• 50 Kompyuter virusi
  • Kompyuter virusi o'zi nima?




    Download 262,89 Kb.
    bet22/71
    Sana15.01.2024
    Hajmi262,89 Kb.
    #137574
    1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   71
    Bog'liq
    1-savol Amaliy dasturiy taʼminot va ularning turlari-fayllar.org

    49 Kompyuter virusi o'zi nima?
    Ular ma'naviy qashshoq, hayotdan va boshqalardan alamzada dasturchilar tomonidan g’arazli maqsadlarda yozilgan dastur. Ular odatda, ko'p martalab nusxalanadi va ijrochi fayllarga "yopishib oladi". Ularning "ishga tushishi" oqibatida goh displeyda turli yot yozuvlar paydo bo'lishi, goh disqdagi yozuvlar (fayllar) ni o'chirib yuborishi mumkin.
    Odatda foydalanuvchiga virus dasturlarining nomigina ma'lum bo'lishi mumkin. Masalan, Black Hole (qora teshik), Black Friday (qora juma), Friday 13 (o'n uchinchi juma), "sekin ta'sir qiluvchi virus" va hokazo. Mazkur viruslar ekranning chap burchagidan qora teshik ochishi yoki 13 sana juma kunlari ishlayotgan fayllarni yo'qotishi, bundan tashqari har 5 minutda kompyuter ishini bir necha yuz marotalab sun'iy sekinlashtirib yuborishi mumkin.
    Odatda TR-viruslar deb nomlanuvchi viruslar guruhi ajoyib xossaga ega. Zararlangan dasturni ko'rish chog'ida virus dasturi tuzatilgan dastur ichiga "suqilib" kirib oladi va o'zini namoyon etmaydi. Shunga o'xshash pokistoncha viruslar (Brain Ashet) ham zararlangan kompyuterlarda o'z "faoliyatini" ayyorlarcha olib boradi. Keng tarqalgan viruslarni ikki guruhga bo'lish mumkin:
    -fayllar uchun (COM, EXE va DLL ni zararlaydi); -Boot-viruslar (disketlarni boshlang'ich yuklovchi sektorlari yoki MBR (Master Boot Record) qattiq diskning yuklovchi sohasini zararlaydi. Tarmoqqa zarar keltiruvchi alohida viruslar ham mavjud. Ular replikatorlar deb atalib, tarmoqdagi barcha yoki ba'zi abonentlarni zararlaydi. Ulardan eng "taniqlisi" Morrisa nomlisidir. 1988 yilda ushbu virus Internet tarmog'idagi 30000 ta kompyuterdan 6000 tasiga zarar keltirib, "karomat" ko'rsatgan.

    50 Kompyuter virusi — internet orqali suzib yuradigan, kompyuter programmalarini yoʻq qilib, ishlamay qolishiga sabab boʻladigan programma. Hozirgi kunda bu viruslarga qarshi Antiviruslar ishlab chiqarilgan. Viruslar haqida dastlabki maʼlumotlar amerikalik T. J. Raynning 1977-yilgi fantastik asarida uchraydi. Bu asarda 7000 kompyuter virusdan zararlanganligi haqida soʻz boradi. Virus ham tuzilishiga koʻra dastur, lekin zararli! Hozirda viruslar juda keng klassifikatsiya ega. Ular keng qamrovda faoliyat olib bormoqda. Masalan: Kasperskiy antivirusi 1,5 million virusni aniqlay oladi (2009-yil maʼlumoti). Dunyodagi birinchi virus dasturi 1988-yili Karnell Universiteti aspiranti Robert Moris(kichik) tomonidan Internet tarmogʻiga joylashtirilgan. Bu virus oʻz faoliyatini Unix operatsion tizimi xato-kamchiliklaridan gʻarazli maqsadlarda foydalanish bilan amalga oshirgan. Robert Moris tuzgan virus juda katta koʻlamli zarar keltirdi. Robert moris esa uzoq muddatli qamoq jazosiga mahkum etildi, lekin uning nomi bir umrga tarixda qoldi. Kompyuter virusi — EHM ning xavfli „dasturi“. Kompyuter egasini ogoxlantirmay va uning istagiga qarshi uning dasturiga „joylashtiriladi“ va zaryadlangan faylni navbatdagi qoʻyishda koʻpayadi. Kompyuter virusi kompyuterning risoladagi ish meʼyorini buzadi, maʼlumotlarni oʻchirib yuboradi, displey (monitor) ekranidagi tasvirni buzadi, hisoblash jarayonini sekinlashtiradi. Kompyuter virusi dasturini ishlab chiquvchilar 20-asr 80-yillari boshida AQShda paydo boʻldi, keyin dunyoning barcha mamlakatlariga tarqaldi. Kompyuter virusiga qarshi kurashish uchun maxsus dasturlar ishlab chiqiladi[1].

    Download 262,89 Kb.
    1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   71




    Download 262,89 Kb.