-§. HAYOTNING EKOSISTEMA DARAJASI XUSUSIYATLARI




Download 4,78 Mb.
Pdf ko'rish
bet10/179
Sana18.06.2024
Hajmi4,78 Mb.
#264228
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   179
Bog'liq
Biologiya 11 sinf

3-§. HAYOTNING EKOSISTEMA DARAJASI XUSUSIYATLARI.
BIOGEOTSENOZ – BIOLOGIK SISTEMA
Tayanch bilimlaringizni qo‘llang
. Hayot tuzilishining biogeotsenoz 
dara jasiga ta’rif bering. Hayotning biogeotsenoz darajasi strukturaviy 
funksio nal birligi nimadan iborat? Hayotning biogeotsenoz darajasiga 
xos qanday hayotiy jarayonlarni bilasiz?
Biogeotsenoz (yunoncha «bios» – hayot, «ge» – yer va «koinos» – umumiy 
so‘zlaridan olingan) evolutsiya jarayonida ma’lum bir hududni egallagan har 
xil turga mansub bakteriya, zamburug‘, o‘simlik va hayvonlar jamoasidan 
iborat ochiq biosistemadir. Biogeotsenoz haqidagi ta’limotni rus botanik olimi 


15
V.N. Sukachev yaratgan. U biogeotsenoz tirik tabiatning muhim funksional 
tuzilish birligi ekanligini hamda biogeotsenoz ikkita tarkibiy qismdan – tirik 
organizmlar majmuasi (biotsenoz) hamda atrof-muhit sharoitlari majmuasi – 
biotop (yunoncha «bios» – hayot va «topos» – joy)dan iboratligini ko‘rsatib 
bergan (2-rasm). 
2-rasm.
Biogeotsenoz strukturasi (V.N.Sukachev bo‘yicha).
Yer yuzida tabiiy jamoalar uchramaydigan joy deyarli yo‘q. Hayot 
biogeotsenozlar shaklida atrof-muhitning qariyb barcha qismlarini egallagan. Bu 
o‘z navbatida biogeotsenozlarning hayot tuzilish darajasidan biri sifatida muhim 
ahamiyatini belgilaydi. Har qanday biogeotsenoz ma’lum bir hududda tarqalgan 
va ma’lum chegaraga ega. Tirik organizmlar jamoalari cho‘llar, shimoliy 
kengliklar, ekvator, dengiz va okeanlar, tuproq va tog‘larda ham uchraydi. 
Biogeotsenozlar har qanday biosistemalar kabi bir butun, barqaror 
tizim bo‘lib, uning bu xususiyatlari moddalarning davriy aylanishi orqali 
ta’minlanadi. Biogeotsenoz tuzilishi va xususiyatlarini ekologiyaning alohida 
bo‘limi – 
biogeotsenologiya
o‘rganadi. 
Atmosfera
Tuproq
Suv
Hayvonlar
O‘simliklar

Download 4,78 Mb.
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   179




Download 4,78 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



-§. HAYOTNING EKOSISTEMA DARAJASI XUSUSIYATLARI

Download 4,78 Mb.
Pdf ko'rish