|
Arifmetik mantiqiy qurilma vazifasini tashkil etuvchilar bilanBog'liq 1. Shaxsiy kompyuterlarning dasturli ta‘minoti9. Arifmetik mantiqiy qurilma vazifasini tashkil etuvchilar bilan
tanishish
Arifmetik-mantiqiy qurilma axborotni o‘zgartirishga oid arifmetik va
mantiqiy operatsiyalarni bajarish uchun mo‘ljallangan qurilma sanaladi.
Funksional jihatdan AMQ, odatda, ikkita registr, summator va boshqaruv
sxemasidan (mahalliy boshqaruv qurilmasidan) tashkil topgan.
Summator - kirish qismiga kelayotgan ikkilik sonli kodlarni qo‘shish
amalini bajaruvchi hisoblash sxemasi bo‘lib, mashinaning ikkilangan
so‘ziga oid razryadlik darajasiga ega.
Uzunligi turlicha bo‘lgan tez ishlovchi xotira registrlari: 1- registr (Pr1)
ikkilangan so‘z, 2- registr (Pr2) esa bitta so‘zga oid razryadlik darajasiga
ega.
Operatsiya bajarilayotgan paytda Pr1 ichida operatsiyada ishtirok
etayotgan birinchi son, operatsiya yakuniga yetgach - natija joylashadi;
Pr2 ichida esa operatsiyada ishtirok etayotgan ikkinchi son joylashib,
operatsiya yakuniga yetgach, uning ichidagi axborot o‘zgarmay qoladi. 1-
registr axborotni ma’lumotlarning kodli shinasidan olishi va xuddi shu
shinasi orqali uzatishi mumkin.
Boshqaruv sxemasi yo‘riqlarning kodli shinasi orqali boshqaruv
qurilmasidan boshqaruv signallarini qabul qilib, registrlar va AMQ
summatori ishini boshqarish uchun mo‘ljallangan signallarga aylantiradi.
MQ arifmetik (+, - , *, :) operatsiyalarni faqat so‘nggi razryaddan so‘ng
qayd etilgan vergulli ikkilik axborotga, ya’ni faqat butun ikkilik sonlarga
nisbatan bajaradi.
O‘zgaruvchan vergulli ikkilik sonlar hamda ikkilik-kodlashgan o‘nli
sonlarga nisbatan operatsiyalar ijrosi matematik soprotsessor yoki maxsus
tuzilgan dasturlar jalb etilgan tarzda bajariladi.
10. Ommabop mikroprotsessorlar bilan tanishish.
1971 yilning noyabr oyida Intel korporatsiyasi o‘zining uch nafar
muhandisi tomonidan ishlab chiqilgan va tijorat maqsadlarida tarqatish
uchun mo‘ljallangan dunyoda eng birinchi 4004 rusumli mikroprotsessor
yaratganini e’lon qildi. Bugungi standartlarga ko‘ra juda sodda
sanaladigan ushbu mikroprotsessor tarkibida atigi 2300 ta tranzistor bo‘lib,
soniyada bor-yo‘g‘i 60 000 ta hisoblash operatsiyalarini bajargan xolos.
Bugungi mikroprotsessorlar ommaviy ishlab chiqarilayotgan juda
murakkab mahsulot bo‘lib, o‘z ichiga 5,5 milliondan ortiq tranzistorni
mujassam etadi, soniyada yuzlab million operatsiyalar bajaradi. Bu borada
olib borilayotgan tadqiqotlar esa tobora jadal kechmoqda. Intel firmasining
asosiy yutuqlaridan biri Pentium rusumli protsessor yaratilishi bo‘ldi. Bu
ish 1989 yil iyun oyida boshlandi. Pentium ni ishlab chiqish va sinab
ko‘rish ishlarida shaxsiy kompyuterlarni ishlab chiqadigan va dasturiy
ta’minot tuzadigan asosiy mutaxassislar faol ishtirok etishdi. Bu esa, o‘z
navbatida, loyihaning umumiy muvaffaqiyatiga sezilarli omil bo‘ldi.
1991 yil intihosida protsessor maketi tayyor bo‘lib, unda muhandislar
dasturiy ta’minotni ishga tushirishga muvaffaq bo‘ldilar. Loyiha ishlari
asosan 1992 yilning fevral oyida nihoyasiga yetkazilib, protsessorlarning
tajriba uchun yaratilgan partiyasi keng qamrovli sinovdan o‘tkazila
boshlandi. Pentium sanoatini o‘zlashtirish yuzasidan qaror 1992 yilning
aprel oyida qabul qilinib, 1993 yil 22 mart kuni Pentium protsessorining
keng qamrovli taqdimoti o‘tkazildi.
|
| |