• Linus Torvaldsning
  • FTP serverning
  • Linux OTining ishchi stoli ko’rinishi
  • Linux ОT tomonidan beriladigan imkoniyatlar
  • Tizimni qattiq diska o'rnatish




    Download 262,89 Kb.
    bet29/71
    Sana15.01.2024
    Hajmi262,89 Kb.
    #137574
    1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   71
    Bog'liq
    1-savol Amaliy dasturiy taʼminot va ularning turlari-fayllar.org

    Tizimni qattiq diska o'rnatish. O'rnatish boshlanagan vaqtda Fedoraning asosiy oynasi ochiladi va bunda hech qanday amal bajarilmadi, keyingi qadamga o'tadi .Keyingi qadamda o'rnatilmoqchi bo'lgan tizimning tili tanlanadi. Tanlangan til bir vaqtning o'zida soatlar oraligini sozlanmasini sozlab beradi .Fedorada tizimni har xil tipli saqlash qurilmalariga o'rnatish mumkin. Oddiy saqlash qurilmasi yoki maxsus saqlash qurilmasiga o'rnatish mumkin
    Biz tizimni o'rnatishda oddiy saqlash qurilmasi-qattiq diskka
    o'rnatamiz. Saqlash qurilmasini tanlashimizda, ishchi oynada barcha
    qurilmalarning ro'yhati chiqadi Har bir saqlash qurilmasi, alohida qatorlarda ko'rsatiladi. Agar biz bir nechta saqlash qurilmasini tanlab ko'rsatsak, anaconda funksiyasi qaysi qurilmaga OT o'rnatilishi va qaysi qurilmaga fayl tizimi qo'shilishini aniq ko'rsatishni talab etiladi.Yuqoridagi oynaning chap tomonida barcha saqlash qurilmalari joylashgan bo'lsa, o'ng tomonda o'rtalishi kerak bo'lgan saqlash qurilmasi ro'yhati joylashgan.Agar bizning kompyuterimizda oldin Fedora yoki Red Hat Linux OT o'rnatilgan bo'lsa, tizimni yangilash taklif etiladi .Keyingi qadamda root foydalanuvchisi parollari kiritiladi va bu root foydalanuvchisining tizimdagi o'rni juda muhim hisoblanadi, shuning uchun unga qo'yiladigan parol esdan chiqmasligi lozim. Root foydalanuvchisi Windows OT dagi administrator foydalanuvchisi bilan bir darajadai foydalanuvchi hisoblanadi.Root foydalanuvchisi yordamida dasturlar paketi, tizimni yangilash va tizimga xizmat ko'rsatish kabi amallar bajariladi (10-rasm).
    Tizimni yuklovchi qismini sozlashda GRUB funksiyasidan foydalaniladi.
    GRUB (Grand Unified Bootloader) - odatiy holatda tizimni yuklovchi funksiya hisoblanadi (grub DOS, Windows kabi OT lar muhitida ishlamaydi) Agar komputerda boshqa OT lar bo'lmasa yoki ularni o'chirib tashlasak, GRUB odatiy holatda o'rnatiladi. Agar kompyuterda boshqa OT lar o'rnatilgan bo'lsa, Fedora avtanom tarzda ularni aniqlaydi va yuklanishini sozlaydi.
    Barcha sozlanmalar amalga oshgandan keyin tizim qayta yuklanib, foydalanuvchilar qayd yozuvi sozlanadi. Shu bilan tizim ishga tayyor holatga keladi.
    62. Linux operatsion tizimining grafik interfeysi va asosiy tushunchalar

    Linux operatsion tizimi 1991 yil Xеlsinkidagi univеrsitеtlardan birida taxsil oluvchi talaba Linus Torvaldsning disеrtatsiya ishi natijasida, UNIX opеratsion tizimi asosida yangi opеratsion tizimi sifatida yuzaga kеldi. Avvaliga Torvalds yangi operatsion tizimni Freax (inglizcha "free", "freak" so’zlari hamda UNIX oilasiga mansubligini bildiruvchi "X" xarflari birlashmasi) deb atamoqchi edi. Biroq kernel birinchi bor joylashtirilgan FTP serverning administratori hamda Tordaldsning do’sti Ari Lemka kernelga tegishli jildni linux deb nomladi. Shu-shu bu operatsion tizim ushbu nom bilan atala boshlandi.


