• Write va WriteLine metodlari
  • Writeline
  • /*simvollarni izohini boshlaydi.*/
  • 1-qator: Nomlar maydonidan using System sinflardan foydalanishimiz mumkinligini anglatadi. 2-qator




    Download 0.73 Mb.
    bet3/43
    Sana15.10.2023
    Hajmi0.73 Mb.
    #87780
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   43
    Bog'liq
    C# asoslari
    biologiya-fanidan-5-9-sinf-testlar-1, 25-may senariy, 1-Маъруза, 2) 2021-22-ДАСТУР-ИПИ ва ИТИ, ИС, 479668, 5-seminar KP, ehtimollar maruza1, D Xusanov mustakil ishi Davlat soliq xizmati organlarida amalga oshiriladigan nazorat tadbirlari, 1690796889737, anketa, FOTOELEKTRON EMISSIYA VA UNING QO`LLANISHI, Abduqaxxorov. F, @XHUZB Юрт бўйнидаги қилич ёки истило, Konspekt. Konspekt turlari, xos xususiyatlari Vaqt 2 soat-fayllar.org
    ReadLine metodi. ReadLine metodi kiritish qurilmalaridan matnning satrini qabul qiladi (uning qiymati keyingi satrga o‘tish belgisi bilan tugaydi ). U string tipidagi qiymat yoki null (agar kiritish amalga oshmagan bo‘lsa) qiymatini qaytaradi.
    namespace Misol
    {
    internal class Program
    {
    static void Main(string[] args)
    {
    string s = Console.ReadLine();
    Console.WriteLine("Kiritilgan satr:" +s);
    }
    }
    }
    Write va WriteLine metodlari. Write metodi unga yuborilgan o‘zgaruvchi qiymatini ekranga chiqarish vazifasini bajaradi. U string tipini qabul qiladi. U barcha bazali tiplar uchun ishlaydi. Shuning uchun uni parametr sifatida chaqirish mumkin.
    Masalan:
    namespace Misol
    {
    internal class Program
    {
    static void Main(string[] args)
    {
    Console.Write("Kirish");
    Console.ReadKey();
    }
    }
    }
    Bu dastur hozircha hech qanday ish bajarmaydi, u faqat ekranga Kirish degan yozuvni chiqaradi.
    Writeline metodining farqi shundaki, u keyingi (yangi) satrdan boshlab o‘ziga yuborilgan o‘zgaruvchi qiymatini ekranga chiqarib beradi.
    Masalan:
    namespace Misol
    {
    internal class Program
    {
    static void Main(string[] args)
    {
    Console.WriteLine("Kirish");
    Console.ReadKey();
    }
    }
    }

    C# Izoh


    Ba`zan dastur kodida shunday matnlarni yozishga to`g`ri keladiki, bu matnlar dastur kodini o`quvchi uchun mo`ljallangan izoh bo`lib, u kompilyator tomonidan inobatga olinmaydi. C# da buni ikki yo’l bilan bajarish mumkin:
    /*simvollarni izohini boshlaydi.*/simvollari izohni tugatadi. Bu ko`p qatorli izohlarni hosil qilishda, dasturning bir qismini tahrir qilishda foydalanish mumkin. /* */ izohlar ichma-ich bo`lmaydi.
    //simvollarni izohini boshlaydi. Izoh o`zi boshlangan qator oxirida tugaydi. Bu usul qisqa izohlarni hosil qilishda foydali.
    namespace UzbekDevs
    {
    internal class Program
    {
    static void Main(string[] args)
    {
    double a, b;
    Console.Write("a=");// Bu kod a ni ekranga chiqarib beradi
    a = double.Parse(Console.ReadLine()); // Bu a ni kompyuterga o'qityapmiz
    Console.Write("b=");// Bu kod b ni ekranga chiqarib beradi
    b = double.Parse(Console.ReadLine()); //Bu b ni kompyuterga o'qityapmiz
    double c = a + b; // Qo'shish amalini bajaramiz
    Console.WriteLine("a+b=" +c);
    double d = a - b; // Ayirish amalini bajaramiz
    Console.WriteLine("a-b=" + d);
    double e = a * b; // Ko'paytirish amalini bajaramiz
    Console.WriteLine("a*b=" + e);
    double f = a / b; // Bo'lish amalini bajaramiz
    Console.WriteLine("a/b=" + f);
    Console.ReadKey(); 
    }
    }
    }
    Mana bu misol orqali izohlar to’g’risida sizga ma’lumot berdik.Bu yerdan ko’rinib turibdiki, izoh komplatsiya qilinmas ekan.Endi sizga vazifa ushbu kodni natijasini o’zingiz olasiz.Natijani olish qanaqa bo’ladi? Siz birinchi dasturni komplatsiya qilasiz tugmasi orqali.Keyin a va b larga qiymat berasiz.Qiymat berganingizdan so’ng, tugmasini bosasiz va natija chiqadi. Biz sizga shunga o’xshash masalalarni o’zingiz mustaqil yechishni maslahat beramiz.Shunda sizda ko’nikma hosil bo’ladi. 

    Download 0.73 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   43




    Download 0.73 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    1-qator: Nomlar maydonidan using System sinflardan foydalanishimiz mumkinligini anglatadi. 2-qator

    Download 0.73 Mb.