Operatsion tizimlarning yuklanishi haqida




Download 244.39 Kb.
bet2/4
Sana28.02.2022
Hajmi244.39 Kb.
#18190
1   2   3   4
Bog'liq
Operatsion tizimlar
30711405 Qurilish mashinalari operatori Восстановлен
Operatsion tizimlarning yuklanishi haqida. Operatsion tizim yoki dasturlar kompyuterning xotira qurilmasida yoziladi. Asosiy dastur(BIOS) kompyuter tizim blokini ichiga joylashtiriladigan Asosiy plata(Ona plata) ning maxsus qismida Doimiy xotira(ROM) qurilmasida Asosiy platani ishlab chiqaruvchisi tomonidan yozilgan bo’ladi. Operatsion tizim esa kompyuter tizim blokini Asosiy platasining doimiy xotirasida yozilmaydi. Balki siz Kompyuter xarid qilganingizdan keyin o’zingiz Operatsion tizimni o’rnatasiz, qaysi operatsion tizim sizga maqul kelsa yoki ishingiz taqazo etsa, shu operatsion tizimni o’rnatasiz. Operatsion tizimlar doimiy xotira qurilmasida yozilmaydi. Asosan HDD, SSD turidagi xotira qurilmalarida yoziladi ya’ni axborotlarni saqlash uchun mo’ljallangan xotira qurilmalarida yoziladi. Operatsion tizim yozilgan xotira qurilmasi kompyuterni operatsion tizimni yuklovchisi hisoblanadi. Yuklanayotgan operatsion tizim esa yuklanuvchi operatsion tizim hisoblanadi. Kompyuter yonganda avval BIOS dasturi yuklanadi va kompyuter qurilmalarini tekshiradi. So’ngra BIOS dasturi parametrlarida qaysi xotira qurilmasi birinchi ko’rsatilgan bo’lsa, avval shu xotira qurilmasi operatsion tizimni yuklash uchun ulanadi. Agar unda operatsion tizim mavjud bo’lsa, operatsion tizim undan yuklanadi. Aks holda 2-, 3- xotira qurilmasi tekshiriladi va operatsion tizim mavjud bo’lsa 2-, 3- xotira qurilmasidan operatsion tizim yuklanadi. Agar kompyuterga ulangan xotira qurilmalarini hech qaysida operatsion tizim o’rnatilmagan bo’lsa, Xatolik haqida xabar chiqadi va Operatsion tizim yuklanmaydi. Kompyuter BIOS dasturida qoladi va operatsion tizim bo’lmagani uchun hech qanday dastur bilan ishlay olmaymiz. Operatsion tizim yuklanishi yozganimchalik oddiy emas. Aksincha juda murakkabdir, Bunday katta dasturlarni yuklanishi albatta oson emas. Operatsion tizimni o’zini yuklanish bosqichlari bor. Avval uning asosiy dasturi, yuklovchi dasturi tezkor xotiraga yuklanadi. So’ngra ushbu dastur operatsion tizimni qolgan barcha kerakli dasturlarni tezkor xotiraga yuklab beradi. Kompyuter dasturlarida berilgan amallarni bajaradigan qurilma protsessor deb ataladi. Dasturlar protsessorga operatsion tizim yozilgan yoki ma’umotlar saqlanadigan xotira qurilmasidan uzatilmaydi, balki tezkor xotiradan uzatiladi. Kompyuter yoqilganda operatsion tizim(dastur)lar tezkor xotiraga yuklanadi. Keyin hozir qaysi dasturni ishlatayotgan bo’lsak, shu dastur saqlanib turadi. Keraksiz dasturlar tezkor xotiradan o’chirib yuboriladi. Protsessorning bir soniyada qancha amal bajarish imkoniyatiga ega ekanini chastota Hz larda o’lchanadi. Amalda bu birlik kichkina shuning uchun uning o’rniga Mhz, Ghz lar ishlatiladi. Hozirda kunda Protsessorlarning juda tez ishlaydigan turlari ishlab chiqarilyapdi. Kompyuterlar ikkilik pozitsion sanoq tizimida ishlaydi ya’ni 0 va 1 dan iborat sanoq tizimida ishlaydi. Hozirgi kunda 32 va 64 razryadli kompyuterlar ishlatiladi.



Download 244.39 Kb.
1   2   3   4




Download 244.39 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Operatsion tizimlarning yuklanishi haqida

Download 244.39 Kb.