Elektron hisoblash mashinalarining avlodlari




Download 262,89 Kb.
bet20/71
Sana15.01.2024
Hajmi262,89 Kb.
#137574
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   71
Bog'liq
1-savol Amaliy dasturiy taʼminot va ularning turlari-fayllar.org

46 Elektron hisoblash mashinalarining avlodlari
Birinchi sovet EHMi 1950 yilda akademik S.A.Lebedev rahbarligida yaratildi. U MESM (kichik elektron hisoblash mashinasi) deb ataldi. Bir yildan keyin S.A.Lebedev rahbarligida BESM (katta elektron hisoblash mashinasi) yaratildi. Qisqa davr ichida, tranzistor va integral sxemaning kashfiyoti tufayli, bugungi kungacha elektron hisoblash mashinalarining to`rtta avlodi yaratildi.
Birinchi avlod mashinalari. (1950 yillar boshlari) Birinchi avlod EHMlari markaziy protsessorining elementlar bazasi sifatida umumiy soni bir necha o`n rninglarga yetgan elektron lampalardan foydalanilgan. Operativ xotira ferrit o’zaklar bloklarida qurilgan. Ko`plab ishlab chiqarilgan sovet davri mashinalaridan birinchi avlodga mansublari Strella (1953 y.), Ural (1954y.), M-20 (1959y.), Minsk -1 (1960 y.), BESM seriyali qator mashinalar kiradi. Sekundiga 10000 amalni bajaradi. Xotirasiga 2047 tagacha son sig`adi. Operativ xotira hajmi mashinaviy so`zning uzunligi bilan ikkilik raqamlar yoki bitlar (bit-bo`lak, bo`lakcha ma`nosini anglatadigan inglizcha bit so`zidan olingan bo`lib, bitta ikkilik raqamidan tashkil topgan ma`lumotdagi informasiya miqdori kabi aniqlanadigan informasiya birligini anglatadi) soni bilan aniqlanadi. Mashinaviy so`zning standart uzunligi 8 ta ikkilik raqamni o`z ichiga oladi bunday birlikni bayt (bite-bo`lakcha) deyiladi: 1 bayt- 8 bit. Shunga o`xshash kattaroq o`lchov birliklari ham ishlatiladi: 1-kilobayt (kb)=1024 bayt, 1 megabayt(mg)=1024 kb.
Ikkinchi avlod mashinalari. (1960 yillar boshlari). Ikkinchi avlod mashinalari birinchi avlod mashinalaridan farqli o`laroq markaziy protsessorining elimentlar bazasi sifatida tranzistorlar ishlatilgan operativ xotira, avvalgidek ferromagnit o`zaklaridan quriladi, ammo ularning o`lchovlari keskin kamaytirilgan edi.
1948 yili amerikalik Shotkli familiyali fizik tomonidan tranzistor deb ataluvchi yarim o’tkazgichli asbob yaratildi. Tranzistorlar lampalardan o’lchamlari, kam energiya iste’mol qilishlari, eng asosiysi, ishonchliligi, ya’ni uzoq vaqt ishdan chiqmasligi bilan ajralib turar edilar va ular tezda elektron lampa – triodni iste’moldan siqib chiqara boshladilar.
Yarim o’tkazgichli triod – tranzistor va diod keng qo’llanilgan sohalardan biri elektron hisoblash mashinalari edi. 1955 yilda Bell kompaniyasining ilmiy izlanishlar bilan shug’ullanuvchi Bell Laboratories firmasi tomonidan to’liq yarim o’tkazgichlardan iborat TRADIC deb nomlangan hisoblash mashinasini yaratildi. Bu mashina 800 ta tranzistordan iborat bo’lib, kompyuterlarning ikkinchi avlodiga tegishli birinchi mashina edi.
Ikkinchi avlodga tegishli mashinalardan eng mashhuri va ommaviyi DEC firmasi tomonidan 1960 yildan boshlab ishlab chiqilgan PDP-1 mini kompyuteridir. Aynan shu mashinaning yaratilishi, uning ommaviy ravishda ishlab chiqarilishga kirishilgani, uning ekspluatasion xarakteristikalarining yaxshilanishi va narxining pasayishi kabi omillar sababli hisoblash mashinalarini kichikroq tashkilotlar, tijorat firmalari va o’quv yurtlari ham sotib ola boshladilar.
