• Keys topshirig‘i
  • Tinglovchilar uchun ko‘rsatmalar
  • Keysni echish jarayoni
  • HDD (Hard Disk Drive yoki ПЗУ)
  • RAM (Random Access Memory yoki ОЗУ)
  • 2-rasm. Ochilgan oynadagi belgilangan lokalniy disklar hajmini qoshsak, 931Gb + 111GB = 1042Gb, demak bizning HDD hajmimiz 1042Gb ekan
  • 3-rasm. Bunda bizning tezkor xotiramizni umumiy hajmi 4Gb ekan va biz foydalana oladigan joy esa 3,89Gb ekan. (Nega bular bir-biridan farq qilishini keyingi darslarimizda bilib olasiz)
  • 4-rasm. Bunda bizning tezkor xotiramizni umumiy hajmi 4Gb ekan va biz foydalana oladigan joy esa 3,89Gb ekan. (Nega bular bir-biridan farq qilishini keyingi darslarimizda bilib olasiz)
  • 1-topshiriqli keys keys bayoni




    Download 0.52 Mb.
    bet1/3
    Sana03.11.2023
    Hajmi0.52 Mb.
    #93898
      1   2   3
    Bog'liq
    Keyslar
    Alishev Sh dastur Pedagogik dasturiy vositalar 2022-final1, молкуляр, 7-14-1143, bayroq bayonnoma, 6-informatika, 3-lab, Intelekt va kreativlik, kirish testi yangi ишончилиси 25.05.2021, Amirbek Anvarov, ta\'limda VR, Axborot manbalari, Mamadaliyev Nurali, Baxtiyor.uz-Informatika-MOK-testlari, 4-lab, Axborot manbalari

    1-TOPSHIRIQLI KEYS
    Keys bayoni: Kompyuterda har bir qurilmaning ishini boshqaruvchi electron sxemalar mavjud bo`lib, ular adapterlar (moslovchilar) deb ataladi. Barcha adapterlar mikroprotsessor va xotira orqali berilganlarni ayriboshlovchi magestral yo`l deb ataluvchi shinalar orqali bog`langan bo`ladi. Xotira kompyuterda dasturlar va berilganlarni, amal natijalarini saqlaydigan qurilmadir. Xotiraning turlari ko`p: tezkor, doimiy, tashqi, kesh, video va boshqalar.
    Keys topshirig‘i:
    1. WINDOWS operatsion tizimi o'rnatilgan kompyuterlarda doimiy xotira (HDD), tezkor xotira (RAM) va video xotiraning hajmini qanday ko'rishni ko'rib chiqing?
    2. Bu qurilmalar nima vazifa bajarishini izohlab bering?.
    Tinglovchilar uchun ko‘rsatmalar:
    1. Keys mohiyatini yetarlicha anglab oling.
    2. Keltirilgan tushunchalarni saralab oling.
    3. Mavjud voqea yuzasidan muammoga aniq yechim topishga harakat qiling.
    4. Yechimni bayon eting.
    Keysni echish jarayoni:
    1. O‘quvchi keys mohiyatini yetarlicha anglab oladi.
    2. O‘quvchi voqea yuzasidan muammoga hal etishga bo‘lgan aniq amaliy
    vazifalarni bajarish yo‘larini tahlil qiladi.
    3. O‘quvchi voqea yuzasidan muammoni hal etishga bo‘lgan amaliy
    vazifalarni bajarilish ketma-ketligini aniq belgilab oladi.
    4. O‘quvchi yechimni bayon etadi.

    O‘qituvchining yechimi
    O‘quvchi voqea yuzasidan muammoni hal etishga bo‘lgan amaliy
    vazifalarni bajarilish ketma-ketligini aniq belgilab oladi.

    1. HDD (Hard Disk Drive yoki ПЗУ) boshqacharoq qilib aytganda doimiy xotira ya'ni bizning ma'lumotlarimiz tizim ma'lumotlari va tizimning o'zi ham saqlanadigan joy hisoblanadi. Bu xotira kompyuterimiz o'chiq bo'lganda ham ma'lumotlarimizni salaydi va qachonki undan foydalanadigan bo'lsak elektr toki manbaiga ulanishi kerak.
      2. RAM (Random Access Memory yoki ОЗУ) ya'ni tezkor xotira, bu xotira orqali biz HDD da saqlanadigan operatsion tizimni yoki ishga tushgan operatsion tizimda turli dasturlarni amallarni bajarish uchun vaqtinchalik doimiy xotiradan bu xotiraga ko'chiriladi. Ya'ni real vaqtda tizim va tizim dasturlari ishlashi uchun zarur ma'lumotlar shu joyda vaqtinchalik saqlanadi.

