1. O`simlik hujayrasi uchun xos belgini ko`rsating. A yadro va sitoplazma




Download 20.79 Kb.
Sana22.09.2023
Hajmi20.79 Kb.
#83590
Bog'liq
9.xujayra
“Yangi Oʻzbekistonni oʻzimiz, oʻz qoʻlimiz bilan quramiz” esse, Boysunov Asliddin, Fan oylik boshlang\'ich buyrug\'i (3), x, Doc1, ма, @kompyuterscience 5 9 sinflar uchun yillik taqvimiy ish reja, Qadimgi Sharqda asotiriy tasavvurlar va falsafiy bilimlarning pa, Karimov Abdullatif komp tashkil etish 1-mus ish maruza, Samarqand filiali Kompyuter injenering fakulteti, 1- top(2), Baxtiyor.uz-Ustama-ariza-shakli, Araliq qadagalaw, Kurbanova Nargiza -key

1. O`simlik hujayrasi uchun xos belgini ko`rsating.
A) yadro va sitoplazma
B) yadro, sitoplazma, hujayra qobig`i
C) yadro, sitoplazma, hujayra qobig`i, plastida, hujayra markazi
D) yadro, sitoplazma, hujayra qobig`i, plastida va vakuola
2. O’simlik hujayrasining boshqa organizm hujayralaridan
Tuzilishiga ko’ra asosiy farqini toping.
A) yadro,plastidalar,mitxondriyalar
B) plastidalar,sitoplazma,ribosoma
C) mitoxondriya,ribosoma,vakuola
D) selluloza,vakuola,plastida
3.o’simlik hujayralarining qobig’i qanday
Moddalardan tashkil topgan?
A) oqsilardan
B) oligosaxaridlardan
C) uglevodlardan
D) polisaxaridlardan
4.Hujayraning osmotik hususiyatlari qaysi
Organoidlarga bog’liq?
A) lizosoma B) vakuola
C) sitoplazma D) ribasoma
5. Leykoplastlar uchraydigan o`simlik qismlarini aniqlang.
A) tugunak, piyozbosh, ildiz
B) ildiz, barg, tugunak
C) tugunak, barg, gul
D) gul, meva, urug`
6. Hujayra menbranasi qanday vazifalarni bajaradi?
1 moddalar almashinuvi 2 oqsil sintezi 3 hujayra bo`linishi
4 zaharli chiqindilarni qonga chiqarish 5 hujayralararo suyuqliklardagi ionlar tarkibini muvozanatda ushlab turadi
A) 2.4.5 B) 1.2.3
C) 1.3.4 D) 1.4.5
7. Membranalari silliq, yassilangan bo`shliqlar, yirik vakuolalar va mayda pufakchalardan tuzilgan hujayra organoidini belgilang.
A) golji apparati
B) mitoxondriya
C) lizosoma
D) endoplazmatik to`r
8. Hujayrada qaysi organoid sitoplazma umumiy hajmining 30% – 50% ini tashkil etadi ?
A) endoplazmatik to`r
B) ribosoma
C) mitoxondriya
D) golji apparati
9. Xromosomalarning qaysi qismi faol faoliyatdagi genlardan tashkil topgan ?
A) yaxshi bo`yalmaydigan
B) to`q bo`yaladigan
C) yadrocha hosil qiladigan
D) RNK sintezlovchi
10. Eukariot hujayralarining kattaligi va shakli asosan nimaga bog`liq ?
A) hujayralarning xususiy organoidlariga
B) hujayralarning umumiy organoidlariga
C) yadroning shakli, tuzlilshi va soniga
D) bajaradigan vazifasiga
11. Qaysi tirik organizmlar guruhida hujayra markazi aniqlanmagan?
A) umurtqasizlar B) sutemizuvchilar
C) xordalilar D) suvo`tlar
12. O`simlik va hayvon hujayralari uchun umumiy bo`lgan belgilarni aniqlang?
1 hujayraning bo`linishi 2 oziqlanishi, o`sishi 3 genetik kod 4 sellulozali hujayra qobig`i 5 modda va energiya almashinuvi 6 plazmatik membrana 7 ATF sintezi 8 hujayraning kimyovi tarkibi
A) 5.8.3.6 B) 8.2.5.3.7
C) 7.5.3.2.1 D) 1.3.5.7.8
13. Prokariot hujayralarning xarakterli belgilarini aniqlang?
1 amitoz usulda bo`linadi 2 nukleoid membrana bilan sitoplazmadan ajralamaydi 3 oqsillari DNK bilan kompleks xosil qiladi 4 yadro membrana bilan sitoplazmadan ajraladi 5 hazm vakuola bo’lmaydi 6 hujayra po’sti selluloza 7 genofor bitta halqasimon xromasomadan iborat 8 oziq moddalar shimib olish
A) 1.6.4.2.7 B) 5.6.3.7.4
C) 6.5.2.8.7 D) 1.2.7.8.5
14. Plazmatik membrana tuzilishini aniqlang ?
1 glikokaliks 2 ikki qator lipidlar 3 ikki qator oqsillar 4 oqsil molekulalari 5 ikki qator uglevodlar 6 nuklein kislatalar
A) 2.4 B) 1.3.5
C) 2.3.5 D) 1.3.6
15. Invaginatsiya nazaryasiga ko`ra mitaxondriyalar qanday hosil bo`ladi ?
A) hujayralarning simbioz holda hoyot kechirishi natijasida
B) yadro qobigining tashqi membranasi hisobiga
C) hujayra qobig`ining sitoplazmaga botib kirishi natijasida
D) yadro va xloroplastlarning bo`linish hisobiga
16. Yadro qanday asosiy funksiyani bajaradi ?
