik» kabi axloqiy kategoriyalarning dastlabki elementlari shakllangani, din kishilik jamoasini mazkur kategoriyalar atrofida jipslashtira olgani bois, unda dunyoqarash, integrativ, regulyativ, kompensatorlik va boshqa funksiyalar mustah-kamlandi.
2. Dinshunoslikning fan sifatida shakllanishi, predmeti, funksiyalari, kategoriyalari.
Hozirgi kunga kelib, din ijtimoiy hayotning muhim omiliga aylandi, u ijtimoiy-siyosiy hayotdagi o‘rnini saqlab qoldi. Lekin uning ahamiyati turli ijtimoiy-siyosiy tuzumlarda turlichadir. Din yetakchi mafkura hisoblangan davlatlar ham talaygina. Dunyoning qator davlatlarida din o‘zining siyosiy mavqeini mustahkamlash uchun harakat qilmoqda.
Mustaqillikdan keyin dinning ijtimoiy-siyosiy salmog‘i o‘zgargan bo‘lsa-da, unga aloqador bo‘lgan muammolar ham mavjud. Shu bois O‘zbekiston Konstitutsiyasida dinning mamlakatimizdagi ijtimoiy o‘rni aniq belgilab qo‘yilgan. Xususan, uning 31-moddasida: «Hamma uchun vijdon erkinligi kafolatlanadi. Har bir inson xohlagan dinga e’tiqod qilish yoki hech qaysi dinga e’tiqod qilmaslik huquqiga ega. Diniy qarashlarni majburan singdirishga yo‘l qo‘yilmaydi», – deb ta’kidlanadi.
Ma’lumki, dinni o‘rganuvchi ayrim fanlar uchun umumiy tamoyil – empirik ma’lumotlarga tayanishdir. Din haqidagi amaliy bilimlarni yuzaga chiqaradigan ushbu tamoyil din hodisasini tajribalarga tayanib, o‘rganuvchi fanlar va dinga fenomenologik, falsafiy hamda teologik yondashuvlar orasidagi chegara bo‘lib xizmat qiladi. Dinning sermahsul sosiologik tahlili asosan ilmiy bilimning boshqa sohalari tadqiq qilgan ma’lumotlarga tayanish orqali ro‘yobga chiqadi. Sosiolog o‘z faoliyatida har qanday ma’lumotlardan – u ilmiy bo‘ladimi, yoki ilmiy emasmi, bundan qat’iy nazar, unumli foydalanishi lozim. Sosiologdan bilimning haqiqiy fikr sifatida belgilash o‘rniga inson qabul qilayotgan barcha ma’lumotni bilim tariqasida adekvat idrok qilishi talab qilinadi. Chunki har qanday ma’lumot kishining diniy yoki dunyoviy xulq-atvori haqidagi biror-bir xulosani chiqarishga ko‘mak beradi
3. Dinlarni tadqiq etish metodologiyasi: tipologik, qiyosiy, tarkibiy-funksional, genetik tahlil.
4. Qiyosiy dinshunosliklikning metodlari.
Din o‘z mavqei va inson hayotidagi o‘rniga ko‘ra ijtimoiy hayotning muhim qismi hisoblanadi. Shuning uchun ham u inson va jamiyat hayotida muhim o‘rin tutadi va ahamiyatiga ko‘ra turli vazifalarni ba-jaradi. Odatda, din dunyoqarash, regulyativ, integrativ, kompensatorlik, legitim (qonuniy) va shu kabi boshqa vazifalarni bajaradi.
Dinning dunyoqarash vazifasi shundan iboratki, dindor atrofdagi narsa va hodisalarni o‘tkinchi deb, ya’ni insonning real hayotdagi faoliyati narigi (boqiy) dunyo uchun faqat asos, tayyorgarlik deb biladi. Dindor (diniy dunyoqarashga asoslangan kishi) umr mazmunini narigi dunyoga tayyorlanish, bu dunyoning azob-uqubatlari va adolatsizliklariga sabr-qanoat qilish, chidashdan iborat deb hisoblaydi. U o‘limni hech qanday qo‘rquvsiz qabul qilishi kerak, chunki o‘lim insonning boqiy hayotga o‘tish yo‘li, deb bilinadi. Dunyoqarash vazifasi shu o‘rinda dinning taskin berish (kompenatorlik) vazifasi bilan uyg‘unlashib ketadi.
