• 116-Tashqi xotira va uning turlari
  • 117-Tezkor va doimiy xotira qurilmalarini tashkil etish va ishlatish asoslariXotira.
  • Doimiy xotira.
  • -115-Tarmoq operatsion tizimlari




    Download 262,89 Kb.
    bet56/71
    Sana15.01.2024
    Hajmi262,89 Kb.
    #137574
    1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   71
    Bog'liq
    1-savol Amaliy dasturiy taʼminot va ularning turlari-fayllar.org

    114-115-Tarmoq operatsion tizimlari - lokal tarmoqlarda kompyuter ishlarini boshqarishda asosiy vazifani bajarishadi. Ular local tarmoqga mansub bo'lgan boshqa kompyuterlarni dispetcher boshqaruvi uchun xizmat qiladi. Tarmoq OT lari serverdan ruxsat olgan administratorlar-ning tarmog'ini yoki foydalanuvchini tartibga solib turadi. Bunday OTlarga Microsoft Windows NT, Novell Net Ware, LAN WorkPlace Windows Server 2003, Windows Server 2008 va boshqalarni kiritishimiz mumkin.
    115-Tarmoq Operatsion tizimlar sinflari.
    116-Tashqi xotira va uning turlari
    Komputerdagi ayrim xotira turlari tashqi xotira qurilmalari (TXQ) hisoblanadi. To‘g‘ri, ularda operativ xotiraga nisbatan amallarni bajarish tezligi kamroq, biroq keragicha katta miqdordagi ma‘lumotni saqlash imkonini beradi. Mazkur imkoniyat, hamda TXQ larning arzon bahosi, ular asosida ma‘lumotlar bazasi va banklar tuzishga asos bo‘ladi. TXQ larning bir vaqtda bajariladigan modullari EHM larning tashqi xotiralarini tashkil etadi.
    Ma‘lumki, ma‘lumotlarning miqdoriga doimo talab oshib bormoqda. Misol uchun, hozirgi zamon komputerlari va hisoblash tizimlarida ma‘lumotlar miqdori o‘nlab va yuzlab gigabaytni tashkil etadi.Tashqi xotira qurilmasi juda xilma-xildir. Ularni bir qator belgilar bo’yicha tasniflash mumkin: tashuvchi ko’rinishi bo’yicha, konstruksiya turi bo’yicha, ma’lumotlarni yozish va o’qish tamoyili bo’yicha, murojaat qilish usuli bo’yicha va h.k.
    Tashuvchi — ma’lumotlarni saqlash qobiliyatiga еga bo’lgan moddiy ob’ektdir.Tashuvchining turiga bog’liq ravishda barcha tashqi qurilmalarni magnit lentadagi yig’uvchilar va diskli yig’uvchilarga ajratish mumkin.Magnit lentadagi yig’uvchilar o’z navbatida, ikki turli bo’ladi: bobinali lentadagi yig’uvchilar va kassetali lentadagi yig’uvchilar (strimerlar). Shaxsiy komputerlarda faqat strimerlar ishlatiladi.
    117-Tezkor va doimiy xotira qurilmalarini tashkil etish va ishlatish asoslariXotira. Xotira kompyuterda dasturlar va berilganlarni, amal natijalarini saqlaydigan qurilma. Xotiraning turlari ko`p: tezkor, doimiy, tashqi, kesh, video va boshqalar. Tezkor xotira kompyuterning muhim qismi bo`lib, protsessor undan amallarni bajarish uchun dastur, berilganlarni oladi va amalni bajarib, natijani yana unda saqlaydi. Shuni alohida ta`kidlash lozimki, kompyuter o`chirilsa, tezkor xotirada saqlanayotgan dasturlar va berilganlar yo`q bo`lib ketadi. Shuning uchun ularni qattiq diskda yoki disketalarda saqlab qolish kerak. Kompyuter ishlab turganda elektr tokini ogohlantirmasdan o`chirish, umuman aytganda, katta zarar keltirishi mumkin. Barcha turdagi xotiralar uchun muhim tushuncha uning hajmidir. Kompyuterlarda ma`lumot birligining eng kichik o`lchovi sifatida bayt qabul qilingan bo`lib, 1 bayt 8 bit (ikkili raqam)ga teng. O`z navbatida bayt bir simvolni (belgini) tasvirlaydi. Familiyangizni kompyuterga kiritish uchun familiyangizda nechta harf bo`lsa, u xotirada shuncha bayt joyni egallaydi. Xotira hajmi birligi sifatida kilobayt qabul qilingan va u K bilan belgilanadi. O`z navbatida bir kilobayt 1024 baytga teng. 1024 kilobayt esa 1 Mbayt (Megabayt)ga teng. Xotiraning katta-kichikligiga qarab u yoki bu dasturlar majmuini ishlata olish mumkin. Misol uchun 1 Megabayt xotiraga ega kompyuterlarda faqat DOS sistemasida ishlash mumkin bo`lsa, 4 Megabaytli kompyuterlarda imkoniyatlari ko`proq bo`lgan dasturlarni, xususan WINDOWS 3.1,3.11 dasturlarini ishlatish mumkin. WINDOWS 95 ni to`laqonli ishlashi uchun 16 Megabayt xotira va kamida 486 protsessorli kompyuter, WINDOWS 98, 2000 operatsion sistemasida ishlash uchun, Foto Shop, Corell Drawe va boshqa hozirgi zamon dasturlarini ishlatish uchun kamida 32 Mbayt xotirali va PENTIUM_2,3 protsessorli kompyuterlar lozimdir. Bu ko`rsatkichlar yangi protsessorlar va dastur mahsulotlarini paydo bo`lishi bilan yil sayin oshib boradi. Doimiy xotira. Kompyuterlarda berilganlar unga avvaldan joylashtirilgan doimiy xotira (BIOS-Basic Input- Output System-kiritish chiqarishning asosiy sistemasi) mavjud. Bunday xotiradan faqat o`qish mumkin. Shuning uchun ham u ROM (Read Only Memory-faqat o`qish uchun) deb ataladi. IBM PC kompyuterlarda bu xotira kompyuter jihozlarini ishlashini tekshirish, operatsion sistemasini boshlang’ich yuklanishini ta`minlash, qurilmalarga xizmat ko`rsatishning asosiy funksiyalarini bajarish uchun ishlatiladi.

    Download 262,89 Kb.
    1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   71




    Download 262,89 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    -115-Tarmoq operatsion tizimlari

    Download 262,89 Kb.