23. Windows operatsion tizimini kompyuterga o’rnatish
Kompyuterdan to‘liq foydalanishdan oldin, unga operatsion tizim
o‘rnatilishi kerak bo‘ladi. Operatsion tizimni bir marta o‘rnatib, uning
qurilmalari haqida o‘ylamasdan va qo‘shimcha o‘rnatish va qayta
o‘rnatishlar bilan shug‘ullanmasdan, unda yillab ishlash istagi hammada
bor. Lekin afsuski Windows tizimi kamchiliklardan holi emas.
Windows
tizimidan o‘rtacha foydalanish muddati – tizimni keyingi
qayta o‘rnatishgacha bo‘lgan vaqt taxminan bir yilni tashkil qiladi.
Shuning uchun operatsion tizimni o‘rnatish yoki qayta o‘rnatishni bilish
barcha foydalanuvchilar uchun kerak bo‘ladi.
Operatsion tizimni o‘rnatish usullari. Yangi kompyuterga operatsion
tizimni «toza» qattiq diskka o‘rnatiladi. Quyida operatsion tizimni
o‘rnatishning umumiylashtirilgan usullari keltirilgan.
«Toza» qattiq diskka o‘rnatish. Bu usuldan yangi kompyuterga o‘rnatish
uchun yoki oldin to‘plangan ma’lumotlarni yo‘qotish bilan tizimni
qaytadan o‘rnatish uchun foydalaniladi. Bu operatsiyani bajarishda
yuklovchi disk talab etiladi.
Mavjud bo‘lgan Windows operatsion tizimi ustidan o‘rnatish. Bu turdagi
o‘rnatish mavjud bo‘lgan ilovalarning ishlash xususiyatini saqlab qolish
bilan tizimning yangilanishini ifodalaydi. Bu kompyuterni «tozalash»
nomaqbul yoki sermashaqqat jarayon bo‘lganda optimal variant bo‘lib
hisoblanadi. Bugungi kunda Windows oilasiga ko‘plab operatsion tizim va
ularning turlari kiradi. Shu sababli tizimni bunday o‘rnatish har doim ham
mumkin emas. Ba’zida bunday o‘rnatishni bajarish uchun qo‘shimcha
shartlarga rioya qilish talab qilinadi.
Operatsion tizimni xuddi shu versiyasi ustiga o‘rnatish. Bu usul qiyin
topiladigan xatolarni to‘g‘rilash va ishlash barqarorligini oshirish uchun
xizmat qiladi. Bunday o‘rnatish davomida tizimli fayllarni va operatsion
tizimning ichki aloqasini qayta tiklash mumkin. Ilovalarning ishlash
xususiyati saqlanadi,
muammolar yo‘q bo‘ladi. Windows operatsion tizimini o‘rnatish jarayoni
har qanday usulda ham deyarli bir xil. Birinchi bosqich – o‘rnatish ustasini
(master ustanovki) tayyorlash va ishga tushirish. Bunda foydalanuvchi
qatnashmaydi va joriy operatsion muhitning doirasida amalga oshiriladi.