Ikkinchi avlod mashinalari o`zi-ning parametrlari bo`yicha birinchi avlod mashinalaridan keskin ustunlikka ega edi. Ular bir sekundda 100000 taga yaqin amallardan iborat tezkorlikka va 3200 ta so`zdan iborat operativ xotira hajmiga ega edi. Tranzistorlar asosida yig`ilgan. Ikkinchi avlod mashinalari qatoriga Rossiyada ishlab chiqarilgan Mir, Minsk-22, M-220, BESM-4, Minsk-32 va boshqalar kiradi.Birinchi avlod mashinalarida ishlaganda dasturchi dasturni bevosita mashina tilida yozgan, ikkinchi avlod mashinalarining ko`pchiligida esa mashinalar tilida dasturlashdan algoritmik tillarda dasturlashga o`tilgan. Birinchi algoritmik tillar 50-yillarning oxiri 60-yillarning boshida paydo bo`ldi. Misol sifatida Algol-60 ni keltirish mumkin.
Algoritmik tillarning muhim afzalligi ularning universalligida va xalqaro standartning mavjudligidadir, bu tillarda yozilgan dastur qanday konkret tur mashinaga mo`ljallanganiga mutlaqo bog`liq emas. Algoritmik tilda yozilgan dastur EHMda bajarilishi uchun u, avvalo, shu universal tildan mashinaning o`z tiliga o`tkazilishi lozim. Buni EHM ning o`zi maxsus dastur-translyator (translator-tarjimon) yordamida amalga oshiradi.
Uchinchi avlod mashinalari. (1960 yillar oxiri va 70 yillar bosh-lari). Yarim o`tkazgichlarni ishlab chiqarish texnologiyasining takomillashishi integral sxemalar deb nom olgan mikroelektron qurilma-larining yaratilishiga olib keldi.
Alohida tranzistorlar o`rniga integral sxemalardan foydalanish EHM uzellari o`lchamlarini ancha kamaytirishga, ularning tejamliligiga va mustahkamligini oshirishga imkon beradi.
1964 yili navbatdagi, tijorat nuqtai nazaridan juda omadli model IBM kompaniyasining IBM System /360 kompyuteri yaratildi. Bu kompyuter tranzistorlarda emas, balki integral sxemalarda (aniqrog’i mikro-sxemalarda) yasalgan edi. Integral sxemalar dastlab oddiy platalarda yig’ilgan bo’lib, ularning har biri kompyuterning registri, xotira uyasi, manzil deshifratori kabi standart qurilmalar edi. Bu qurilmalardan biri ishdan chiqqanda undagi nosoz asbobni almashtirish o’rniga butun plata almashtirilar edi va kompyuter yana ishga tushardi.
Integral sxemalar razyom orqali kompyuter korpusiga ulanar va boshqa qurilmalar bilan bog’lanar edi. Oradan biroz vaqt o’tgach, kompyuterning butlovchi qismlari standartlashdi. Standart qurilmalarning ishonchliligini oshirish, uning narxini kamaytirish yo’lidagi urinishlar keyinchalik kompyuterlarni butunlay o’zgartirib yuborgan ixtiroga olib keldi. Bu kremniy kristallida avvalgidek bitta tranzistor emas, birdaniga bir-biri bilan kerakli usulda ulangan bir necha tranzistorlar joylashtirish edi. Natijada qurilmalarning o’lchamlari yanada kichiklashdi, ular iste’mol qiladigan energiya yanada kamaydi. Qurilmalar kamroq qiziydigan bo’ldi va bu ularning ishonchliligini yanada oshirdi. Bunday integral sxemalar mikro integral sxemalar yoki sodda qilib mikrosxema-
lar deb ataldi.
Integral sxemalar uchinchi avlod mashinalari markaziy protsessor-larining elementlar bazasi bo`lib qoladi.
Hisoblash texnikasida integral sxemalarining keng qo`llanilishi ularni takomillashtirish, tezkorli-gini sekundiga 10 mln.ta amalga yetkazish, operativ xotirani bir necha megabaytgacha (MB) kengay-tirish kabi yangi imkoniyatlar ochdi.
IBM System/360 ana shunday mikrosxemalardan yasalgan birinchi kompyuter edi. Bunday kompyuterlar uchinchi avlod kompyuterlari deb ataladi. Uchinchi avlod kompyuterlari yanada arzonroq, yanada kuchliroq bo’lib, kompyuterlar yanada ommaviylasha boshladi. Aynan uchinchi avlod kompyuterlarida birinchi marta kompyuterning operatsion tizimi deb ataluvchi maxsus dasturiy ta’minot qo’llanila boshladi.
Uchinchi avlod mashinalariga misol qilib yagona sistemadagi EHM (ES EVM) larni ham keltirish mumkin. Bu sistema SEV ga a`zo sosialistik mam-lakatlarning xalqaro hamkorligi tomoni-dan 1969 yil dekabrida tasdiqlangan ko`p tomonlama kelishuvi bo`yicha yaratildi va ularni 1972 yildan boshlab ishlab chiqarildi. Keyingi yillarda ES EVM ning o`zgartirilgan modellarini chiqarish boshlandi. Yagona sistemadagi EHM qator kapitalistik mamlakatlardagi EHM modellari bilan raqobat qila oladi. Turiga qarab sekundiga 2 mln. gacha turli amallarni bajara oladi. 3-avlod - integral mikrosxemalar.