      3. Graphical memory ya'ni video xotira bu operatsion tizim video grafik muhitda ishlay olishi uchun zarur hisoblanadi. Ya'ni bizda video karta mavjud bo'lsa, bizning kompyuter operatsion tizimni, undagi dasturlarni va o'yinlarni sifatini ancha yuqori daraja qilib bizga ko'rsatadi.Bizning kompyuterda bular qancha yuqori bo'lsa kompyuterimiz shunchalik tezroq ishlay olish imkoniyatiga ega bo'ladi.Birinchi bo'lib, HDD ni hajmini qanday ko'rish mumkinligini ko'rib chiqamiz. Bunda biz ish stoli (рабочий стол) dagi bu kompyuter (этот компьютер) ning ustiga sichqonchaning o'ng tugmasini 2 marta bosamiz va bizda ochilgan oynada bir necha lokal disklar (локальный диск) mavjud bo'lishi mumkin yoki 1 va 2 ta bo'lishi ham mumkin. Odatda ular 2 ta bo'ladi: «lokal disk (локальный диск) C» va «lokal disk (локальный диск) D» bo'ladi. Odatda C diskda operatsion tizim va uning dasturlari saqlanadi va D diskda esa bizning shaxsiy ma'lumotlarimiz saqlanadi (Bu D,C harflar ahamiyatga ega emas ularni istagan boshaa harfga o'zgartirish mumkin). Ularni quyidagi rasmlar orqali tushuntirishga harakat qilamiz.


    1-rasm. «Этот компьютер» ni ustiga sichqonchaning chap tugmasini ikki marta bosamiz

    2-rasm. Ochilgan oynadagi belgilangan lokalniy disklar hajmini qo'shsak, 931Gb + 111GB = 1042Gb, demak bizning HDD hajmimiz 1042Gb ekan
    Endi tezkor xotiraning hajmini ko'rishni ko'rsak. Bunda biz #2mavzu da o'rgangan biron-bir usuldan foydalanamiz. Men 1-usuldan foydalanaman. Ish stolidagi (рабочий стол) mening kompyuterim (мой компьютер) yoki bu kompyuter (этот компьютер) ga sichqonchamizni olib borib, uning o'ng tugmasini bosamiz va svoystva (свойства) bo'limini tanlaymiz (ESLATMA, BU HOLATDA MENING KOMPYUTERIM YORLIQ BO'LISHI KERAK EMAS).



    3-rasm. Bunda bizning tezkor xotiramizni umumiy hajmi 4Gb ekan va biz foydalana oladigan joy esa 3,89Gb ekan. (Nega bular bir-biridan farq qilishini keyingi darslarimizda bilib olasiz)So'ngi xotiramiz video xotira. Buni ko'rish uchun biz klaviatura yordamidan foydalanamiz. Ish stolida (рабочий стол) turib biz klaviaturadagi WIN + R tugmalarini birgalikda bosamiz. ochilgan bajaruvchi (Выполнить) oynachaga «dxdiag» deb yozamiz. (Bajaruvchi oyna haqida keyingi darslarimizda batafsil ko'rib chiqamiz). Bizda oynacha ochiladi undan yuqoridagi bo'lim (панель) lardan «экран» bo'limiga o'tamiz va umumiy xotira «всего памяти» ni ko'rsak, bizni video xotiraning hajmini ko'rgan bo'lamiz. Buni quyidagi rasm orqali tushuntirishga harakat qilamiz.

    4-rasm. Bunda bizning tezkor xotiramizni umumiy hajmi 4Gb ekan va biz foydalana oladigan joy esa 3,89Gb ekan. (Nega bular bir-biridan farq qilishini keyingi darslarimizda bilib olasiz)So'ngi xotiramiz video xotira. Buni ko'rish uchun biz klaviatura yordamidan foydalanamiz. Ish stolida (рабочий стол) turib biz klaviaturadagi WIN + R tugmalarini birgalikda bosamiz. ochilgan bajaruvchi (Выполнить) oynachaga «dxdiag» deb yozamiz. (Bajaruvchi oyna haqida keyingi darslarimizda batafsil ko'rib chiqamiz). Bizda oynacha ochiladi undan yuqoridagi bo'lim (панель) lardan «экран» bo'limiga o'tamiz va umumiy xotira «всего памяти» ni ko'rsak, bizni video xotiraning hajmini ko'rgan bo'lamiz. Buni quyidagi rasm orqali tushuntirishga harakat qilamiz.
    5-rasm. «Экран» bo'limiga o'tamiz va «всего памяти» ni ko'ramiz. Bizning holatimizda video xotiraning hajmi 1792 Mb ekan.

    Download 0.52 Mb.
      1   2   3




    Download 0.52 Mb.