uning yordamida amallar bajarish tezkor xotira orqali bajariladigan
amallardan ancha tez bajariladi. Shuning uchun kompyuter xotiraning
koproq ishlatiladigan qismi nusxasini kesh xotirada saqlab turadi.
Mikroprotsessorning xotiraga murojaatida, avvalo, kerakli programma va
berilganlar kesh xotirada qidiriladi. Berilganlarni kesh xotirada qidirish
vaqti tezkor xotiradagiga nisbatan ancha kam bolgani uchun kesh xotira
bilan ishlash vaqti ancha kam boladi.
Videoxotira. Videoxotira monitor ekraniga video ma’lumotlarni
(videotasvirlarni) saqlab turish uchun ishlatiladi. Shuni aytish lozimki,
videotasvirlar (ayniqsa rangli) kompyuter xotirasida kop joy egallaydi.
Shuning uchun video xotira hajmi qancha katta bolsa, shuncha yaxshi
albatta.