|
1-savol: Amaliy dasturiy taʼminot va ularning turlari
|
bet | 26/71 | Sana | 15.01.2024 | Hajmi | 262,89 Kb. | | #137574 |
Bog'liq 1-savol Amaliy dasturiy taʼminot va ularning turlari-fayllar.orgDasturiy taʼminot yoki software bu komputerda maʼlum bir tur-dagi vazifani bajarish uchun ishlab chiqilgan vositadir. Aynan shu dasturiy taminotgina komputer - „quruq temir“ degan atamani yoʻqqa chiqargan. Dasturiy vositalar komputer tomonidan qoʻllaniladigan barcha dasturlar toʻplamidir. tizimli(unga turli yordamchi vazifalarni bajaruvchi dasturlar kiradi : task manager (windows osda mavjud)),amaliy (unga foydalanuvchiga aniq bir foydalanish sohasida maʼlumotlarga ishlov berish va qayta ishlashni amalga oshiruvchi dasturlar, masalan : microsoft office, adobe cc), uskunaviy (bular dasturlash uchun ishlatiladigan dasturlar). Tizimli dasturiy ta'minot (Sistem software) - kompyutеrning va kompyutеr tarmoqlarining ishini ta'minlovchi dasturlar majmua-sidir. Tizimli dasturlar ta'minoti deganda avvalo operatsion tizim tushuniladi. Operatsion tizim maxsus dastur, aniqrog’i dasturlar umumiy tizimda jamlashganbo’lib, u kompyuter qurilmalarining ishini bosh-qaradi, turli qurilmalarining boshqa dasturlar tomonidan ishlatilishini tashkillashtiradi, bir necha dasturlarning birgalikda ishlashini xotira qurilmalarida ma’lumotlarni saqlanishi, ularning xafvsizligi va butunligi ta’minlaydi.
- Operatsion sistemalar - kompyuter va foydalanuvchi o'rtasida muloqot o'rnatish, kompyuterni va dasturlarni ishini boshqarish uchun mo'ljallangan. Misollar: MS DOS, Windows XP, Vista, Linux, Unix, OS/2, Mac X va boshqalar.
- Fayl menejerlari - fayl va kataloglar (katalog, direktoriy) ustida bir qator amallarni bajarish imkonini beradi - yaratish, o'chirish, nusxa ko'chirish, nomini o'zgartirish, ko'chirish, tahrirlash, ochib ko'rish va hokazo. Misollar: Norton Commander, Dos Navigator, Far Manager, Volkov Commander, Total Commander va boshqalar.
- Antivirus - kompyuterni viruslardan saqlash va himoyalash, qattiq disk, media vositalarni virusga tekshirish va davolash vazifalarini bajaradigan dastur. Misollar: Norton Antivirus, NOD32, MacAfee Antivirus, Panda Antivirus, DrWeb, Antivirus Kasperskogo va boshqalar.
- Arxivator - kompyuterdagi ma'lumotlarni ixcham shaklga keltirish, ya'ni arxivga joylashtirish, chiqarish, yangilash kabi vazifalarni bajaradigan dastur. Misollar: ARJ, RAR, ZIP, WinZip, WinAce, WinRAR va hokazo.
- Tarmoq dasturlari - tarmoqlarda kompyuter ishlarini boshqarishda asosiy vazifani bajarishadi.
|
| |