To`rtinchi avlod mashinalari. Elektron asbob – tranzistorlarning mikrosxemaga joylashishining juda qulayligi ravshan bo’lib qoldi. Bitta mikrosxemaga dastlab o’nlab, so’ng yuzlab tranzistorlar joylana bosh-landi. Endi mikrosxemalarni tabaqalash uchun kichik mikrosxemalar, o’rtacha mikrosxemalar, kata mikrosxemalar deb atala boshlandi. Ular bir-biridan o’lchamlari bilan emas, balki ularga joylangan tranzistorlar soni bilan farqlanar edilar. Katta va o’ta katta mikrosxemalar asosida yaratilgan kompyuterlar to’rtinchi avlod kompyuterlari deb atala boshladi. Bunday kompyuterlar 1975 yildan boshlab ishlab chiqarila boshlangan.
To`rtinchi avlod mashinalari - bu hisoblash texnikasi rivojlanishida yangi qadamdir. To`rtinchi avlod EHMlari katta integral sxemalarda qurilgan, ko`p protsessorli mashinalardir. Bu turdagi EHM larning tezligi sekundiga 10 million amaldan ortiqdir.
To`rtinchi avlodga tegishli bo`lgan hisoblash mashinalaridan biri ko`p protsessorli hisoblash kompleksi -«ELBRUS» dir. «Elbrus» zamo-naviy aloqa yo`llari orqali juda ko`p EHM larni yagona markazga birlashtirish va ularga uzoqda joylashgan kanallarni ulash imkoniyatiga ega. Bu holda barcha foydalanuvchilar ixtiyoriy EHM dan foydalanish va undagi axborotlarni olish imkoniyatiga ega bo`la oladilar. EHM lardan foydalanishning bu usuli (ko`pchilikning bir paytda foydalanishi) hisoblash tarmog`i bo`lib, u o`zaro bir-biriga ulangan va ma’lumotlarni bir-biriga tezda uzata oladigan EHM lar guruhidan iboratdir.
Ma`lumotlarni kiritish qurilmalari: klaviatura, manipulyator (sichqoncha), joystik, nurli pero-mexanik “sichqon”, optik “sichqon”, skaner, grafik planshet, sensorli ekran, nutqni kiritish vositasi. Shaxsiy kompyuter (ShK)-bu qo`llanilishining hamma boplik va universallik talablarini qondiruvchi stolli yoki ko`chma EHMdir
Beshinchi avlod mashinalari - 1982 yilda ushbu avlod EHMlarini ishlab chiqarish dasturi Yaponiyada qabul qilingan edi. Unga ko‘ra 1991 yilda sun‘iy tafakkur masalalarini yechish imkonini beradigan prinsipial jihatdan yangi kompyuterlar ishlab chiqilishi ko‘zda tutilgan edi. Prolog dasturlash tili asosida va kompyuterlarning yangi konstruksiyalari yordamida sun‘iy tafakkur yo‘nalishining asosiy masalalari bo‘lgan bilimlarni saqlash va qayta ishlash masalalari hal qilinishi kerak edi. Qisqacha qilib aytganda beshinchi avlod EHMlari uchun dasturlar yaratish shart emas edi. Ularga tabiiy tilda masala qo‘yilishi tushuntirilsa, masala bo‘yicha yechim olish muammo bo‘lmasligi kerak edi.Kоmpyutеr rivоjlаnishining аsоsiy bosqichlari
Quyidа kоmpyutеr tехnikаsining rivоjlаnishigа tа’sir ko’rsаtgаn vоqеаlаr kеltirilgаn.
1642 yil. Blеz Pаskаl (Blaise Pascal) sоnlаrni summаlаsh uchun mаshinаni tа’riflаdi .
1822 yil. Chаrlz Bаbbаdj (Charles Babbage) аnаlitikаli mаshinа dеb аtаlgаn mехаnik qurilmаni tаklif etdi.
1945 yil. Djоn fоn Nеymаn (John Von Neumann) zаmоnаviy dаsturlаnаdigаn kоmpyutеrlаrning аrхitеkturаsi qаrаlgаn First Draft of a Report on the EDVAC maqolasini yozdi.
1946 yil. Djоn Mоshli (John Mauchly) vа Dj. Prеspеr Ekеrt (J. Presper Eckert) tоmоnidаn ENIAC EХM si ishlаb chiqildi.
1953 yil. IBM firmаsi birinchi elеktrоn kоmpyutеr 701 yarаtdi.
1955 yil. Bell Laboratories firmаsi birinchi TRADIC trаnzistоrli kоmpyutеrini оvоzа qildi.
