Kompyuterga qo’shimcha yangi qurilmalarni ulash




Download 0,51 Mb.
Pdf ko'rish
bet13/23
Sana01.12.2023
Hajmi0,51 Mb.
#108934
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   23
Bog'liq
1. Shaxsiy kompyuterlarning dasturli ta‘minoti

24. Kompyuterga qo’shimcha yangi qurilmalarni ulash 
Kompyuterga qo’shimcha qurilamalar portlar orqali ulanadi. Tashqi 
qurilmalarni ulash uchun kiritish/chiqarish kontrollerlarining ketma-ket va 
parallel portlari ishlatiladi, odatda, ularning razyomlari kompyuterning 
orqa panelida joylashtirilgan. Portlar ma’lumotlarni bir yo‘nalishda 
uzatishni (simpleks ish tartibi), 
yo‘nalishlarni qayta ulashni (yarim dupleks ish tartibi) va har ikkala 
yo‘nalishlarda (dupleks ish tartibi) ma’lumotlarni uzatish ish tartiblarida 
ishlashi mumkin. Abonentlarning ulanish topologiyasi ikki nuqtali (RS-
232S interfeys uchun) yoki tarmoqlangan (VSB yoki Fire Wire) bo‘lishi 
mumkin. Portlar parallel va ketma-ket turlarga bo‘linadi. Parallel port 
printer, skaner yoki tashqi jamlagichni ulash uchun ishlatiladi. Tashqi 
qurilmani parallel portga ulash maxsus kabel orqali amalga oshiriladi, u bir 
necha bitlarni bir vaqtda uzatilishini ta’minlaydi, binobarin, har bir bitni 
uzatish o‘zining liniyasi bo‘yicha amalga 
oshiriladi. ShKning parallel port orqali axborot almashinuvi ish tartibi 
IEEE 1284 standarti orqali amalga oshiriladi. LPT-port (Line Prin Ter) 
standart parallel port hisoblanadi. Odatda, port bilan ulanish Centronics 
standartidagi 25 chiqishli razyom orqali amalga oshiriladi, razyom 
kontaktlarining taqsimlanishi, signallarning vazifalari, interfeysni 
boshqarishning dasturiy vositalari har xil turdagi printerlarni, skanerlarni, 
diskyurituvchilarni ulashga mo‘ljallanadi. Standart bo‘yicha ulanish 
kabelining maksimal uzunligi 1,8 metrni, 
maksimal almashuv tezligi 100 Kbayt/s ni tashkil qiladi. RS-232C ketma-
ket port (Communication port) sichqoncha, tashqi modem, printer kabi 
qurilmalarni kompyuterga ulash, shuningdek, kompyuterlar orasida 
bog‘lanish uchun ishlatiladi. RS-232C turdagi ketma-ket portning 
ishlatilishining Centronics portiga nisbatan asosiy afzalliklari shaxsiy 
kompyuterdan tashqi qurilmaga axborotlarni 15 metr masofagacha uzatish 
imkoniyati hisoblanadi. Ma’lumotlar ketma-ketlikdagi baytli paketlar 
tarzida bit ketidan bit bilan uzatiladi. Har bir bayt boshlang‘ich va to‘xtash 
bitlari bilan uzatiladi, ma’lumotlar dupleks ish tartibida uzatiladi, uzatish 
tezligi 115 Kbit/s ni tashkil etadi. USB (Universal Serial Bus) bu universal 
ketma-ket portdir. 
U 1995-yilda ishlab chiqarilgan bo‘lib, eskirgan RS-232 (COM-port) va 
IEEE 1284 (LPT-port) parallel interfeyslarni almashtirishga, ya’ni ketma-
ket va parallel klaviatura va «sichqoncha» portlarini almashtirish uchun 
ishlab chiqilgan, barcha qurilmalar Plug and Play texnologiyasining 
osonligi bilan ko‘p sonli qurilmalarning o‘rnatilishiga ruxsat beradigan 
bitta razyomga ulanadi.

Download 0,51 Mb.
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   23




Download 0,51 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



 Kompyuterga qo’shimcha yangi qurilmalarni ulash

Download 0,51 Mb.
Pdf ko'rish