1 irsiy axborotni saqlaydi 2 uglevodlarni sintezlash 3 zapas oziq modda to`plash 4 irsiy axborotni ko`paytirish 5 moddalar almashinuvini boshqarish 6 hujayraga shakl berish
A) 1.5.6 B) 2.3.4
C) 1.4.5 D) 2.4.6
17. Qaysi hujayralar tarkibida silliq endoplazmatik to`r yaxshi rivojlangan ?
1 epiteliy 2 ter bezi 3 jigar 4 o`simlikning urug` hujayralari 5 ildiz hujayralari 6 eritrotsitlar 7 nerv hujayralari
A) 1.3.6 B) 2.3.4
C) 2.5.6 D) 3.6.7
18. Oqsil molekulalari plazmatik membranada qanday tartibda joylashgan ?
1 lipid qatlamlarining tashqarisida 2 lipid qatlamlarining ichki yuzasida 3 membranaga to`la botib 4 lipid qatlamlarida tartibsiz 5 membranaga yarim botib 6 glikokaliksning tashqarisida yarim botib 7 sitoplazmaga to`liq botib
A) 1.2.3 B) 2.3.4
C) 1. D) 4.5.6
19. Mikronaycha va oqsil tolachalar qaysi organizm hujayralarida yaxshi rivojlangan ?
A) o`simlik
B) hayvon
C) bakteriya
D) zamburug`
20. Hujayrada ribosomalari qanday vazifalarni bajaradi ?
A) ATF sintezi
B) DNK sintezi
C) oqsil sintezi
D) oziqni hazm qilish
21. Hujayraga kirgan oziq moddalarning hazm bo`lishida ishtrok etuvchi organoidni belgilang?
A) ribosoma
B) vakuola
C) lizosoma
D) leykoplast
22. Sentriolaning asosiy vazifasi nimadan iborat ?
A) hujayra organoidlarini hosil qilish
B) hujayra bo`linishida, fotosintezda ishtrok etadi
C) yadro va yadrochalarni shakllanishida ishtirok etadi
D) hujayraning bo`linishida, bo`linish duki hosil bo`lishida ishtirok etadi
23. Oqsil, yog`, uglevod, va nuklein kislotalarni parchalovchi fermentlarni tutuvchi hujayra organoidini belgilang ?
A) vakuola
B) ribosoma
C) endoplazmatik to`r
D) lizosoma
24. Tashqi va ichki membranasi bo`lgan organoidlarni belgilang ?
A) lizosoma, yadro, xloroplast
B) vakuola, endoplazmatik to`r, mitoxondriya
C) golji apparati, xloroplast, lizosoma
D) yadro, xloroplast, mitoxondriya
25. Odamning jinsiy hujayralari yadrosidagi xromasomalar sonini belgilang ?
A) 26 B) 24 C) 23 D) 22
26. Lizosoma tarkibidagi fermentlar hujayraning qaysi organoidida sintezlanadi ?
A) sitoplazma, ribosomalarda
B) endoplazmatik to`rdagi ribosomalarda
C) golji apparatida
D) mitoxondriyada
27. Plazmatik membranani qaysi moddalar tashkil etadi ?
A) uglevod, yog`lar
B) oqsil,uglevodlar
C) oqsil, lipid
D) oqsil, mineral tuzlar
28. Donador endoplazmatik to`r qanday vazifani bajaradi
A) uglevodlarni sintezlash
B) yog`larni sintezlash
C) oqsilni sintezlash
D) energiya hosil qilish
29. Hujayrada lizosoma qanday vazifani bajaradi ?
A) harakatlanish
B) energiya hosil qilish
C) hujayra ichidagi moddalarni hazm bo`lishida ishtirok etadi
D) to`g`ri javob berilmagan
30. Sitoskeletni hosil qiluvchi organoidlarni belgilang?
A) sitoplazma, mikronaycha
B) oqsil tolachalar, mikronaychalar
C) oqsil tolachalar, endoplazmatik to`r
D) kiprikchalar, xivchinlilar
31. Eukariot hujayralar evolutsiyasi haqida qanday gipotezalar mavjud?
A) biogen, abiogen
B) simbioz, invaginatsiya
C) invaginatsiya, aerob
D) simbioz, prokariot
32. Qaysi hujayra organoidi hujayralar ichida va hujayra orasida moddalarning tashilishini, aylanishini ta’minlovchi umumiy aylanma tizimi hisoblanadi ?
A) golji apparati
B) mikronaychalar
C) endaplazmatik to`r
D) oqsil tolachalar
33. Quyidagi belgilardan hujayra yadrochasi uchun xos bo’lmagan belgilarni aniqlang ?
A) to’q bo`yaluvchi tanacha, oqsil sintez qilish
B) faqat interfaza xolatdagi hujayralari bo`ladi
C) mitoz vaqtida yo’qoladi
D) ayrim RNK sintezlovchi xromasomalar tarkibida bo`ladi
34. Mitoxondriyalarning qaysi qismi uning kristalarini hosil qiladi ?
A) tashqi membrana burmalari
B) kichik membran burmalari
C) mitoxondriya matriksi
D) kichik membrana
35. Plazmoliz bu …
A) sitoplazmaning hujayra po`stiga birikishidir
B) yadro qobig`ini erib ketishi
C) sitoplazmaning hujayra po`stidan ajralishi
D) yadro qobig`ini erib ketishi


Download 20.79 Kb.




Download 20.79 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



1. O`simlik hujayrasi uchun xos belgini ko`rsating. A yadro va sitoplazma

Download 20.79 Kb.