1958 yil. Texas Instruments firmаsi хizmаttchisi Djеk Kilbi (Jack Kilby), bir yarim o’tkаzgichli plаtаdа trаnzistоr vа kоndеnsаtоrlаrdаn iborat birinchi intеgrаl sхеmаni yarаtdi.
1960 yil. Bell Labs firmаsi birinchi Datarhone mоdеmini ishlаb
chiqdi.
1970 yil. Dunyadа birinchi mоrоtоbа ikki kоmpyutеr оrаsidаgi bоg’lаnish ishgа tushirildi; tаrmоqning birinchi turt mаrkаzi ARRAnet -Kаlifоrniya univеrsitеti, UCLA, SRI International vа YUtа shtаti univеrsitеti.
1971 yil. Sаn-Хоsеdе IBM firmаsi lаbоrаtоriyasidа 8-dyuymli diskеtа yarаtildi.
1971 yil. Electronic News jurnаlidа birinchi mаrоtоbа Intel 4004 mikrоprоtsеssоrning rеklаmаsi jоriy etildi.
1972 yil. Intel 8008 mikrоprоtsеssоrining dеbyuti.
1973 yil. Micpal firmаsi Intel 8008 mikrоprоtsеssоri tarkibida birinchi PC chiqаrdi.
1974 yil. Xerox firmаsining Pаlо Аltо izеrtlаsh mаrkаzigа kiritish qurilmаsi sifаtidа qo’llаnilgаn ish stаntsiyasi yarаtildi.
1976 yil. Shugart Associates firmаsi birinchi 5,25-dyuymli yumshоq disk vа diskоvоdni оvozа qilаdi.
1980 yil. Seagate Technologies firmаsi mikrоkоmpyutеrlеr uchun birinchi qаttiq diskni ishlаb chiqdi.
1981 yil. Аdаm Оsbоrn (Adam Osborne) Osborne I dеb аtаlgаn birinchi pоrtаtiv kоmpyutеrni chiqаrdi.
1981 yil. IBM firmаsi uzining birinchi PC chiqаrdi.
1981 yil. Sony firmаsi birinchi 3,5-dyuymli diskеt vа diskоvоd оvоzа qilindi.
1984 yil. IBM firmаsi Intel 286 prоtsеssоri bаzаsindа PC-AT kоmpyutеrini chiqаrdi.
1985 yil. Philips firmаsi tоmоnidаn birinchi muzikаli kоMPаkt-disk vа CD-ROM chiqarildi.
1986 yil. Compaq firmаsi birinchi Intel 386 prоtsеssоri o’rnаtilgаn Deskpro 386 kоmpyutеrini chiqаrdi.
1987 yil. IBM firmаsi 3,5-dyuymli diskоvоd vа VGA-vidеоаdаrtеr o’rnаtilgаn PS/2 sеmеystvоsi kоmpyutеrlаrini ishlаb chiqarishgа kirishdi.
1988 yil. Compaq firmаsi vа bоshqаdа PC ishlаb chiqаriluvchilаr
yangi kоmpyutеr аrхitеkturаsini ishlаb chiqdi.
1989 yil. Intel firmаsi 1 mln trаnzistоrlаrdаn ibоrаt 486 prоtsеssоrini ishlаb chiqdi.
1990 yil. Jеnеvаdа CERN izеrtlаsh mаrkаzidа gipеrtеkst yarаtish tili (Hyrertext Markur>(WWW) ishlаb chiqildi.
1993 yil. Intel firmаsi P5 oilasiga mansub birinchi Pentium prоtsеssоrini ishlаb chiqdi.
1995 yil. Intel firmаsi P6 oilasiga mansub Pentium Pro prоtsеssоrlаrini sоtishgа chiqаrdi.
1995 yil. Microsoft kоmpаniyasi birinchi 32-rаzryadli Windows 95 оpеrаtsiоn tizimni tаvsiya qildi.
1997 yil. Intel firmаsi MMX instruktsiyasi bilаn ta’minlаngаn Pentium II prоtsеssоrini chiqаrdi.
1998 yil. Microsoft kоmpаniyasi оpеrаtsiоn tizimining yangi vеrsiyasi-ni Windows 98 ni оvоzа qildi.
1998 yil. Intel firmаsi Celeron prоtsеssоrin -Pentium II ning arzonrоq vеrsiyasini tаvsiya qildi.
1999 yil. Intel firmаsi Pentium III prоtsеssоrini chiqаrdi.
2000 yil. Microsoft kоmpаniyasi Windows 2000 оpеrаtsiоn tizimini chiqаrdi.
2000 yil. Intel vа AMD firmаlаri tаktli chоstаtаli 1GGts bo’lgаn prоtsеssоrlаrini chiqаrdi.

Download 262,89 Kb.
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   71




Download 262,89 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Elektron hisoblash mashinalarining avlodlari

Download 262,89 Kb.