5. Yahudiylik ta'limoti, an'ana va marosimlari.
Yahudiylik ta’limoti Xudo tomonidan Musoga nozil qilingan O‘n amrga rioya etishga asoslanadi. Ularning e’tiqodiga ko‘ra, O‘n amr Muso payg‘ambarga Sinay (Tur) tog‘ida ikki marta tushirilgan. Yahudiylikda ibodat tong, peshin va shom paytida qilinadigan kundalik hamda shanba kuni sinagogada bo‘lib o‘tadigan haftalik ibodat shakllariga bo‘linadi. Haftalik ibodat (Shabat-Sabt) juma kuni Quyoshning botishi bilan boshlanadi va shanba kuni nihoyasiga yetadi.
Shanba kuni olov yoqish, ishlash, hatto transportdan foydalanish ham taqiqlanadi. Yahudiylik ta’limotiga ko‘ra, Xudo olamni olti kunda yaratib, yettinchi kuni dam olgan. Shuning uchun ham, yahudiylar haftaning yettinchi kuni — shanbani dam olish va ibodatga bag‘ishlaydilar.
6. Konfutsiylik ta'limotida ijtimoiy-axloqiy masalalar.
Konfutsiy taʼlimotida insonparvarlik (jen), odob qoidalari (li), fazilat (de) tushunchasi muhim oʻrin egallaydi. Insonparvarlik tushunchasiga koʻra, odamlar axloqiy va ijtimoiy munosabatlarda yoshi ulugʻ, mavqei baland kishilarni xurmat qilishlari, podshohga sadoqatli boʻlishlari kerak. Odob kridalari tushunchasiga koʻra, u tufayli yuksak fazilatlar shakllanadi, jamiyat rivoj topadi, adolat tantana qiladi. Burchni ado etish tufayli in-son kamolotga erishadi. Uning negi-zida "sen oʻzing nimaga erishishni istasang, unga boshqalarning erishishiga koʻmaqlash", "sen nimani orzu qilmasang, uni boshqalarga ravo koʻrma" kabi hayotiy tamoyillar yotadi. "Buyuk taʼlimot" va "Oʻrtalik haqida taʼlimot" degan asarlarni Konfutsiy yozgan deb taxmin qilinadi. Bu kitoblarga koʻra, odamlarning birgalikda oqilona yashashi tartibining muhim shartini 5 ta oddiy va buyuk fazilat tashqil etadi: donolik; insonparvarlik; sadoqat; kattalarni hurmat qilish; jasorat. Bu fazilatlar oʻziga va boshqalarga xalollikni va chuqur hurmatni anglatadi. Faqat mumtoz va komil insonlargina bunday fazilatga ega boʻladi.
Mil.avv.VII-VI asrlarda Osiyoning markaziy qismida shunday bir yorug„lik paydo bo„ldi-ki bu narsa o„sha davr insoniyat taraqqiyotiga ta‟sir o„tkazmay qolmadi. Sharqiy Eron va Markaziy Osiyo qabilalarinig ijtimoiy tuzumi o„zgarayotgan va diniy qarashlari hamda jamiyatga ro„y berayotgan tabaqalanish davom etayotgan bir paytda Turon pasttekisligida, aniqrog„i Amudaryo bo„ylarida yangi ta‟limot vujudga keldi. Bu ta‟limot o„lkada shakllangan ko„pxudolik va oshiqcha sarf harajatlarga, atrof muhitni ifloslanishiga hamda insonlar hayotida muhim o„rin tutgan jonli hayvonlarni qirib, ko„p qurbonliklar qilinishiga qarshi turoladigan ta‟limot edi. Bu ta‟limotga amal qilgan inson butun umri davomida ezgu fikr, ezgu so„z, ezgu amal kabi g„oyalarni qalbiga joylashi kerak edi. Bu din zardushtiylik dini edi. Ushbu din dualizmga asoslangan, ya‟ni olam ikki ibtido; yorug„lik va qorong„ulik, yaxshilik va yomonlikning to„xtovsiz kurashidan iborat deb uqtiradi Zardushtiylik dini eng qadimgi dinlardan biri hisoblanib, bu din miloddan avvalgi VII-VI asrlarda vujudga kelgan.
6. Zardushtiylikning teologik tizimi va diniy marosimlari.
Download 3.82 Mb.




Download 3.82 Mb.