Usenet qidiruv tizimi - butun dunyoga taqsimlangan munozaralar mediumi (vositasi)
hisoblanadigan Usenetdan ma´lumot qidiradi
Intranet qidiruv tizimi - alohida tashkilotning ichki tarmog´idagi kompyuterlardan
ma´lumot qidiradi
Desktop qidiruv tizimi - alohida kompyuterning ma´lumotlar bazasidan ma´lumot
Intеrnеt tarmog’idagi qidiruv tushunchasi shuni anglatadiki, bunda har bir foydalanuvchi o’ziga
kеrakli bo’lgan biror ma'lumot yoki matеrialni maxsus qidiruv tizimlari orqali topish
imkoniyatiga ega bo’ladi.
Internet - bepoyon axborot ummoni. Axborotlar Internetda millionlab Web- sahifalarda
saqlanadi. Bizga kerakli axborot saqlanadigan Web-sahifani topish uchun uning Internetdagi
adresini bilish zarur. Ammo internet soat sayin yangi axborotlar bilan boyib boradi.
Shuningdek
,
ba'zi (eskirgan) axborotlar Internet tarmog'idan chiqarib tashlanadi. Internetdagi ko'p
foydalaniladigan Web-sahifalar adreslari maxsus ma'lumotnomalarda chop etib turiladi. Lekin
ulardan to'liq axborot olib bo'lmaydi. Chunki Internetdagi barcha Web-sahifalar adreslarini chop
etish uchun juda katta hajmli kitob kerak bo'ladi. Bu kitob chop etib tugatilmasidan Internetdagi
bir qancha adreslar o'zgarishi aniq. Bu muammo maxsus Qidiruv tizimlari yaratilishi bilan
osonlikcha hal etildi.
Intеrnеt tarmog’i foydalanuvchilari qidiruvni Intеrnеt muhitida joylashgan vеb- saytlar,
ularning manzili va ichki ma'lumotlari bo’yicha olib borishi mumkin. Bu esa
foydalanuvchiga kеrakli bo’lgan axborotni samarali qidirish va tеz topish imkoniyatini
bеradi.