|
1-savol Kiberxavfsizlikning asosiy tushunchalari
|
bet | 18/40 | Sana | 09.01.2024 | Hajmi | 197,64 Kb. | | #132778 |
Bog'liq 1-savol Kiberxavfsizlikning asosiy tushunchalari-fayllar.org10-Bilet
1.
Ijtimoiy (sotsial) injineriya - turli psixologik usullar va firibgarlik
amaliyotining to‘plami, uning maqsadi firibgarlik yo‘li bilan shaxs
to‘g‘risida maxfiy ma’lumotlarni olish. Maxfiy ma’lumotlar -
foydalanuvchi ismi/ parollari, shaxsiy ma’lumotlari, ayblov dalillari, bank
karta raqamlari va moliyaviy yoki obro‘sini yo‘qotadigan har qanday
ma’lumot.
Mazkur atama xakerlik sohasidan kirib kelgan, xaker - kompyuter
tizimidagi zaifliklarni qidiradigan odam, boshqacha aytganda
“buzg‘unchi”. Hozirgi vaqtda xakerlar har qanday tizimdagi asosiy zaiflik
- mashina emas, balki shaxs ekanligini yaxshi tushunishadi. Inson, xuddi
kompyuter singari, muayyan qonunlarga muvofiq ishlaydi. Psixologiya,
hiyla-nayranglar va ta’sir mexanizmlari doirasida insoniyat tomonidan
to‘plangan tajribadan foydalangan holda, xakerlar “odamlarga hujum
qilishni” boshlaydilar. Gohida ularni “aql xakerlari” deb ham atashadi.
Masalan, xaker sizdan pul olmoqchi deb faraz qilaylik. Aytaylik, u
sizning telefon raqamingiz va ijtimoiy tarmoqdagi akkauntingiz haqida
ma’lumotga ega. Bundan tashqari, u izlanish natijasida sizning akangiz
borligini ham aniqladi va akangiz haqida ham yetarlicha ma’lumot
to‘pladi. U shuningdek, akangizning telefon raqamini ham biladi.
Shundan so‘ng, ushbu ma’lumotlar asosida o‘z rejasini tuza boshladi.
Reja: Xaker sizga kechki vaqtda telefon qilib, sizga (sizni ismingiz
o‘rniga faqat akangiz ataydigan biror “laqab” ham bo‘lishi mumkin) men
akangman deb tanishtiradi va o‘zini ko‘chada bezorilarga duch kelganini,
ular barcha narsalarini (telefon, pul, plastik kartochka va h.) olib
qo‘yganini aytadi. Bundan tashqari, u o‘ziga bir qiz yordam berganini,
biroq, uning yonida puli yo‘qligini aytadi. Shu bilan birga, ushbu qizni
yonida plastik kartasi borligini va sizdan ushbu plastik kartaga
kasalxonaga yetib borish uchun zarur bo‘lgan 20 000 so‘m pulni ko‘chirib
berishni talab qiladi. Mazkur holatlarning 80% da xakerlar
muvaffaqqiyatga erishganlar va bu ishlarni amalga oshirish malakali
xaker uchun qiyinchilik tug‘dirmaydi.
Mazkur holda akangizni ovozini ajratish imkoniyati haqida gap
borishi mumkin. Biroq, inson turli hayojon va shovqin bo‘lgan muhitda
bo‘lishi mumkin. Bundan tashqari, agar siz uxlab yotgan vaqtingizda
telefon bo‘lsa, ovozni aniqlashingiz yanada qiyinlashadi.
|
| |