Simsiz shaxsiy tarmoqlari




Download 138,67 Kb.
bet14/40
Sana20.12.2023
Hajmi138,67 Kb.
#125256
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   40
Bog'liq
1-savol Kiberxavfsizlikning asosiy tushunchalari

Simsiz shaxsiy tarmoqlari uzatishning katta bo’lmagan masofasi bilan (17 metrgacha) ajralib turadi va katta bo’lmagan binoda ishlatiladi. Bunday tarmoqlarning xarakteristikalari o’rtacha bo’lib, uzatish tezligi odatda 2Mb/s dan oshmaydi.
Bunday tarmoq, masalan, foydalanuvchi PDAsida va uning shaxsiy kompyuterida yoki noutbukida ma’lumotlarni simsiz sinxronlashni ta’minlashi mumkin. Xuddi shu tariqa printer bilan simsiz ulanish ta’minlanadi. Kompyuterni tashqi qurilmalar bilan ulovchi simlar chigalliklarining yo’qolishi yetarlicha jiddiy afzallik bo’lib, buning evaziga tashqi qurilmalarning boshlang’ich o’rnatilishi va keyingi, zaruriyat tutilganda joyining o’zgartirilishi anchagina osonlashadi.

Bluetooth. Ushbu texnologiya qisqa masofalarda simsiz tarmoqni tashkil etish texnologiyasi hisoblanib, 2.4 - 2.485 Ggs oraliqda ishlaydi. Ushbu texnologiya 1994 yilda Ericsson kompaniyasi tomonidan yaratilgan. Ushbu texnologiyaga IEEE tashkiloti tomonidan IEEE 802.15.1 standarti berilgan. Ushbu texnologiyada ma’lumot paket ko’rinishada 79 ta kanaldan biri orqali yuboriladi. Ya’ni har bir kanal uchun 1 Mgs dan chastota berilgan. Bluetooth 4.0 da esa 2 Mgs.dan chastota berilib, kanallar soni esa 40 ta bo’ladi. 79 kanal bo’lgan holda birinchi kanal 2402 Mgs.dan boshlanib, 2480 Mgs.da tugaydi.




Risklarni boshqarish
Risk bu – belgilangan sharoitlarda tahdidning manbalarga potensial zarar yetkazilishini kutish. Bundan tashqari, riskni quyidagicha tushunish mumkin:
- Risk bu – ichki yoki tashqi majburiyatlar natijasida tahdid yoki hodisalarni yuzaga kelishi, yo’qotilishi yoki boshqa salbiy ta’sir ko’rsatishi mumkin bo’lgan voqyea.
- Risk bu – manbaga zarar keltiradigan ichki yoki tashqi zaiflik ta’sirida tahdid bo’lishi ehtimoli.
- Risk bu – voqyea sodir bo’lishi ehtimoli va ushbu hodisaning axborot texnologiyalari aktivlariga ta’siri.
Risk, tahdid, zaiflik va ta’sir tushunchalari o’rtasida o’zaro bog’lanish mavjud bo’lib, ularni quyidagicha tasvirlash mumkin: RISK = Tahdid × Zaiflik × Ta’sir.
Boshqa tomondan, hodisaning axborot aktiviga ta’siri bu – aktivdagi yoki manfaatdor tomonlar uchun aktivning qiymatidagi zaiflikning natijasi ekanligini inobatga olgan holda, riskni quyidagicha ifodalash mumkin: RISK = Tahdid × Zaiflik × Aktiv qiymati.
Risk o’zida quyidagi ikkita faktorni mujassamlashtiradi:
- zararli hodisani yuzaga kelish ehtimoli;
- va zararli hodisaning oqibatlari.
Riskning ta’siri. Risk normal amalga oshirish jarayoniga va loyiha narxiga yoki kutilgan qiymatga ta’sir yetadi. Risk ta’siri tashkilot, jarayon yoki tizimga zararli muhit sababli yuzaga keladi. Ta’sir riskni kuzatilish ehtimoli jiddiyligini ko’rsatadi.
Riskning chastotasi. Riskni aniqlash va baholashga bog’liq holda, risklarni tasniflashda ularning takrorlanish chastotatasiga va ko’p sonli ketma-ketliklarga asoslanadi. Chastota va ko’p sonlilik risklarni monitoring qilishda muhim hususiyat hisoblanib, shu nuqtai nazaridan risklar ikki guruhga: minor risklar – e’tibor talab qilmaydigan va major risklar – alohida e’tibor va kuzatuv talab qiluvchilarga ajratiladi. Risklar chastotasi va ko’p sonligiga asoslangan holda ularni ikki o’lchamli matrisa usuli yordamida guruhlarga ajratish mumkin.
Riskning darajalari. Risk darajasi tarmoqda (yoki tizimga) natijaviy ta’sirning bahosi bo’lib, risk chastotasi va uning ko’p sonligiga ko’ra risklarni darajaga ajratishning ko’plab usullari mavjud. Ulardan eng keng tarqalgan usullaridan biri bu – ikki o’lchamli matrisa usulidir.
Risklarni tahlil qilishda, chastota yoki mojaro kuzatilishi va natijasining ehtimoli bilan ishlash talab etiladi. Bu esa risk darajasini ifodalaydi. Risk quyidagi tenglik bilan ifodalanadi: Risk darajasi=natija ×ehtimollik.
Risk darajalari 4 ta: ekstirmal yuqori, yuqori, o’rta va past, bo’lishi mumkin.
Ekstrimal yuqori yoki yuqori risk paydo bo’lishini va salbiy ta’sirini kamaytirish uchun maxsus yo’naltirilgan qarshi choralarni talab etadi. Bu darajadagi risklar yuqori yoki o’rtacha ta’sirning yuqori ehtimolligiga ega bo’ladi. Mazkur darajadagi risklar jiddiy xavfni olib keladi va shuning uchun, zudlik bilan aniqlash hamda qarshi chora ko’rishni talab qiladi.
O’rta darajali risklar yuqori ehtimollikka ega past natijali hodisa yoki past ehtimollikka ega yuqori natijali hodisa bo’lishi mumkin. Alohida qaralganda yuqori ehtimollikka ega past natijali hodisalar loyiha narxiga yoki kutilgan natijaga kam ta’sir qiladi. Past ehtimollikka ega yuqori natijali hodisalar doimiy monitoringni talab etadi. O’rta darajali risklarga zudlik bilan chora ko’rish talab etilmasada, himoyani dastlabki vaqtda o’rnatish talab etiladi.
Past darajali risklar odatda e’tibor bermasa bo’ladigan yoki keyingi baholashlarda e’tibor bersa bo’ladigan risklar toifasi bo’lib, ularni bartaraf etish qisqa muddatda amalga oshirilishni talab qilmaydi yoki ortiqcha sarf xarajatni keltirib chiqarmaydi.




Download 138,67 Kb.
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   40




Download 138,67 Kb.