1-Mustaqil ishi. Operatsion tizimlar




Download 244.39 Kb.
bet4/4
Sana28.02.2022
Hajmi244.39 Kb.
#18190
1   2   3   4
Bog'liq
Operatsion tizimlar
30711405 Qurilish mashinalari operatori Восстановлен
Linux operatsion tizimi. Linux bu ochiq kodli va bepul operatsion tizim. Linux operatsion tizimi Linus Torvalds tomonidan yozilgan. Linux emblemasida Tux laqabli pingvincha tasvirlangan. Linux operatsion tizimini dastlabki kodlari Linus Torvalds tomonidan yozilgan. Kodlarini hoxlagan dasturchi olib, Linux asosida o’zining operatsion tizimini yozishi mumkin. Ko’plab mamlakatlardagi dasturchilar linux asosida o’zining operatsion tizimini ishlab chiqmoqda. O’zimizning o’zbek dasturchilarimiz “Yosh dasturchilarni tayyorlash va ularni qo’llab quvvatlash markazi” tomonidan Linux asosida milliy operatsion tizimimiz ishlab chiqilgan. Milliy operatsion tizimimiz Doppix(Doppi – Do’ppi, X - Linux) deb nomlanganva emblemasida milliylikni ifodalash uchun do’ppi kiygan pingvincha tasvirlangan. Hozirda ko’plab mobil qurilmalarimiz ishlayotgan operatsion tizim Android ham Linux asosida ishlab chiqilgan. Android odamsimon robot ma’nosini anglatadi. Android ochiq kodli operatsion tizim sifatida tanilgan. AOSP – Android Open Source Project – Android ochiq kodli loyihasi hisoblanadi. Android ham ochiq kodli operatsion tizim bo’lgani uchun hoxlagan dasturchi Android asosida o’zining operatsion tizimini ishlab chiqishi mumkin. Ochiq kodli operatsion tizimlarning afzalligi tomoni har kim undan erkin foydala olishidadir. Android operatsion tizimlar hozirda hammani hayotiga kirib keldi desam mubolag’a bo’lmaydi. Hozirda Android operatsion tizimida ishlaydigan telefon, planshet, netbuk, noutbuk, kompyuter, soat, televizor, avtomobil va boshqa qurilmalar ishlab chiqarilyapdi. Android foydalanuvchilar soni bo’yicha Windows bilan birga birinchi o’rinda turadi. Keyingi o’rinlarda Mac va IOS kiradi.


Linux asosida ishlab chiqilgan operatsion tizimlarga misollar: Android, Doppix, Ubuntu, Fedora, Debian, Mandriva, Manjaro, CentOS, Mageria, Gentoo, ReactOS va boshqalar.
Download 244.39 Kb.
1   2   3   4




Download 244.39 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



1-Mustaqil ishi. Operatsion tizimlar

Download 244.39 Kb.