• Paket filterlari.
  • Ekspert paketi filtrlari.
  • Tarmoqlararo ekran texnologiyasi




    Download 138,67 Kb.
    bet12/40
    Sana20.12.2023
    Hajmi138,67 Kb.
    #125256
    1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   40
    Bog'liq
    1-savol Kiberxavfsizlikning asosiy tushunchalari

    Tarmoqlararo ekran texnologiyasi
    Tarmoqlararo ekran (TE) - maxsus kompleks tarmoklararo ximoya bo’lib, braundmauer yoki firewall deb ham yuritiladi. TE umumiy tarmokni ikki qismga: ichki va tashqi tarmokga ajaratadi. Ichki tarmok tashkilotning ichki tarmog’i - ximoyalanuvchi tarmok va tashqi tarmok global tarmok - Internet. Umumiy xolda TE ichki tarmokni tashqi tarmokdan bo’ladigan xujumlardan ximoyalaydi (13.1 - rasm).
    TE bir vaqtning o’zida ko’plab ichki tarmok uzellarini ximoyalaydi va quyidagilarni amalga oshiradi:

    • tashqi tarmoqdagi foydalanuvchilardan ichki tarmoq resurslarini himoyalash. Bu foydalonuvchilar xakerlar, masofadan foydalonuvchilar, sheriklar va h. lar bo’lishi mumkin.

    • ichki tarmok foydalonuvchilarini tashqi tarmoksha bo’lgan murojaatlarini chegaralash. Masalan, ishchilarga faqat ruxsat berilgan saytlargagina foydalonishga ruxsat berish.



    Paket filterlari. Bu turdagi tarmoqlararo ekran tarmoq sathida paketlarni tahlillashga asoslangan bo’lib, bunda kalit ma’lumotlar sifatida: manba IP manzili, masofadigi IP manzil, manba porti, masofadagi port, TCP bayroq bitlari (SYN, ACK, RST va hak.) parametrlar asosida amalga oshiriladi. Bu turdagi tarmoqlararo ekran asosan yuqoridagi parametrlar asosida kiruvchi va chiquvchi trafikni tahlillaydi.
    Bu turdagi tarmoqlararo ekran samarali bo’lib, faqat tarmoq sathida ishlaydi va sarlavha ma’lumotlarni tahlillashda katta tezlik beradi. Ammo, bu turdagi tarmoqlararo ekran qator kamchiliklarga ega:

    • holatning turg’unligi mavjud emas, ya’ni har bir paket turlicha bo’ladi;

    • bu turdagi tarmoqlararo ekran TCP aloqani tekshirmaydi;

    • ilova sathi ma’lumotlarni, zararli dasturlarni va hak. tekshirmaydi.

    Bu turdagi tarmoqlararo ekran “Ruxsatlarni nazoratlash ro’yxati (ACL)” yordamida sozlanadi (15.3, 15.4 - rasm).
    Ekspert paketi filtrlari. Bu turdagi tarmoqlararo ekran paketni filterlash vazifasini bajaruvchi tarmoqlararo ekranga mavjud kamchiliklarni bartaraf etadi. Bu turga asosan tekshiruv tarmoq va transport sathida amalga oshiriladi. Kamchiligi esa, tekshirish vaqtining ko’pligi va ilova sathi ma’lumotlarini tekshirish imkoni yo’qligidir (15.5-rasm.).

    Download 138,67 Kb.
    1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   40




    Download 138,67 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Tarmoqlararo ekran texnologiyasi

    Download 138,67 Kb.