|
Mikroprotsessorning tuzilishiBog'liq 1. Shaxsiy kompyuterlarning dasturli ta‘minoti
33. Mikroprotsessorning tuzilishi.
Mikroprotsessor qurilmasi funksional jihatdan ShKning eng murakkab
qurilmasi sanaladi. Ushbu qurilma yo‘riqlarning kodli shinasi vositasida
mashinaning barcha bloklariga yetib boradigan boshqaruv
signallarinishakllantiradi.Komandalar registri - xotirada saqlaydigan
registr bo‘lib, unda komanda kodi, ya’ni bajarilayotgan operatsiya kodi
hamda operatsiyada ishtirok etayotgan operandlarning manzillari
saqlanadi.Komandalar registri MPning interfeys qismida, komandalar
registrlari uchun mo‘ljallangan blok ichida joylashgan.Operatsiyalar
deshifratorlari - mantiqiy blok bo‘lib, komandalar registridan kelayotgan
operatsiya kodiga (OK) muvofiq o‘zida mavjud ko‘plab chiqish
yo‘llaridan birini tanlaydi.Mikrodasturlarni xotirada doimo saqlovchi
qurilma (XDSQ) –ShK bloklarida axborotga ishlov berish operatsiyalari
bajarilishi uchun zarur bo‘ladigan boshqaruvchi signallarni (impulslarni)
o‘z uyalarida saqlaydigan qurilma sanaladi.Deshifrator tomonidan
operatsiya kodiga muvofiq tanlangan operatsiya impulse boshqaruvchi
signallarning zaruriy izchilligini mikrodasturlarni XDSQ ichidan
solishtirib chiqaradi.Manzil shakllantiruvchi uzel (MPning interfeys qismi
ichida joylashgan) -komandalar registri va MPX registrlaridan kelayotgan
rekvizitlar bo‘yicha xotira (registr) uyasining to‘liq manzilini hisoblab
chiqaradigan qurilma.Ma’lumotlarning kodli shinasi, manzillar va
yo‘riqlar – mikroprotsessordagi ichki shinaning bir qismi sanaladi.
Aksariyathollarda BQ quyidagi asosiy amallarning bajarilishi uchun
mo‘ljallangan boshqaruv signallarini shakllantiradi: MPX komandasining
manzilidagi hisoblagich-registr ichidan dasturning navbatdagi komandasi
saqlanayotgan xotiraga tezkor saqlash qurilmasi (XTSQ) uyasining
manzilini tanlab olish; XTSQ uyasi ichidan navbatdagi komandaning
kodini tanlab olish hamda solishtirib chiqarilgan komandani komandalar
registriga qabul qilib olish; operatsiya kodlari va tanlangan komanda
alomatlarining shifrini ochish; XTSQning shifri ochilgan operatsiya
kodiga muvofiq keluvchi uyalari ichidan boshqaruvchi signallarning
(impulslarning) mashinada mavjud barcha bloklarda ma’lum operatsiya
ijrosining tartibini hamda boshqaruvchi signallarning ushbu bloklarga
qayta yuborilish tartibini belgilab beruvchi mikrodasturlarni solishtirib
chiqarish; komandalar registri va MPX registrlari ichidan hisoblarda
ishtirok etayotgan operandlar (sonlar) manzillarining alohida tarkibiy
qismlarini solishtirib chiqarish hamda operandlarning to‘liq manzillarini
shakllantirish; operandlarni (shakllangan manzillar bo‘yicha) tanlash va
ushbu operandlarga ishlov berishga oid ma’lum operatsiyani bajarish;
amalga oshirilgan operatsiya natijalarini xotiraga saqlash; dasturning
navbatdagi komandasiga taalluqli manzilni shakllantirish.
|
| |