|
Kompyuter avlodlari va ularning klassifikasiyasi, kompyuterningBog'liq 1. Shaxsiy kompyuterlarning dasturli ta‘minoti3. Kompyuter avlodlari va ularning klassifikasiyasi, kompyuterning
arxitekturasi
Kompyuterlar o'zining elementlar bazalari bo ‘yicha avlodlarga ajratilgan.
I avlod (1945— 1956) kompyuterlari elementlar bazalari elektron
1ampalar ekanligi bilan harakterlanadi. Bu avlod mashinalari katta zallarni
egallagani holda, yuzlab kilovatt elektr energiya sarf qilar va tonnalab
ogirlikka ega hamda sekundiga 1-2 ming amal bajarar, xotirasining hajmi
1-2 ming so‘zni(maiumotni) saqlashga qodir edi. Bu avlod mashinalariga
“Ural-1”,"Ural-2", “BESM-1”, “BESM-2”,”M-1",”M-2",”M -20" kabi
mashinalarni misol qilib keltirish mumkin. II avlod (1957—1968)
kompyuterlari elementlar bazalari tranzistorlardan iborat edi, tezkorligi
sekundiga 10-20 ming amal bajarish, xotirasining hajmi 4-8 ming so‘zni
saqlashga qodir edi. Ikkinchi avlod kompyuterlari hisoblash ishidan ishlab
chiqarish jarayonlarini boshqarish, iqtisodiy masalalarni yechish, harflar
bilan ishlay olish “qobiliyati”ga ham ega bo‘ldi. Bu
avlod mashinalariga “BESM-3”,”BESM-4", “Ural-16”, “Minsk-22”,
“IBM-608”, “BESM-6” mashinalarini misol qilib keltirish mumkin. III
avlod (1969— 1980) kompyuterlarining elementlar bazalari integral
sxemalardan iborat bo‘lib, tezkorligi sekundiga 10 mingdan boshlab, shu
avlodning eng oxirgi mashinalari 2-2.5 million amal bajarishgacha yetdi.
Xotirasining hajmi ham 8-10 ming baytdan( bu avlod xotira oichami
xalqaro oicham baytlarda beriladigan boigan) 8 million baytlargacha yetdi.
Bu avlod mashinalariga YES (yagona seriya) kompyuterlari -“EC 1010’7
’EC-1020", “EC-1030”,”EC-1035", “EC-1050”,”EC-1060",’’EC-66" larni
misol qilib ko‘rsatish mumkin. IV- avlod (1981—1990) kompyuterlaming
elementlar bazalari kata integral sxemalar (KlS)dan iborat. Ularning
tezkorligi sekundiga 6,5 million amal bajarishgacha yetdi, xotirasinig
hajmi 64M baytgacha kengaydi. Bu avlod mashinalariga Super EHMlar,
“Elbrus” 1-KB,’’IBM PC” kabi kompyuterlarni ko'rsatish mumkin. 1990-
yillardan boshlab kompyuterlaming elementlar bazalarini o ‘ta katta
integral sxemalar (UKIS) tashkil qiladi. Bu avlod kompyuterlari hozir
keng qoilaniladi. Ular elektron va yorugiik nurlari energiyasidan
foydalanishga, tuzilishi esa lazer texnikasiga, nurlanuvchi diodlarga
asoslangan. Amal bajarish tezligi sekundiga bir necha milliardgacha,
doimiy xotirasinig hajmi 10-100 gb gacha kengaydi.
Kompyuter arxitekturasi, odatda, arxitektura xususiyatlarining
foydalanuvchi uchun katta ahamiyatga ega bo‘ladigan majmui bilan
belgilanadi. Bunda, asosiy e’tibor mashinaning tuzilishi va funksional
imkoniyatlariga qaratiladi. Ushbu imkoniyatlar asosiy va qo‘shimcha
funksional imkoniyatlarga farq qiladi.
Asosiy funksiyalar EHM vazifasini belgilab beradi. Uning vazifalari
jumlasiga axborotga ishlov berish, saqlash va tashqi ob’ektlar bilan
axborot almashinish kiradi.
Qo‘shimcha funksiyalar esa asosiy funksiyalar samarasini oshiradi, ya’ni
mashina ishining unumli rejimi, yuqori ishonchliligi, foydalanuvchi bilan
mashina o‘rtasida dialog qaror topishi va shu kabilarni ta’minlaydi.
EHMning sanab o‘tilgan funksiyalari mashina komponentlari, jumladan
apparat vositalari va dasturiy vositalar yordamida amalga oshadi.
|
| |