Windows Operatsion tizimi




Download 244.39 Kb.
bet3/4
Sana28.02.2022
Hajmi244.39 Kb.
#18190
1   2   3   4
Bog'liq
Operatsion tizimlar
30711405 Qurilish mashinalari operatori Восстановлен
Windows Operatsion tizimi. Windows(Inglizchadan olingan bo’lib, Oynalar, lavhalar yoki darchalar degan ma’noni anglatadi.) Windows Operatsion tizimi Microsoft kompaniyasi tomonidan ishlab chiqarilgan. Windows Operatsion tizimi oilasida Windows 95 birinchi grafik operatsion tizimi ham kiradi. Windows 95 1995-yilning sentabr oyida IBM PC kompyuterlari uchun ishlab chiqilgan. Windows 95 nafaqat Windows oilasida balki butun dunyodagi ishlab chiqilgan eng birinchi grafik operatsion tizim hisoblanadi. Windows muhitida foydalanuvchi interfeysining asosiy tushunchasi oyna va piktogramma hisoblanadi. 2001-yilda ishlab chiqarilgan Windows XP(XP - Experience – tajriba, sinov) operatsion tizimi bundan oldin ishlab chiqilgan Windows oilasi tizimlaridan tubdan farq qiladi. Windows tizimlari eng ko’p foydalanuvchiga ega hisoblanadi. Windows tizimlarida ichida eng yangisi Windows 11 hisoblanadi, ushbu tizim android dasturlarni(APK kengaytmali dasturlar) ochish uchun o’zining komplatoriga ega hisoblanadi. Windows tizimlarini faqat oddiy foydalanish uchun emas, balki tijorat sohalarida tijorat maqsadlarida ham keng ishlatiladi.

Windows tizimining eng muhim xususiyatlari:


1. Yopiq ishchi muhit. Bu operatsion tizimda mumkin bo’lgan barcha amallar tizimdan chiqmasdan bajarish mumkinligini anglatadi.
2. Grafik Tizim. Windows MS DOS dan farqli buyruqlarni foydalanuvchidan matnli satrlarda kiritish talab etilmaydi.

Windows operatsion tizimining asosiy afzalliklari:


1. Ko’p masalalik. Bir vaqtda ko’plab dasturlar(oynalar) bilan ishlash imkoniyati.
2. Yagona dastur interfeysi. Tizimda bir dasturda tayyorlangan ma’lumotlarni boshqa dasturlarga olib o’tish imkoniyatini mavjudligi.
3. Yagona foydalanuvchi interfeysi. Tizimdagi bir dastur interfeysida ishlashni o’zlashtirib, boshqa dastur interfeysida ishlash oson.
4. Resurslarni boshqarish. Tizim kompyuter resurslarini qurilmalar va tezkor xotirani to’la ishlata oladi.

Windows tizimida quyudagi tushunchalar bilan ishlanadi:


Piktogramma – obyektni aniqlovchi tasviri.
Fayl belgisi – Fayl nomi va uni ochadigan dasturga mos belgi
Yorliq – Fayl va papkaga tez murojaat qilish uchun ishlatiladi.
Papka(katalog) – Fayl va papkalarni o’z ichigan olgan joy.
Savatcha – o’chirilgan fayllarni vaqtincha saqlash turish uchun joy.



Download 244.39 Kb.
1   2   3   4




Download 244.39 Kb.