    Linux erkin tarqatiladigan ta’minotlardan biridir, ya’ni har bir foydalanuvchi dastlabki tizim kodlarini Intеrnеt tarmog’i orqali yoki bo’lmasa kompakt-diskdagi nusxasini sotib olish imkoniyatiga ega. Bu opеratsion tizimning 2 ta ishlash uchun mo’ljallangan intеrfеyslari bo’lib, ular GUI (Graphic User Interface) - grafikali intеrfays hamda CLI (Command Line Interface) - konsol, ya’ni komandalar qatoridan iboratdir.Linux OTining ishchi stoli ko’rinishi.Linux - bu shaxsiy kompyuterlar va ishchi stansiyalar uchun Unix - turkumli operatsion sistema. Bu tarmoqli darchali grafik sistemasiga ega bo’lgan X Window System sistemasi bo’lib, ko’p qo’llaniladigan, yaxshi himoyalangan tarmoqli operatsion sistema hisoblanadi.
    Foydalanuvchilarning ko’p qismi GNU/Linuxni o’rnatish uchun distributivlar bilan foydalanishadi. Distributiv – bu nafaqat programmalar to’plamidir, balki foydalanuvchilarning bir qator masalalarining yechimi, birlashtirilgan yakka sistemalar markaziy o’rnatgichi, boshqarish va yangilash paketlari, moslashtirishlar va texnik yordamlar majmuasidir. Dunyoda eng ko’p tarqalgan distributivlar:Linux ОT tomonidan beriladigan imkoniyatlar
    Ham ish joyida, ham uyda foydalanish uchun legal (ochiq) ravishda zamonaviy OSga ega bo’lish imkoniyatini beradi;
    tez harakatlanish darajasiga ega;
    mustahkam, barqaror, uzilishlarsiz ishlaydi;
    viruslar ta’siridan xoli;
    zamonaviy РKlаr imkoniyatlaridan to’la foydalanishga imkoniyat beradi hamda Dos va MS Windowslarga xos bo’igan kompyuterlar xotirasi va protsessorlar resurslaridan foydalanishdagi cheklanganlikni olib tashlaydi;
    ko’p vazifalilik va ustuvorliklarni samarali boshqaradi, fanga oid vazifalar (uzoq hisoblash, modem orqali elektron pochtani jo’natish, disketlarni formatlash va h.k.) interaktiv ishlashga xalal bermaydi;
    kompyuterni lokal va global tarmoqlarga, shu jumladan «Internet» ga oson integratsiya qilishga imkon beradi; Novell va MS Windows asosidagi tarmoqlar bilan ishlaydi;
    Unix, MS Dos va MS Windowslarning turli versiyalardagi boshqa OTlarning to’ldirilgan formatda berilgan amaliy dasturlarini bajarish imkoniyatini beradi;
    Unix dunyosida jamlangan va dastlabki matnlar bilan birga ochiq tarqatilayotgan juda ko’p sonli turli dasturiy paketiardan foydalanishga imkon yaratadi;
    Linux hamda boshqa OT da ishlashga yaroqli, obyektga oriyentirlashtirilgan, ko’p darchali matnli yoki grafik interfeysli kliyent-server klassidagi sistemani ham kiritgan holda istalgan darajadagi murakkab amaliy dasturlarni ishlab chiqish uchun instrumental vositalarning boy to’plami bilan ta’minlaydi;
    foydalanuvchiga va, ayniqsa, ishlab chiquvchiga barcha komponentlarning, OT yadrosini ham qo’shgan holda, boy hujjatlar va dastlabki matnlar ko’rinishida ajoyib o’quv bazasini beradi;
    barcha xohlovchilarga ishlab chiqishda o’z kuchini sinab ko’rishga, Linux OT chiquvchilarining istalgani bilan Internet orqali muloqot qilish va birgalikda ishlash hamda ushbu sistemaga hammuallif bo’lib o’z hissasini qo’shishga imkon beradi.
    Linux - to’laqonli 32- razryadli (64-razryadlisi DEC AXP platformasida bo’ladi) operatsion sistema bo’lib, kompyuterni to’la quvvat bilan ishlatadi. Linux IBM PS shaxsiy kompyuterni haqiqiy ishchi stansiyaga aylantiradi. Shaxsiy kompyuterning narxi ishchi stansiya narxidan juda past turadi.



    Download 262,89 Kb.
    1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   71




    Download 262,89 Kb.