• Digital Equipment
  • TCP/IP ning tashkil etuvchilari TCP/IP
  • 3-savol Lokal kompyuter tarmog’ida ishlashning afzalligi
  • -savol TCP/IP qaydnomalari




    Download 1,52 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet4/10
    Sana19.01.2024
    Hajmi1,52 Mb.
    #141058
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
    Bog'liq
    1-qismi

    4-savol TCP/IP qaydnomalari 
    TCP/IP (Transmission Control Protocol/Internet Protocol - uzatishni boshqarish qaydnomasi/Internet 
    qaydnomasi) kompyuter tarmog’ida ma’lumotlarni uzatish qaydnomalari majmuining nomidir. TCP/IP 
    jumlasi o’z ichiga Transmission Control Protocol (TCP) va Internet Protocol (IP) qaydnomalar nomlarini 
    birlashtirib olgan qaydnoma bo’lib, u shunday qoidalar majmuiki, bunda TCP/IP barcha kompyuter 
    ishlab chiqaruvchi kompaniyalarning moslamaviy va dasturiy ta’minot hamkorligini ta’minlaydi. Bu 
    qoida jumladan, TCP/IP paketi bilan ishlovchi Digital Equipment firmasi kompyuterlaridan PC 
    Compaq kompyuterlariga murojaat qilishni kafolatlaydi. TCP/IP ochiq qaydnoma, bu shuni bildiradiki, 
    qaydnoma haqidagi barcha ma’lumotlar chop etilgan va undan barcha ochiq foydalanadi. Bunday 
    siyosat bu sohaning tezkor rivojlanishiga olib keldi. 
    TCP/IP ning tashkil etuvchilari 
    TCP/IP tarkibiga kiruvchi turli servis va ularning bajaradigan vazifalariga qarab har xil sinflarga 
    bo’linadi. Quyida qaydnoma guruhlari va ularning bajaradigan vazifalari keltiriladi. 
    TCP (Transmission Control Protocol). Qabul qiluvchi va uzatuvchi kompyuterlarning mantiqiy 
    bog’lanishiga asoslangan ma’lumotlar uzatilishini qo’llab-quvvatlovchi qaydnoma. 
    IP (Internet Protocol). Ma’lumotlar uzatishni ta’minlaydi. 
    RIP (Routing Information Protocol). Manzilga xabarlarni yetkazuvchi eng yaxshi yo’llarni tanlovchi 
    qaydnomalardan biri. 
    OSPF (Open Shortes Path First). Yo’llarni aniqlovchi muqobil qaydnoma. 
    ARP (Address Resolution Protocol). Tarmoqdagi kompyuterning sonli manzilini aniqlaydi. 
    DNS (Domain Name System). Tarmoqdagi kompyuterlarni nomlari bo’yicha sonli manzilini aniqlaydi. 


    3-savol Lokal kompyuter tarmog’ida ishlashning afzalligi 

    Download 1,52 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




    Download 1,52 Mb.
    Pdf ko'rish